Tuzuvchilardan.
NAZARIY MATERIALLAR YUZASIDAN BAZI TUSHUNCHALAR
Funksiya tushunchasi. Sonli funksiyalar. Ularning xossalari.
Tarif 1. Agar x o`zgaruvchi miqdor D sohadagi har bir qiymatiga biror usul yoki qonun bo`yicha uning E sohadagi aniq bir qiymati y mos qo`yilsa, y o`zgaruvchi miqdor x o`zgaruvchi miqdorning funksiyasi deyiladi. O`zgaruvchi x miqdor erkli o`zgaruvchi yoki argument, y miqdor esa bog`liq o`zgaruvchi yoki funksiya deyiladi. Funksiyani ko`rsatishda y=f(x), u=u(x), u=ψ(x) - belgilashlardan foydalaniladi. x=x0 nuqtadagi y=f(x) funksiyaning qiymati yo bo`lsa, yo=f(xo) deb belgilanadi.
Tarif 2. O`zgaruvchi x ning f(x) funksiyasi manoga ega qiladigan qiymatlar to`plami funksiyaning aniqlanish sohasi deyiladi va D(f) -bilan belgilanadi.
Tarif 3. Funksiyaning qabul qiladigan qiymatlar to`plami uning o`zgarish sohasi deyiladi va u E( f) - bilan belgilanadi.
Misol: y= - aniqlanish va o`zgarish sohasi topilsin.
Yechish: 4-x20 da funksiya ma’noga ega. x24 yoki x 2 tengsizlikni yechib, bu tengsizlikni x ning [-2,2] kesmadagi qiymatlari qanoatlantiradi. D(f)=[-2,2]; E(f)=[0,2].
Ta’rif 4. y=t(x) funksiyaning grafigi deb, XOY tekislikdagi koordinatalari y=f(x) munosabat bilan bog`langan R(x,y) nuqtalar to`plamiga aytiladi.
Funksiyalar asosan - analitik ,jadval,va grafik usullarda beriladi.
1. Funksiya analitik usulda berilganda x va y miqdorlar orasidagi boglanish formula orqali berilishi mumkin. Masalan, y=x2 , y=(x-3)
2. x va y miqdorlar orasidagi bog`lanish jadval ko`rinishida ifodalansa, funksiya jadval usulda berilgan deyiladi.
3. x va y miqdorlar orasidagi boglanishni grafik usulda aniqlansa, funksiya grafik usulda berilgan deyiladi.
Tarif 5. y=f(x) funksiya D(f) =[a,b] sohada aniqlangan bo`lib,shu sohadagi x1 va x2 qiymatlar uchun x1< x2 bo`lib, f(x1) < f(x2) (yoki f(x1) >f(x2)) tengsizlik o`rinli bo`lsa , f(x) funksiya D sohada o`suvchi (yoki kamayuvchi) deyiladi.
Tarif 6. Agar x1< x2 bo`lib, f(x1) f(x2) (yoki f(x1) f(x2)), bo`lsa, Funksiya D sohada kamaymaydigan (yoki o`smaydigan) funksiya deyiladi.
Ta’rif 7.X R top’lamdan olingan har bir x songa birorta y son mos keltirilsa, X to’plamda sonli funksiya berilgan deyiladi.X toplam bu funksiyaning aniqlanish sohasi deyiladi.
Tarif 8. y=f(x), , funksiyaning grafigi deb shunday (x,y)juftliklar toplamiga aytiladiki, da y=f(x),yani (x; f(x )), korinishdagi har bir shunday juftlikka koordinata tekisligida koordinatalari x va f(x) bolgan M nuqta mos keladi. Bunday nuqtalar toplami ham y=f(x), funksiya grafigi deyiladi.
Odatda, funksiya grafigi koordinata tekisligida biror chiziq bilan tasvirlanadi. Biroq har qanday chiziq funksiya grafigi bola olmaydi. Gap shundaki, ning berilgan qiymatida y funksiyaning bu qiymatiga mos keladigan bittagina qiymati mavjud bolishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |