(Yo‘ldosh Sulaymon) 4. Qiz avval qo‘rqdi, otasi uning Sidiqjon bilan so‘zlashib turganini emas, boqqa tushganini bilsa ham, terisiga somon tiqadi — bu xususda otasining qamchisidan qon tomar edi; keyin yangi bir olamga kirib, otasining qamchisini ham, jingul ostida pusib yotgan kurk tovuqni ham unutdi. {Abdulla Qahhor)
5. She'r shuning uchun muqaddaski, uning bir vazni ilohiy, bir vazni insoniydir; uning bir satri osmoniy, bir satri zaminiydir.
Gaplarni o‘qing, murakkab qo‘shma gaplarni toping, ularning turlarini belgilang.
1. Har kimning zari bo‘lmasa-da, ammo hunari bo‘lsa, dunyoda hech bir xavf-u xatar bo‘lmaydi, shuning uchun kishi hunar ziynati bilan bezanmog`i lozim. Bilginki, hunarsiz kishi quruq savlatdir, quruq savlat esa qotib turgan suratga o‘xshaydi. Sen suratga boq, u odamga o‘xshasa-da, joni bo‘lmaydi. Daraxt shoxi mevasiz bo‘lsa, uning o‘tindan nima farqi bor. Sen abujahl (yowoyi) tarvuzini ko‘r, shirin tarvuzlar kabi chiroylidir, ammo achchiq bo‘lgani uchun zarracha qiymati yo‘q.
Murakkab qo‘shma gap tarkibidagi sodda gaplarni aniqlang. Sodda gaplarni bir-biriga bog'lovchi vositalarni ayting.
1. Keyinroq ham ko‘zimiz tushib turardi, biroq endi u shunday bir yuksaklikda va qamrovi shu qadar keng ediki, bu kengliklar bizga o‘xshash jo‘n odamlarning shuuriga sig`masdi. (Murod Muhammad Do‘st) 2. Bilmaydiki, ishining chatog`i chiqqanida Chorshanbi emas, uning o‘zi qochib ketadi, Chorshanbi qurg`ur tagiga suv ketishi bilan mening yonimga yugirib keladi, men uni qutqarib olaman, ikki o‘rtada Suyarqul ukamizning qurbon bo‘lgani qoladi. (Murod Muhammad Do‘st) 3. Uni tanib olish qiyin edi, chunki yelkalari kengaygandi, qiyofasi ancha keskinlashgandi va katta ko‘zlari dumaloq shakl olgan edi. (Oybek) 4. Agar kishi o‘z hirslaridan ustun tura olsa, u o‘zidagi bor nuqsonlarni yo‘q qiladi va ular yaxshi sifatlarga aylanadi. (Beruniy)
Matnni o‘qing. Aralash murakkab qo‘shma gaplarni aniqlab yozing. Tarkibidagi sodda gaplarni va ularning o‘zaro qanday vositalar yordami bilan bog'langanini belgilang.
1. Hovlida qarindosh-u qo‘ni-qo‘shnilar ham yurishadi, nariroqda esa doshqozon to‘la sumalak qaynaydi, ayollardan kimdir uni kovlab turadi, atrofida ikki-uch kampir choy ichishib o‘tirishadi, bolalarning qo‘llarida esa yog`och qoshiq, galma-gal qozon girdiga yopishardilar. (Ulug`bek Hamdam) 2. Insonlik mohiyati baxt-saodatga erishuvdir, inson bu maqsadni o‘zining oliy g`oyasi va istagiga aylantirsa, u baxt-saodatga erishadi. (Forobiy) 3. Esida bor: otasi bilan mana shu o‘rindiqqa o‘tirsa, mototsikl degani qattiq ovoz chiqarib yurib ketdi-yu, nevara qo‘rqqanidan otasini mahkam quchoqlab, ko‘zlarini yumib oldi. (Tog`ay Murod) 4. Hirot, tashdan qaraganda, awalgiday tinch, hamma o‘z ishi bilan mashg`ul bo‘lganday ko‘rinsa ham, lekin kosib-hunarmandlar, dehqonlar hali g`azabdan tushmagan edilar. (Oybek) 5. Birov sening aybingni yuzingga aytsa, so‘zini qaytarma, chunki u sening uchun ko‘zgudir; ko‘zgu xira bo‘lib qolsa, boshqa aybingni ko‘rsatadimi? (Navoiy)
O‘qing, she'riy parchaning nechta gapdan tashkil topganini aniqlang.
o‘zbekning kurashi hamisha halol, Unda yo‘qdir g`irrom, yo‘qdir yomonlik. Doimo do‘stlarga tilaydi kamol, Tilaydi barchaga do‘stlik, omonlik.
Murakkab qo‘shma gap turini aniqlang.
1. Umrimning anchagina qismi harbiy ishlarda o‘tgan, men bu yerda hech qanday qiyinchilik tortmayman, lekin sog`ligim o‘z hukmini o‘tkazib turibdi. (G`afur G`ulom) 2. Hosilimiz mo'1 bo‘lsa, uyimiz donga to‘lsa, turraush bo‘lar farovon. {U.Shukurov) 3. Yer shivirlaydi, yulduz jivirlaydi, bahordan darak keladi. (o‘. Hoshimov) 4. o‘sha yillar... mashoq terar edik, mol boqardik, g`o‘za jo‘yakka kultuvatsiya yurgizardik. (A. Oripov)
5. Umr o‘tar, vaqt o‘tar, Xonlar o‘tar, taxt o"tar, Omad o‘tar, baxt o‘tar, Lekin hech qachon chiqmas yodimdan, Sening yurishlaring, sening kulishlaring. (Omon Matjori)
Qismlari uyushgan murakkab qcfshma gaplami aniqlang.
Meni bilsang, Qo‘ng`irotning og`asi, Boshimda botir yigitning jig`asi. Yoz bo‘lsa yaylovim Amu yoqasi, Meni bilsang, Qo‘ng`irot elning to‘rasi.
Ko‘kqamish ko‘lidan suqsur uchirdim, Suqsurni izlagan lochin bo‘laman. Bog`larim zumraddan, changalim po‘lat, Qo‘ng`irotdan qo‘yilgan shunqor bo‘laman.
Gaplar tarkibidagi muallif gapi va ko‘chirma gaplarni ajrating. Tinish belgilarini izohlang.
Bir kuni Durroj tuzoqqa tushib qoldi. U ovchiga yalinib dedi: «Sen meni qo‘yib yuborsang, barcha do‘stlarimni aldab kelib, tuzog`ingga tushirib beraman». Ovchi bu gapdan achchiqlanib dedi: «Yo‘q, ovora bo‘lmay qo‘yaqol, men seni qo‘yib yubormayman. o‘z joningni qutqarmoq uchun do‘stlaringga xiyonat qilmoqchisan. Sofdil qushlardan ko‘ra xiyonatkor do‘stning o‘lgani yaxshi».
Muallif gapi va ko‘chirma gaplarni aniqlab, ularning joylashish o‘rniga va qanday tinish belgisi ishlatilganligiga e'tibor bering.
Bolalar bog`ida hayajonli manzaraning guvohi boidik: besh-olti yoshlar chamasidagi qizchaning onasi beriroqda turib chaqiribdi: «Muqaddas, tursang-chi, uyga ketamiz». Qizcha «Hozir, hozir», — deydi-yu, yerdan nimanidir shoshilib teradi. U terayotgan narsa non ushog`i ekan. «Muqaddas, bularni boshqa odam to‘kib ketgan-ku!?»— dedi onasi. Qiz ajablanib qaradi: «Non yerga tushsa, uvol bo‘ladi. Kattabuvim aytganlar». (M. Ulug`ova)
Muallif gapi va ko‘chirma gaplarni aniqlang. Ulaming o‘rniga e'tibor bering.
Donodan so‘radilar: «Ey donishmand, kishi uchun eng yaxshi narsa nima?» Aytdi: «Jim turmoq, ortiqcha so‘zlarni aylmaslik». Yana so‘radilar: «Unda bu xislatlat bo'lmasa-chi?» «Unday odamning bo‘lmagani yaxshi»
Ko‘chirma gapli qoshma gaplarning tuzilishiga e'tibor bering.
Abdulla Qodiriy bog`da ishlayotganida bir odam o‘tib ketayotib: —Ha, ishlayapsizmi? — deb so‘rabdi. —Yo‘q, dam olyapman, — deb javob beribdi yozuvchi. Ma'lum vaqtdan keyin boyagi odam qaytib o‘tsa, Qodiriy bog`da o‘ylanganicha, aylanib yurgan ekan. —Ha, dam olyapsizmi? —Yo‘q, ishlayapman, deb javob qilibdi ijod olamiga sho‘ng`igan
yozuvchi.
Gaplarni qavs ichida berilgan muallif nomlaridan foydalangan holda ko‘chirma gapli qo‘shma gapga aylantiring. Qanday yo‘I bilan qo‘shma gapga aylantirganingizni ayting.
1. Xalqning ishonchini oqlash har birimizning muqaddas burchimizdir. {Mirtemir) 2. Ertangi kunimiz bundan ham go‘zal bo‘ladi. (A. Oripov) 3. Tabiatningbetakrorgo‘zalliklari yuragimgajudayaqin. (M. Ulug`ova) 4. Inson mehnati beiz qolmaydi. (E. A'zamov)
Berilgan gaplarni ko‘chirma gaplarga aytantiring, ularga muallif gaplarini qo‘shib ko‘chiring.
Mevasi achchiq daraxtni asal bilan sug`orsang ham shirin meva bermaydi. 2. o‘z o‘rnida aytilmagan so‘z hech kim yo‘q yerda chalingan kuyga o‘xshaydi. 3.Nodonning vaqti foydasiz o‘tadi. 4. Dangasa odamning boyligida baraka bo‘lmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |