Qo`shko`pir tumaniga qarashli №37-sonli o`rta umumiy ta`lim maktabining bohlang`ich sinf o`qituvchisi Allaberganova Sharofatning “ Sifatlarning ma`no turlari” mazusi asosida yozgan bir soatli dars ishlanmasi
Fan: ona tili
Mavzu: “Sifatlarning ma`no turlari”
Darsning maqsadi:
Ta`limiy: o`quvchilarga sifatlarning ma`no turlari, rang- tus, maza-ta`m,hajm, shakl,xil- xususiyati bildiruvchi sifatlar haqida ma`lumot berish mavzu borasidagi egallagan bilim ko`nikma va malakalarini mashqlar ishlash jarayonida takomillashtirish.
Tarbiyaviy: fanga bo`lgan qiziqishini oshirish, dunyoqarashini kengaytirish o`z ona tiliga hurmat ruhida tarbiyalash,so`zlashuv madaniyatiga rioya qilishga o`zaro suhbat jarayonida suhbatdosh fikriga hurmat bilan qarashga o`rgatish.
Rivojlantiruvchi: ularning sifat so`z turkumi, sifatlarning ma`no turlari haqidagi bilimlarini va darslik ustida mustaqil ishlash ko`nikmalarini rivojlantirish,og`zaki va yozma nutqini o`stirish.
Darsning turi: yangi bilim beruvchi
Jihozlar: darslik, tarqatma,kartochkalar
Fanlarga bog`liqligi: darsni matematika,tasviriy san`at, atroimidagi olam fanlari bilan uzviy olib boorish
Uslubi: og`zaki bayon, savol javob darslik hamda rasmli kortochkalar bilan ishlash.
Darsning borihi:
-
Tashkiliy qism. O`qituvchi bolalar bilan salomlashadi.Navbatchi axboroti tinglanadi.
-
Darsning asosiy qoidasi: o`quvchilarga yana bir bor eslatiladi.
2.O`tilgan mavzuni va uyga vazifasini so`rash.
Savollar:
-
Sifat so`z turkumining qoidasini ayting?
-
Ular qanday so`roqlarga javob bo`ladi va qanday so`z turkumiga bog`lanib keladi?
Misollar keltiring.
Sifatlar qanday ma`nolarda qo`llaniladi?gapda qaysi bo`lak vazifasida keladi?
O`quvchilarga birikmalardagi sifatlar o`z ma`nosida qo`llab gap tuzib yozish topshirig`I beriladi. Shirin bola achchiq gap, chaqqon qiz kabi.
-
O`tilgan mavzularni mustahkamlash guruhlarga bo`lingan holda mashg`ulot davom etadi. O`tilgan mavzularga doir bir necha savollar beriladi.
-
Guruh
savol kartochkalar asosida.
Ot deb nimaga aytiladi?
Ot qanday so`roqlarga javob bo`ladi?
Ot yasovchi qo`shimchalarni ayting va misollar keltiring?
Matn nima?
2-guruh
2.Nuqtalar o`rniga kerakli qo`shimchalarni qo`ying.
Paxta……..
Ish………
Quruq…….
uy vazifasini mustahkamlashda faol qatnashgan o`quvchilar rag`batlantiriladi
4.Yangi dars bayoni:
Mavzu doskaga yoziladi,sifatning qoidasi aytiladi.
Shaxs, narsa belgisini bildiradigan so`zlar sifat deyiladi.Sifat qanday? Qanaqa? So`rig`iga javob bo`ladi.Sifatlarning ma`no turlari haqida ham ma`lumot beriladi.Bunda rang tusini,hajmini, maza -ta`m,shakli hamda xil-xususiyatini bildiruvchi sifatlar borasidagi ma`lumotlar ko`rgazma qurollar asosida bollarga etkaziladi. 286- mashq. Sifatlarni ma`no tulariga ko`ra jadval asosida guruhlang.
Keng,taxir,oppoq,kichkina,bepayon,egri,cheksiz,qiyshiq,botir ,toz,shirin,jasur dumaloq,yam-yashil,saxiy,shox,aqilli ,qip-qizil,achchiq,yapaloq,
Jadvaldagi ma`nodosh va qarama qarshi ma`noli sifatlarniayting.Ularning yozilishini yodingizda tuting.Masalan.Kichkina,keng,bepayon,cheksiz,tor ,shirin,achchiq,taxir.
Rang tusini bildiruvchi sifatlar
|
Maza ta`mni bildiruvchi sifatlar
|
Hajmini bildiruvchi sifatlar
|
Shaklini bildiruvchi sifatlar
|
Xil-xususiyatlarini bildiruvchi sifatlar
|
Oppoq
yam-yashil
qip-qizil
|
tohir
shirin
achchiq
|
keng
kichik
cheksiz
|
qiyshiq
egri
dumaloq
yapaloq
|
botir
jasur
saxiy
sho`x
aqilli
|
287-mashq.Sifatlarning ma`no turlariga misol topib,qatorlarni davom ettiring.
Rang-tus:moshrang,oppoq,ko`m-ko`k.
Maza ta`m: nordon achchiq, sho`r,taxir
Shakli:qiyshiq,to`g`ri,to`rtburchak,rom,aylana.
Hajm:baland,past,keng,tor,cheksiz.
Xil-xususiyat:muloyim,osoyishta,xushchaqchaq,qayg`uli.
288-mashq.Shartiga ko`ra,o`quvchilar berilgan otlargamos rang bildiruvchi sifatlar asosida birikma tuzib yozadilar.
Masalan:qizil lavlagi,ko`k turp, qizil rediska,yashil kashnich.
5.O`tilgan mavzuni mustahkamlash
Guruhlarga maza-ta`mga doir qo`shimcha topshiriqlar beriladi
1 –guruhga 2-guruhga
Banan Xurmo
Limon Sarimsoq
Olma Qalampir
Javoblar:
Banan-shirin Xurmo shirin
Limon nordon Sarimsoq-achchiq
Olma shirin Qalampir-achchiq
Mavzu mustahkamlandi
Kichik guruhlargatopshiriqlar.
1-guruhga.Sifatlar gapda qanday bo`lak vazifasida keladi?
2-guruhga.Sifatlar otga qanday bog`lanadi?
3-guruhga.Sifatlarning ma`no turlarini sanab o`tingchi?
4-guruhga.Shirin so`z, shirin kulcha,achchiq choy-achchiq gap,uzoq yo`l-uzoq qarindosh,ken guy-keng yo`l birikmalardagi sifatlarnng ma`nolarini aniqlang.
O`quvchilar avvalyakka,keyinkichik guruhlardaoxirgi bosqichga esa jamoa bo`lib ishlashadi.Ular o`rgangan mavzu bo`yicha o`z fikrini erkinasosli tarzda bildirishlariga erishiladi.Ham jamoa bo`lib ham erkin faoliyatda bo`lish ularning yangi mavzuni oson va mukammal o`zlashtirishlariga zamin yaratadi.
6.Darsni yakunlah:ballar umumlashtiriladi natijalar e`lon qilinqdi.
7.uyga vazifa.O`quvchilarga o`zlari tanlagan birorta rasm asosida hikoya tuzish.hikoyadagi sifatlarning ma`no turlarini aniqlash va rang tusini bildirgan sifatlarning tagiga chizish.
37-son o`rta umum ta`lim maktabining boshlang`ich sinf o`qituvchisi Allaberganova Sharofat
Do'stlaringiz bilan baham: |