Ona tili fanidan bir soatli dars ishlanmasi



Download 72,52 Kb.
Sana22.06.2021
Hajmi72,52 Kb.
#73207
Bog'liq
6 sinf ona tili. atoqli va turdosh o


Aim.Uz

ZANGIOTA TUMAN 19-UMUMTA’LIM

MAKTABI

ONA TILI FANIDAN BIR SOATLI

DARS ISHLANMASI

6-SINF

Mavzu: Atoqli va turdosh otlar






O’qituvchi: Akromova G.

6-sinf

Ona tili

Sana________

Darsning maqsadi:

1.Ta’limiy maqsad: o’quvchilarga otlarnibng ma’no turlari haqida ma’lumot berish.

2. Tarbiyaviy maqsad: ularni oilaga, vatanga hurmat ruhida tarbiyalash.

3. Rivojlantiruvchi maqsad: O’quvchilarning og’zaki va yozma nutq malakalarini takomillashtirish.



Darsning metodi – suhbat, juftliklar bilan ishlash metodi

Kerakli jihozlar: ko‘rgazmali qurollar, darslik, mavzuga doir kartochkalar , AKT va taqdimot.

Darsda foydalanilgan metodlar: aqliy hujum, “Klaster”, test, “Muzyorar”

Darsning texnologik xaritasi

1.

Tashkiliy qism

5 daqiqa

2.

Otgan mavzuni mustahkamlash va yakunlash

10 daqiqa

3.

Yangi mavzu bayoni

10 daqiqa

4.

Yangi mavzuni mustahkamlash

10 daqiqa

5.

Guruhlarni baholash

5 daqiqa

6.

Darsga yakun

5 daqiqa

DARSNING BORISHI:

Tashkiliy qism:

O’qituvchi: Bugun kim navbatchimiz,

Ham zukko, a’lochimiz.

Sana aytsin, kun aytsin,

Qotmasin hech boshimiz.



Oquvchi: Bugun 19 yanvar, seshanba.

Men bugun navbatchiman,

Davomatni aytaman,

Yigirma olti o’quvchimiz,

Bilimga qiziquvchimiz.

Sinfda bor hammasi

Qizlar o’n oltitamiz.

Tezkor savol-javob

1.Ot so’z turkumi deb nimaga aytiladi?

2. Otlar tuzilishiga ko’ra necha turga bo’linadi?

3. Qanday otlar sodda otlar hisoblanadi?

4. Qoshma otlar deb nimaga aytiladi?

5. Juft va takroriy otlarni farqlang.



257-mashq tahlili

Yangi mavzu bayoni

Biror shaxs, narsa yoki joyga atab qo’yilgan nomlar atoqli otlar sanaladi. Atoqli otlar nimani atab kelishiga ko’ra shaxs va joy nomlariga bo’linadi. Atoqli otlar kim? nima? qayer? so’roqlariga javob bo’ladi.

Kim: Usmon Nosir, Cho’lpon, Abdulla Avloniy.

Qayer: Samarqand , Zangiota tumani

Nima: Bo’ribosar, To’rtko’z, Boychibor.

Atoqli otlarga joy, tashkilot, korxona, muassasa nomlari, tarixiy sanalar, suv havzalari va inshootlari nomlari kiradi.

Masalan: Men Toshkent viloyati Zangiota tumanida tug’ilganman.

Bir turdagi shaxs, narsa o’rin-joy, faoliyat-jarayon nomlarini bildiruvchi otlar turdosh otlar deyiladi.

Shaxs otlari: amma, xola, tog’a.

Narsa otlari: kitob, qalam, daftar.

O’rin-joy otlari: gulzor, saylgoh, o’yongoh.

Masalan:

1. Onajonim kеchalari kirib chiqar tushimga. Opajon, olmalarning yaxshisidan bеring, bo’lmasa, ayam urishadilar.

2. Otajonim quruvchi bo’lganliklari sababli akam ham yoshlikdan shu kasbga mеhr qo’ydilar. Katta Farg’ona kanali ota va bobolarimizning jasoratidan nishonadir.

3. “O’g’lim 6-sinfda o’qiydi”, - dеdi faxr bilan ota. Kеksa bir otaxon mеnga yuzlanib: “Yo’ldan o’tkazib qo’ying o’g’lim”, - dеdilar.

Ayrim turdosh otlarga –lar qo’shimchasi qo’shilib, qo’shimcha ma'no nozikliklarini hosil qiladi.

4. Akalarim Toshkеntda Milliy Gvardiya safida xizmat qilyaptilar. Akamlar univеrsitеtida o’qiyaptilar.

5.Zardo’zlik fabrikasida ishlayotgan minglab opalarim qatori mеn ham zardo’z bo’lmoqchiman. Katta opamlar zardo’zlik fabrikasida zardo’z bo’lib ishlaydilar.

6. Siz O’zbеkistonimizning еrtasisiz, mеning o’g’illarim va qizlarim. – O’g’illarim va qizlarim ulg’aygach, ro’zg’or tеbratish ancha yеngillashdi.

Shu bilan birga qarindoshlik otlariga qo’shilgan –cha qo’shimchasining ma'nolarini izohlaydi.

1. Mitti Gulnoz opachasi bilan o’ynardi shodon. Hiylagar bibichaning boshqa qilmishlari haqida bilib oldi.

2. Amin bobo nеvarachasi bilan bog’da kеzardi.

3. Singilchamning tili shirin.

4. Ukamning yangi ko’ylak yarashdi.

5. Qorbobo jiyanchamga sovg’a bеrdi.

Kasb-koriga ko’ra shaxs otlari mavzusida shaxs otlarining tub va yasama so’zlarga ajratish mumkin. Masalan: Suvchi, kosib, zargar, olim, tilshunos, paxtakor, muxandis, suratkash, shifokor, etikdo’z, dorboz, hisobchi

Tub so’z Yasama so’zlar

kosib suvchi

olim tilshunos

1-topshiriq

Berilgan so’zlarni jadvalga to’g’ri joylashtirish.



265-mashq tahlili

Mustahkamlash darsi

(Juftliklar bilan ishlash)

Matnda berilgan so’zlardan atoqli va turdosh otlarni aniqlash

Toshkent

Toshkent –Markazy Osiyodagi eng qadimiy shaharladan biridir. Bu shahar Vatanimizning poytaxtidir. Mustaqillik yillarida Toshkentning qiyofasi yanada go’zallashdi. Shahar ko’chalari kengaydi, ko’priklar, muzey va sport majmualari qurildi.

Toshkentda tarixiy obidalar bilan birga zamonaviy binolar ham ko’p. Poytaxtimizga chet ellerdan juda ko’p mehmonlar keladi. Ular bu ko’rkam shaharni ko’rib havas qiladilar. Biz o’z shahrimizni sevamiz.

Tez va to’g’ri yozilgan so’zlar soniga qarab g’olib aniqlang.

Chizilgan 20 ta doiradan turdosh otlar hosil qiling. otlari yasash vazifasi topshiriladi.



Bir daqiqa vaqt qjratiladi. Doiralardan yasalgan narsa-buyumlarning soniga qarab guruhlar rag’batlantiriladi.

Natija: Berilgan vaqt ichida o’quvchilarning bajargan ish me’yori ularning xotirasini mustahkamlaydi, fikrlashni tezlashtiradi.



  1. Guruhlarga turli so’z turkumiga oid so’zlar jamlanmasi beriladi.Guruh a’zolari faqat oso’z turkumiga oid so’zlarni ko’chirib yozadilar. 1 daqiqa vaqt ajratiladi. Masalan: kelmoq, maktab, ona, millat, Muhabbat, ishlamoq, beshinchi...

  2. Uch guruhga bo’linib, shaxs , narsa-buyum, o’rin-joy otlarini yozish bo’yicha musobaqa o’tkaziladi.

Akbar olma Toshkent

Hakimov qalam Bo’zsuv

Aziza non “Jamshid” do’koni

Navoiy kitob O’zbekiston

O’quvchilarning bir daqiqa ichida yozgan so’zlari, imlo qoidalariga rioya qilganliklariga qarab guruhlarga baho beriladi.



4 .Testlar bilan ishlash

1. Atoqli va turdosh otlar tilshunoslikning qaysi bo’limida o’rganiladi?

A) Leksikologiya B) Morfologiya

C) Orfografiya В) Sintaksis

2. To’g’ri yozilgan suv havzalari nomlarini ko’rsating.

A) Orlol bo’yi, Kasbiy oldi B) Qora Dengiz, Balxash Ko’li

C) Farg’ona kanali, Chorvoq suv ombori D) Orol dengizi, Amu Buxoro kanali

3. Joy nomlari noto’gri yozilgan gapni toping.

A) Men To’rtko’l tumanida tug’ilganman.

B) Ta’tilda “Qorovulbozor” suv omboriga bormoqchimiz.

C) O’zbekiston Markaziy Osiyoda joylashgan.

D) Kavkaz bo’yi respublikaqlarda to’g’li hududlar ko’p

3. Shaxs otlari yasovchi qo’shimchalarni toping?

A) –zor, -iston B) –chi, -dosh C) –lik, -cha D) – jon, -chilik



Atoqli va turdosh otlarni ta’riflang

Atoqli otlar Turdosh otlar

Bosh harf bilan yoziladi

Atab qo‘yiladi, gazeta, jurnallar, joy nomalari, ism familiyalar muassasa, tashkilotlarga atab qo‘yiladi. Kim? Nima? Qayer? so‘rog‘iga javob bo‘ladi.



Narsa buyumning umumiy nomini bildirib keladi. kim? nima? so‘rog‘iga javob bo‘ladi: kichik harf bilan yoziladi. Aniq va mavhum otlarning, shaxs otlarining, qavm –qarindoshlik, kasb-koriga ko‘ra otlarning, hayvonot otlarining umumiy nomini bildiradi.

Fikrlar tinglangach, faol juftliklar rag’batlantiriladi.

Uyga vazifa: 294-mashq.

Matnni ko’chiring. Atoqli va turdosh otlarni ajrating.


Download 72,52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish