Qoʻshkoʻpir tumani


Issiqlik bilan taʼminlash manbai



Download 349,47 Kb.
bet6/6
Sana14.09.2021
Hajmi349,47 Kb.
#174278
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Qoʻshkoʻpir tumani

Issiqlik bilan taʼminlash manbaiqozonlar, sanoat korxonalari va issiklik elektr markazlaridan ortgan issiqlikdan foydalanadigan qurilmalar.

Issiqlik tarmoqlari — suv yoki bugʻ yuradigan quvurlar, binolarga suv yoki bugʻ kiritish va chiqarish moslamalari hamda izolyasiya materi-allari.

Issiqlik qabul qiladigan qurilmalar — radiatorlar, reyestrlar, qovurgʻali trubalar va b. Issiklik isteʼmolchilari qancha koʻp, yaʼni Issiqlik bilan taʼminlash tizimi qancha yirik boʻlsa, tejamlilik shuncha ortadi, ishlarni mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirish shuncha yengillashadi. Issiqlik bilan taʼminlash tizimida t-rani yoki issiqlik eltuvchi miqdorini rostlab turish mumkin. Yirik tizimlarda bu ish avtomatika va uzokdan boshqarish asboblari vositasida bajariladi. Isteʼmolchilar sarf qilayotgan issiklik miqdori va parametrlarini qayd qilib turish uchun boshqarish uzellariga issiklik oʻlchagichlar va qayd qilgichlar (registratorlar) oʻrnatiladi. Oʻzbekistonda Issiqlik bilan taʼminlash tizimi 20-asr 30-y. lar oxirlarida paydo boʻlgan.

Energetika zamonaviy, industrial rivojlangan har qanday davlatning yetakchi tarmogʻidir. Energetika deganda elektr va issiqlik energiyasi, siqilgan gazlar va boshqa energiya tashuvchilarning energiyasini ishlab chiqarish va uzatish uchun xizmat qiladigan uskunalartushuniladi. Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqariladigan energiyaning 25% dan ortiqrogʻi har xil iste'molchilarni issiqlik bilan ta'minlashga sarflanadi. Shaharlarda issiqlik energiyasining asosiy iste'molchilaridan biri sanoat korxonalaridir (-70%). Sanoat korxonalarida issiqlik energiyasi texnologik jarayonlar, isitish, havo almashtirish (ventilatsiya) va issiq suv bilan ta'minlashga sarflanadi. Ishlab chiqarilayotgan issiqlik energiyasining qolgan qismi (30%) maishiy va turar joy binolarini isitishga sarflanadi. Shu issiqlikning 30-40% suvni isitish uchun sarflanadi. Oʻzbekistonning katta shaharlarida binolarni isitish uchun asosan markazlashtirilgan issiqlik bilan ta’minlash tizimlaridan foydalaniladi. Masalan, Toshkent shahri 11 ta yirik issiqlik manbaidan issiqlik bilan ta'minlanadi. Ular shaharning har xil tumanlarida joylashgan boʻlib, bir-biri bilan issiqlik tarmoqlari orqali bogʻlangan. Bunday birlashgan issiqlik bilan ta’minlash tizimi iste'molchilarni issiqlik bilan ta'minlash ishonchliligini oshiradi. Lekin, bunday katta tizimning oʻziga xos qiyinchiliklari ham mavjud. Bunda issiqlik tarmoqlarini toʻgʻri loyihalash, jihozlarni toʻgʻri tanlash, talab etilgan gidravlik va harorat tartiblarini ushlab turish, tarmoqlarda issiqlik isrofning oldini olish, yoqilgʻi energiyasini tejash, asbob-uskunalardan toʻgʻri foydalanish masalalariga alohida ahamiyat berish lozim. Keyingi vaqtlarda respublikamizda atrof-muhitni muhofaza qilish va energiyani tejash masalalariga katta ahamiyat berilmoqda. Oʻzbekiston sharoitida quyosh energiyasidan unumli foydalanish maqsadga muvoflqdir. Quyosh energiyasidan foydalanib issiq suv bilan ta'minlash uchun birinchi avlod asbobuskunalar, quyosh kollektorlari, tizimlar, eksperemental va namunaviy loyihalar yaratildi va qurilish me'yoriy hujjatlari ishlab chiqildi.



Bino va inshootlarni issiqlik bilan ta ’minlash maqsadida butun dunyodagi m am lakatlar qatori O 'zbekiston R espublikasida ham energiya iste’moli to'xtovsiz oshib bormoqda. Organik yoqilg'ining taxminan uchdan bir qismi jam oat va sanoat binolarini issiqlik bilan ta ’minlashga sarf bo'ladi. Yoqilg'ilarni qazib chiqarishdagi jarayon borgan sari qanchalik chuqurlikdan qazib chiqarila boshlanishi uning qiym atining oshishiga olib keladi, natijada mamlakatimizda xalq xo'jaligini rivojlantirish uchun yoqilg'i xarajatidagi tejamkorlikka talab asosiy muammolarga aylanib borishi muayyan bir holdir. Bu masalaning yechimi markazlashtirilgan issiqlik ta ’minotini to'liq joriy qilish hamda issiqlik elektr energiyasi m ark azin i Respublikamiz katta markaziy shaharlarida ko'paytirishni asosiy yo'nalish deb tushunmog'imiz shart. Butun dunyoda yoqilg'i energiyasi qiymatining oshib borishi yoqilg'i tabiiy boyliklar zaxirasini tabiatan tugaydigan boylik ekanligini ko'rsatadi. Shu sababli mamlakatimizda yoqilg'i energiyasini tejab-tergab ishlatish har bir sof vijdonli insonning burchidir. Barchaga m a’lumki, kichik va o 'rta quvvatga ega bo'lgan mahalliy isitish qozon-qurilmalari ortiqcha yoqilg'i sarfiga ega bo'lish bilan birgalikda atrofmuhitni sezilarli darajada noekologik holatga olib keladi. Shuning uchun ulkan issiqlik stansiyalari (IS)ning ko'paytirilishi qo'shimcha yoqilg'i qazib olishdan xalos etishga olib kelishi turgan gap. Ma’lumki, kommunal-xo'jalik, turar joy va jam oat binolari uchun sarf bo'layotgan issiqlik miqdorining (binolarni isitish, ventilyatsiya, havo konditsiyasi va issiq suv ta ’minoti) asosiy sarfi binolarni isitish uchun bo'lgan xarajatdir. Xona ichidagi insonlar uchun m o'tadil mikroiqlim - komfort sharoitini yaratish va texnologik jarayonlar talabiga asosan sarf bo'lgan issiqlik miqdorini hamda binoning tashqi to'siq lari orqali (tashqi devor, tom usti yopilmasi, tashqi deraza, tashqi eshik va pol) yo'qotiladigan issiqlikning umumiy miqdorini to'ldirish uchun sun’iy tarzda isitish tizimlari va asboblari vositasida isitish usuli binolarni isitish deb ataladi. Zamonaviy isitish tizimlari va asboblari inson salomatligini, ijodiyotining samarali holatini yaratish va inson o'zini yaxshi sezishi uchun qulay sharoit yaratish maqsadiga xizmat qilishi lozim. Bu qulay sharoitning optimal sanitariya-gigiyena talablarining turar joy, jam oat va sanoat binolari uchun mo'ljallangan miqdorini yaratish issiqlik qurilmalarining butun bir kompleks tizimlari, asboblari o'z zimmasiga oladi. Bunday jihozlar umumiy holda isitish tizimlari deb ataladi. 5 Binolarni isitish - qurilish texnikasining asosiy boiim laridan biridir. Isitish tizimlari va asboblarining montaj qilinishi bino qurilishining boshlanishi bilan bir vaqtda, birgalikda bajariladi, chunki uning elementlari loyihalashtirish davrida xonalaming ichki me’moriy ko‘rkiga jilo berish interyer - dizayn jarayonlari bilan birgalikda rejalashtirilib, qurilish konstruksiyasi bilan uyg'unlashgan holda olib boriladi. Demak, issiqlik tizimlari - bino qurilishi texnologiyasining bir qismidir.
Download 349,47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish