Qoʻshkoʻpir tumani – Oʻzbekiston Respublikasining Xorazm viloyatidagi tuman. 1936 yil 17 aprelda tashkil etilgan. 1962 yil 14 dekabrda Xiva tumaniga qoʻshib yuborilgan. 1966 yil 9 yanvarda qayta tashkil etilgan. Shim. dan Shovot, shim.-sharq va sharqdan Urganch tumanlari, janubdan Xiva tumani, gʻarbdan Turkmaniston bilan chegaradosh. Maydoni 0,54 ming km2. Aholisi 128,7 ming kishi (2005). Tumanda 1 shaharcha (Qoʻshkoʻpir), 12 qishloq fuqarolari yigʻini (Kenagas, Oqdarband, Xonobod, Xosiyon, Shixmashhad, Yangilik, Oʻzbekyop, Oʻrtayop, Qatagʻon, Gʻozovot, Hadra, Hayrobod)(NEZAXOS mahallasi) bor. Tuman markazi — Qoʻshkoʻpirshaharchasi.
Tabiat
Tuman hududi, asosan, tekislik. Iqlimi keskin kontinental. Qishning eng sovuq oyi (yanvar)da oʻrtacha temperatura —5°, eng past temperatura —32°. Yozning eng issiq oyi iyulning oʻrtacha temperaturasi 33°, eng yuqori temperatura 42°. Vegetatsiya davri 192 kun. Yillik yogʻin 50–100 mm. Tuman hududini kesib oʻtgan Kattakoʻl, Dovdon, Dovudkoʻl magistral kollektorlari va ularga tutashgan kollektor — drenaj shoxob-chalari ishlab turibdi. Tuprogʻi oʻtloqi tuproq. Yovvoyi oʻsimliklardan jiyda, turangʻil, yulgʻun; yovvoyi hayvonlardan chiyaboʻri, quyon uchraydi.
Aholisi
Aholisi, asosan, oʻzbeklar, shuningdek, turkman, eroniy, rus, tatar, koreys va boshqa millat vakillari ham yashaydi. Aholining oʻrtacha zichligi 1 km2ga 239 kishi. Shahar aholisi 16,9 ming kishi (2005). Qishloq aholisi 111,8 ming kishi.
Xoʻjaligi[
Tumanda paxta tozalash, silikat gʻisht zavodlari, MTP, avtokorxonalar, qurilish tashkilotlari, tikuvchilik va gilamchilik sexlari ishlab turibdi. Kichik va oʻrta biznes korxonalari, mikrofirmalar va boshqa faoliyat koʻrsatadi.
Qishloq xoʻjaligi, asosan, paxtachilik va gʻallachilikka ixtisoslashtan. Dehqonchilik, chorvachilik, pillachilik, bogʻdorchilik, balikchilik ham rivojlangan. 1 ijara xoʻjaligi, fermer xoʻjaliklari, 1 aksiyadorlik jamiyati, "Qushkoʻpir parranda", "Qoʻshkoʻpirpilla" masʼuliyati cheklangan jamiyatlar, "Qoʻshkoʻpir-asalarichilik" jamoa korxonasi bor (2005). Jami 27,7 mint ga ekin may-donnint 13,3 ming gektariga paxta, 5,3 ming gektariga gʻalla, 370 gektariga kartoshka, 800 gektariga sabzavot; shuningdek, poliz, ozuqa ekinlari ham ekiladi (2005). Mevazor, tutzorlar bor.
Qoʻshkoʻpir tumanidagi jamoa va shaxsiy xoʻjaliklarda 54,5 ming^Qoramol (shu jumladan, 22,9 ming sigir), 55,1 ming qoʻy va echki, 163 ming parranda boqiladi (2005). Asalarichilik va pil-lachilik bilan ham shugʻullaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |