Oʻzbekiston Respublikasida issqilik ta’minotiga doir qabul qilinga qonunlar va qarorlar
Respublika issiqlik ta'minoti sohasida aholini sifatli issiqlik energiyasi bilan ta'minlash darajasini oshirish bo'yicha izchil chora-tadbirlar belgilangan, issiqlik ta'minoti tizimlarini rivojlantirishning ustuvor yo'nalishlari belgilangan.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 20-apreldagi "2018-2020-yillarda issiqlik ta’minoti tizimini rivojlantirish dasturi to’g’risida" gi PQ-2912-sonli qarori bilan 2018-2020-yillarda respublika issiqlik ta'minoti tizimini rivojlantirishga qaratilgan qo'shimcha chora-tadbirlarni amalga oshirish bo'yicha "yo'l xaritasi" tasdiqlandi. Jumladan:
- respublika hududlarida issiqlik ta'minoti tizimlarini kompleks rivojlantirish va to'liq modernizatsiya qilish strategiyasini ishlab chiqish;
- issiqlik ta'minoti sohasida hisobga olish va monitoringni ta'minlovchi zamonaviy axborot va energiya tejaydigan texnologiyalarni joriy etish;
- ko'p xonadonli uylarda va radiomodulli ("aqlli hisoblagich") issiq suvni hisobga olish uchun ichki maishiy asbob-uskunalarda issiqlik energiyasini va issiq suvni Real vaqt rejimida nazorat qilish va hisobga olishning avtomatlashtirilgan tizimiga (onlayn) ma'lumotlarni uzatishni ta'minlaydigan elektron universal issiqlik hisoblagichlar bosqichma-bosqich o'rnatish);
- issiqlik energiyasini ishlab chiqarish va sotish xarajatlarining to'liq o'z-o'zini ta'minlanishini ta'minlaydigan tarif siyosatini takomillashtirish, shuningdek, tariflarni shakllantirishda issiqlik ta'minoti tizimini modernizatsiya qilish va rivojlantirish xarajatlarini nazarda tutadi.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 20-apreldagi "2018-2022 yillarda issiqlik taʼminoti tizimini rivojlantirish dasturi toʻgʻrisida " gi PQ-2912-sonli qaroriga muvofiq 2019-yilda issiqlik ta'minoti tizimini rivojlantirish bo'yicha ushbu dasturni amalga oshirish uchun markazlashtirilgan moliyalashtirish manbalari hisobidan 41,0 mlrd. so'm va 2020 - yilda 128,0 mlrd. so'm (2020-yilga mo'ljallangan investitsiya dasturida nazarda tutilgan) mablag'lar ajratildi.
O‘tgan davr mobaynida respublikada issiqlik ta’minoti tizimini yaxshilash hamda aholini issiqlik energiyasi va issiq suv bilan ta’minlash darajasini oshirish bo‘yicha muayyan ishlar amalga oshirildi.
Amaliy chora-tadbirlar doirasida issiqlik ta’minoti tizimini rivojlantirish holati kompleks o‘rganildi va issiqlik energiyasini ishlab chiqarish bo‘yicha zamonaviy texnologiyalar sinovdan o‘tkazildi.
Shu bilan birga, respublikani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning hozirgi bosqichi issiqlik ta’minoti tizimini kompleks modernizatsiya qilish va energiya tejovchi zamonaviy texnologiyalar asosida uning texnik darajasini oshirish zarurligini taqozo etmoqda.
Issiqlik ta’minoti tizimini rivojlantirish va modernizatsiya qilish, resurslarni tejovchi zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, aholini issiqlik energiyasi hamda issiq suv bilan ta’minlash sifati va darajasini yaxshilash chora-tadbirlarini izchil amalga oshirish maqsadida:
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 2-dekabrdagi "Issiqlik taʼminoti tizimini takomillashtirish va issiqlik taʼminoti korxonalarini moliyaviy sogʻlomlashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida " gi PQ-4542-sonli qarori qabul qilindi
Mazkur qaror bilan mamlakatimizda issiqlik ta’minoti tizimini yanada rivojlantirish bo‘yicha quyidagi ustuvor vazifalar belgilab berildi:
issiqlik ta’minoti tizimiga energiya va resurs tejaydigan yangi texnologiya va uskunalarni, jumladan, qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalangan holda joriy etish;
ko‘p xonadonli uy-joy fondi, ijtimoiy va boshqa ob’ektlarning markazlashtirilmagan issiqlik ta’minoti tizimini energiya samaradorligi yuqori bo‘lgan mahalliy qozonxonalar qurish, shuningdek, xonadonlarga yakka tartibda ichki issiqlik ta’minot tizimini o‘rnatish orqali rivojlantirish;
jismoniy va ma’naviy eskirgan, tejamkor bo‘lmagan qozonxona agregatlarini, ishdan chiqqan magistral va taqsimlash issiqlik tarmoqlarini modernizatsiya va rekonstruksiya qilish, almashtirish;
energiya resurslari iste’moli va ishlab chiqarilishini me’yor bo‘yicha hisoblashni amalda qo‘llash, iste’molchilarni hamda issiqlik ta’minoti xizmatlarini hisoblash va to‘lovlarni amalga oshirishga avtomatlashtirilgan hisobga olish tizimini joriy qilish.
Qarorda 2018−2022 yillarda markaziy qozonxona, issiqlik tarmoqlari, mahalliy qozonxonalarni modernizatsiya va rekonstruksiya qilish, energiya samaradorligi yuqori bo‘lgan, jumladan, gelioqurilmalarni qo‘llash orqali mahalliy qozonxonalar qurish, xonadonlarga yakka tartibda ichki issiqlik ta’minoti tizimini o‘rnatish parametrlari, shuningdek, issiqlik ta’minoti tizimini rivojlantirishning kompleks chora-tadbirlari tasdiqlandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |