Issiqlik bilan taʼminlash — kommunal xoʻjalik va texnologik ehtiyojlar uchun isteʼmolchilarga issiklik yetkazib berish. Markaziy va mahalliy Issiqlik bilan taʼminlash tizimi yordamida amalga oshiriladi. Bunda suv (t-rasi 150° gacha) yoki bugʻ (bosimi 0,5 — 4,0 MPa) issiqlik eltgich vazifasini bajaradi. Markazlashtirilgan Issiqlik bilan taʼminlash tizimi sanoat yoki turar joylarning koʻplab isteʼmolchilarini (bir necha oʻnlab km da joylashgan), mahalliy Issiqlik bilan taʼminlash tizimi bir yoki bir necha binoni (bir necha oʻnlab m. da joylashgan) issiklik bilan taʼminlaydi. Markaziy Issiqlik bilan taʼminlash da bir yoki bir necha issiqlik manbai, issiklik tarmoklari va issiklik qabul qiladigan qurilmalardan foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |