Qorin sohasi. Toshkent tibbiyot akademiyasi. Gulmanov I. D. 2020 y



Download 2,73 Mb.
bet6/16
Sana18.01.2023
Hajmi2,73 Mb.
#900193
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
Qorin.Qorinning old – yon dеvоri.Churralarda bajariladigan operatsiyalar

Qorinning to‘g‘ri muskuli (m. rectus abdominis) xanjarsimon o‘siq va qovurg‘a ravog‘idan qov suyagining yuqori shoxi va simfiziga tortilgan bo‘lib, tolalari bo‘ylamasiga yo‘nalgan. to‘g‘ri muskullarning eni epi- va mezogastral sohalarda keng bo‘lib, gipogastral sohada torayadi va qalinlashadi. Uning eng ensiz joyi qov suyaklariga birikadigan qismidir. To‘g‘ri muskul qorinning yon devoridagi keng muskullarning aponevrozlari hosil qilgan g‘ilofda joylashadi. Muskulda ko‘ndalangiga yoki qiyshiq joylashgan 3-4 ta payli belbog‘lar (intersectiones tendineae) bo‘lib, ularning 2 tasi kindikdan yuqorida, bittasi kindik sathida, to‘rtinchi doimiy bo‘lmagan belbog‘ kindikdan pastda joylashadi. Belbog‘lar to‘g‘ri muskul g‘ilofining oldingi devoriga yopishgan bo‘lib, ularda tomirlar va nervlar o‘tadi. Qorin to‘g‘ri muskuli g‘ilofining orqa devori bilan muskulning orqa yuzasi orasida g‘ovak kletchatka bor. Unda chuqur, bo‘ylama yo‘nalgan arteriyalar joylashgan: yuqorigi qorin ustki arteriyasi (a. epigastrica superior) ko‘krak ichi arteriyasining oxirgi shoxlaridan biri bo‘lib, yuqoridan kindikka tomon tushib, qovurg‘alararo arteriyalarning oxirlari bilan hamda pastki qorin ustki arteriyasi (a. epigastrica inferior) bilan anastomozlashadi. Pastki qorin usti arteriyasi tashqi yonbosh arteriyasidan chiqib, tashqaridan ichkariga, pastdan yuqori tomonga qorin parda oldi kletchatkasi bo‘ylab yo‘naladi va yarim aylana yoki yoysimon chiziq (Duglas chizig‘i) sathida ko‘ndalang fassiyani teshib, qorin to‘g‘ri muskulining g‘ilofiga orqadan kiradi va kindik atrofida yuqori qorin ustki arteriyasi hamda bel arteriyalarining tarmoqlari bilan anastomozlashadi. Aytib o‘tilgan arteriyalar shu nomdagi venalar bilan birga joylashgan. Yuqorigi qorin ustki venasi (v. epigastrica superior) ko‘krak ichi venasi orqali o‘mrov osti venasiga, undan yelka-bosh venasi bo‘ylab yuqori kavak venaga boradi; pastki qorin ustki venasi (v. epigastrica inferior)dan qon tashqi yonbosh venasiga, undan pastki kavak venaga boradi. Ularning o‘zaro va bel hamda qovurg‘alararo venalari bilan qo‘shilishi natijasida kava-kaval anastomozlar vujudga keladi. Bundan tashqari, chuqurda kindik atrofi venalari (vv. paraumbilicales) (jigarning yumaloq boylamida joylashgan) orqali darvoza venasi (v. portae) bilan, yuzada qorinning kindik atrofidagi yuza arteriya to‘ri bilan tutashgan. Bunga porto-kaval anastomozlar deyiladi. Uning amaliy ahamiyati shundaki, portal gipertenziyada venoz qon shu anastomozlar orqali qorin devoridagi venalarga, undan kavak venalarga boradi. Buning oqibatida kindik atrofidagi teri osti venalarining kengayib, ilonizi shaklida bo‘rtib chiqishi yaqqol ko‘zga tashlanadi («meduza boshi»).
Nervlar 6 ta pastki qovurg‘alararo nervlar hamda n. iliohypogastricus va n. ilioinguinalis ning oxirgi tarmoqlari bo‘lib, to‘g‘ri muskul g‘ilofiga orqadan kiradi va muskul bilan uning g‘ilofini teshib, pay belbog‘lari orqali qon tomirlar bilan birga teri ostiga chiqib tarqaladi.
Qorinning yuqorigi qismidagi chuqur limfa tomirlari qorinning ustki va oldingi ko‘ks oralig‘i limfa tugunlariga, qorinning o‘rta va pastki qismlaridan bel, yonbosh va chuqur chov limfa tugunlariga oqadi.

Download 2,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish