Qorin sohasi. Toshkent tibbiyot akademiyasi. Gulmanov I. D. 2020 y



Download 2,73 Mb.
bet5/16
Sana18.01.2023
Hajmi2,73 Mb.
#900193
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
Qorin.Qorinning old – yon dеvоri.Churralarda bajariladigan operatsiyalar

Qorinning ichki qiyshiq muskuli (m. obliquus abdominis internus) yelpig‘ichsimon shaklda bo‘lib, uning tolalari epi- va mezogastral sohalarda tashqaridan ichkariga, pastdan yuqoriga yo‘naladi; gipogastral sohaning yuqorisida tolalarning yo‘nalishi ko‘ndalang, pastida chov boylamiga parallel holda qiyshiq bo‘ladi. Ushbu pastdagi muskul tolalarining bir qismi urug‘ tizimchasini o‘rab yorg‘oqqa tushadi va moyakni ko‘taruvchi muskul (m. cremaster)ni hosil qiladi. Qorin ichki qiyshiq muskuli tolalarining aponevrozga o‘tish chizig‘i yuqorida to‘g‘ri muskulning tashqi qirg‘og‘iga nisbatan uzoqroqda, qorinning o‘rta va pastki qismlarida esa unga yaqinroq va parallel yo‘nalgan bo‘ladi. Qorin to‘g‘ri muskulining tashqi qirg‘og‘i yaqinida aponevroz ikkiga, chuqur va yuza varaqlarga ajraladi. Qorin ichki qiyshiq muskulining ostida, ko‘ndalang muskulning oldingi yuzasida pastki 6 ta qovurg‘alararo nervlar o‘tadi va qorin to‘g‘ri muskulining g‘ilofiiga kirib, shu muskulning orqa yuzasi bo‘ylab tarmoqlanadi. Nervlarning oldingi teri shoxlari to‘g‘ri muskulni va uning g‘ilofini oldingi varag‘ini teshib teri ostiga chiqadi. Xar bir nerv tarmoqlanib, qo‘shni segmentlarga ham shoxlar beradi, natijada terining har bir segmenti o‘zining nervidan tashqari yana 2-3 ta qo‘shni nervlardan ham tolalar oladi. Terining bunday innervatsiyalanishini qorinining oldingi devorini mahalliy og‘riqsizlantirish paytida nazarda tutish kerak bo‘ladi. Nervlardan tashqari bu qavatda qiyshiq yo‘nalgan 6 ta pastki qovurg‘alararo arteriyalar va ko‘ndalang yo‘nalgan 4 ta bel arteriyalari ham joylashgan. Chuqurda qovurg‘alararo venalar (vv. intercostales), hamda bel venalari (vv. lumbales), shu nomdagi arteriyalar bilan birga boradi. Bel venalaridan ko‘tariluvchi bel venalari (qorin parda orti bo‘shlig‘ida) hosil bo‘ladi; bular o‘z navbatida toq va yarim toq venalar (v. azygos et hemiazygos)ni hosil qiladi.
Qorinning ko‘ndalang muskuli (m. transversus abdominis)ning tolalari asosan ko‘ndalangiga yo‘nalgan bo‘lib, faqat gipogastral sohadagi pastki muskul tolalari chov boylamiga parallel yo‘naladi va m. cremasterga tolalar beradi. Muskul tolalarining aponevrozga o‘tish chizig‘i, qabariq tomoni qorin to‘g‘ri muskulining tashqi qirg‘og‘iga qaragan yoy shaklida bo‘lib, uning egrilik radiusi turlicha bo‘lishi mumkin. Bu chiziqni yarimoysimon (Spigeliy) chiziq deb ataladi.
Qorinning yon devoridagi uchala keng muskullarning aponevrozlari qorin to‘g‘ri muskulining g‘ilofini hamda oq chiziqni hosil qiladi. Qorinning toq sohalardan iborat bo‘lgan oldingi devorini, asosan, qorinning to‘g‘ri muskullari va piramidasimon muskullar (mm. pyramidales) (80% hollarda), uning qini hamda qorinning oq chizig‘i hosil qiladi.

Download 2,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish