Qorin sohasi. Toshkent tibbiyot akademiyasi. Gulmanov I. D. 2020 y



Download 2,73 Mb.
bet14/16
Sana18.01.2023
Hajmi2,73 Mb.
#900193
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
Qorin.Qorinning old – yon dеvоri.Churralarda bajariladigan operatsiyalar

oval-oraliq (o‘tish) shakli, bunda ichki qiyshiq muskul pastki chekkasi chov boylamining lateral qismidan yuqorida boshlanib, gorizontal yo‘nalishda to‘g‘ridan-to‘g‘ri muskulning g‘ilofiga o‘tib ketadi; ko‘ndalang muskul aponevrozining pastki qirg‘og‘i esa yakka holda yoysimon egilib, chov o‘rog‘ini hosil qiladi va qov suyagi, hamda do‘mbog‘iga birikadi;

Qov oralig‘ining bu shaklida «muskul klapani» nisbatan kuchsiz bo‘ladi, chunki klapan vazifasini ko‘ndalang muskulning yakka o‘zi bajaradi. Bunday qov oralig‘i oldingisiga nisbatan bir necha marta kam, erkaklarda va qorinning erkakcha shaklida ayollarga nisbatan ko‘p uchraydi.



  1. uchburchak shakli asosan qorinning erkakcha shaklida bo‘lib, eng kam

uchraydi. Bunda ichki qiyshiq va ko‘ndalang muskullarning pastki qirg‘oqlari yanada yuqoriroqdan boshlanib, gorizontal yo‘naladi va to‘g‘ridan-to‘g‘ri qorin to‘g‘ri muskulining g‘ilofiga o‘tadi.

Qov oralig‘ining ushbu shakli deyarli faqat erkaklarda uchraydi. Qorinning muskullari qisqarganda chov kanalini bekitmaydi, muskul klapani ishlamaydi.



Chov oralig‘ining yoriqsimon-oval shaklida chov kanalining oldingi devorini hosil qilishda tashqi qiyshiq muskulning aponevrozidan tashqari ichki qiyshiq muskul ham ishtirok etadi: kanalning lateral qismida u urug‘ tizimchasini oldindan bekitadi. Keyin ko‘ndalang muskul aponevrozi bilan birga (chov o‘rog‘i) yoy shaklida urug‘ tizimchasining ustidan o‘tib (kanalning yuqorigi devorini hosil qilgan holda), uning orqasiga o‘tadi va qov suyagiga yopishadi, ya’ni kanalning orqa devorini hosil qilishda ishtirok etadi.


Chov kanalining orqa devorini pastki tomonini qalinlashgan ko‘ndalang fassiya hosil qiladi. Uni qo‘yidagi tuzilmalar mustahkamlaydi:

  1. chuqurchalararo boylam (lig. interfoveolare) tashqi va ichki chov chuqurchalari orasida joylashib, yuqoriga va ichkariga yo‘naladi. Bu boylam ko‘ndalang muskul aponevrozi tolalaridan yoki ko‘ndalang fassiyaning qalinlashishi hisobiga hosil bo‘ladi va chuqur chov xalqasini pastdan hamda ichkaridan o‘rab, uning medial tomonga kengayishiga yo‘l bermaydi;

  2. chov o‘rog‘i (falx inguinalis) chov oralig‘ining yoriqsimon-oval hamda oval- oraliq shakllarida uchraydi. Ko‘ndalang fassiya chov o‘rog‘iga yopishib ketadi;


  3. Download 2,73 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish