Qorin sohasi. Toshkent tibbiyot akademiyasi. Gulmanov I. D. 2020 y



Download 2,73 Mb.
bet11/16
Sana18.01.2023
Hajmi2,73 Mb.
#900193
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
Qorin.Qorinning old – yon dеvоri.Churralarda bajariladigan operatsiyalar

CHOV SOHASI.


Chegaralari:

  • yuqorida – linea bispinata;

  • pastda – symfiz, qov suyagi, qov suyagi dumbog‘i

  • pastda va tashqarida – teridagi o‘ng va chap chov burmalari.

Chov sohasida chov uchburchagi, chov oralig‘i, chov kanali joylashgan. Chov uchburchagi chegaralari:

  • yuqorida: chov burmasini 3 ta teng qismga bo‘lib, yuqorigi va o‘rta qismlar chegarasidagi nuqtadan qorin to‘g‘ri muskulining tashqi chekkasiga o‘tkazilgan gorizontal chiziq;

  • pastda: chov burmasining o‘rta va medial qismlari;

  • ichkarida: qorin to‘g‘ri muskuli tashqi chekkasining gorizontal chiziq tutashgan nuqtadan pastki qismi.




Chov uchburchagi sohasi qorin devorining eng zaif joylaridan hisoblanadi: ayrim hollarda, mazkur sohaning anatomik jihatdan noto‘g‘ri tuzilganligi muayan shart-sharoitlarda chov churralarining paydo bo‘lishiga sababchi bo‘ladi.

Chov kanali chov uchburchagi doirasida tashqaridan ichkariga, yuqoridan pastga (chov burmasiga nisbatan burchak ostida), chuqurdan yuzaga yo‘naluvchi qorin old-yon devorining muskul va fassiyalari hosil qilgan yoriq bo‘lib, homila taraqqiyoti davrida erkaklarda moyak va urug‘ tizimchasi yorg‘oqni hosil qilib, unga tushishi, ayollarda bachadon yumaloq boylamining qorin devori orqali o‘tishi natijasida vujudga keladi.


Chov kanalining to‘rtta devori hamda ichki (chuqur) va tashqi (yuza) halqasi, ya’ni urug‘ tizimchasi (yoki bachadonning yumaloq boylami) kiradigan va chiqadigan teshiklari bor. Erkaklarda kanal orqali nisbatan yo‘g‘on bo‘lgan urug‘ tizimchasi o‘tganligi tufayli, kanalning uzunligi ham, kengligi ham, halqalarning o‘lchami ham ayollarnikiga qaraganda katta bo‘ladi. Kanalning uzunligi o‘rtacha 4 dan 7 sm gacha bo‘lib, chov boylamining uzunligiga bog‘liq.
Ko‘ndalang fassiyaning ichki urug‘ fassiyasiga tashqi chov chuqurchasida o‘tish joyi chov kanalining chuqur halqasi (anulus inguinalis prophundus) deb ataladi. Bundan moyak, urug‘ yo‘li, ularning tomirlari va nervlari (erkaklarda), bachadonning yumaloq boylami, uning tomir va nervlari (ayollarda) qorin pardaning qin o‘simtasi bilan birga tashqi chov chuqurchasi sohasida ko‘ndalang fassiyani oldinga itarib, unga o‘ralgan holda qorinning devori orqali chov kanalini hosil qilib o‘tadi. Kanalda ko‘ndalang fassiya yupqalashib, urug‘ tizimchasining umumiy qin pardasini hosil qiladi va ichki urug‘·fassiyasi (fascia spermatica interna) deb ataladi. Chuqur halqa chov boylamining o‘rtasida 1-1,5 sm yuqorida joylashadi.
Chov kanalining yuza halqasi (anulus inguinalis superficialis) qorin tashqi qiyshiq muskulining aponevrozidagi yoriqsimon teshik bo‘lib, teri osti yog‘ qavatiga ochiladi.



Qorinning oldingi devorida bu halqani qov do‘mbog‘idan yuqorida va biroz tashqarida paypaslab aniqlanadi.

Yuza halqani hosil qilishda tashqi qiyshiq muskulning aponevrozi yonbosh- chov sohasida tashqi (pastki) va ichki (yuqorigi) oyoqchalariga ajraladi: Tashqi oyoqchasi (crus laterale) qov do‘mbog‘iga birikadi; ichki oyoqchasi (crus mediale) esa tashqi oyoqchadan ichkariroqda, qov simfiziga yetmasdan birikadi.


Tashqi qiyshiq muskul aponevrozidagi ichki va tashqi oyoqchalar orasidagi yoriq tashqari tomonda yuqoriga va ichkariga yo‘nalgan oyoqchalararo tolalar (fibrae intercrurales) yordamida bekitiladi. Tashqi oyoqchaning chuqur qismidan yuqoriga va ichkariga yo‘naluvchi qaytuvchi boylam (lig. reflexum) boshlanadi. Shunday qilib, oyoqchalar orasidagi yoriq tashqarida – fibrae intercrurales, ichkarida – lig. reflexum orqali chegaralangan yuza chov halqasiga aylanadi.
Bundan tashqari, tashqi oyoqchadan (ya’ni, chov boylamidan) orqaga yo‘nalib, taroqsimon boylamga birikuvchi va tomir lakunasining medial tomonini hosil qiluvchi lakunar (Jimbernat) boylami boshlanadi.


Chov sohasi. Chov kanalining tashqi teshigi va urug‘ tizimchasi.

Download 2,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish