Qorin sohasi. Toshkent tibbiyot akademiyasi. Gulmanov I. D. 2020 y


Qorin to‘g‘ri muskullari diastazi



Download 2,73 Mb.
bet10/16
Sana18.01.2023
Hajmi2,73 Mb.
#900193
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   16
Bog'liq
Qorin.Qorinning old – yon dеvоri.Churralarda bajariladigan operatsiyalar

Qorin to‘g‘ri muskullari diastazi. A) me’yorda; B) diastaz. Diastaz turlari: 1 – kindik halqasi diastazi, 2 – kindikdan pastdagi diastaz, 3 – kindikdan yuqoridagi diastaz, 4 – ochiq (to‘liq) diastaz.


Kindik.


Kindik (umbilicuss, umbo) qorin oldingi-yon devorining zaif qismidir. U xanjarsimon o‘siq bilan qov simfizi orasidagi chiziqning taxminan o‘rtasida joylashgan bo‘lib, uning terisi ostida yog‘ kletchatka qavati bo‘lmaganligidan chuqurcha ko‘rinishida bo‘ladi. Bu chuqurchaga qorin oq chizig‘ining o‘rtasidagi kindik halqasi deb yuritiluvchi oval shakldagi teshik to‘g‘ri keladi. Homiladorlik davrida homilaning kindik halqasi orqali unga kiruvchi kindik venasi (v. umbilicalis) hamda chiquvchi kindik arteriyalari (aa. umbilicales) va siydik yo‘li (urachus) yo‘ldoshga boruvchi kindik tizimchasini hosil qiladi. Bola to‘g‘ilib kindik kesilgandan keyin kindik halqasidagi kindik tomirlari bilan siydik yo‘li obliteratsiyaga uchraydi va bu yerda chandiqli to‘qima hosil bo‘ladi. Ushbu chandiq obliteratsiyalangan tuzilmalarga, kindik halqasining chetiga va teriga yopishib ketadi va uni ichkariga tortib kiradi. Natijada kindik chuqurchasi paydo bo‘ladi. Kindik halqasining yuqori chekkasiga obliteratsiyalangan kindik venasi, pastki yarmiga esa kindik arteriyalari va siydik yo‘li chandiqlanib yopishib, uni to‘ldiradi.
Kindik bir-biri bilan o‘zaro bitishib yopishib ketgan 4 ta qavatdan iborat: teri, unga yopishgan chandiq, chandiqqa yopishgan kindik fassiyasi (qorin ichi fassiyasining kindik halqasidagi qismi) va kindik halqasining to‘garagi bo‘ylab yopishgan qorin pardaning pariyetal varag‘i. Kindikda teri ostidagi va qorin parda oldidagi yog‘ qavatlari bo‘lmaydi.
Kindik venasi o‘tadigan kindik kanalini oldinda qorinning oq chizig‘i, orqada kindik fassiyasi chegaralaydi. Kanalning pastki teshigi kindik halqasiga, yuqorigi teshigi bu halqadan 4-6 sm yuqoriga ochiladi.
Kindik halqasining o‘lchamlari ayollarda erkaklarga nisbatan, qarilarda yoshlarga nisbatan kattaroq bo‘ladi.
Kindik halqasi orqali kindik churralari chiqishi mumkin. Kindikning anatomik jihatdan zaifligi shundaki, ba’zilarda kindik halqasini berkituvchi kindik fassiyasi bo‘lmaydi yoki u to‘liq bekitmaydi yohud kindik fassiyasi kengayib, yupqalashgan bo‘ladi. Kindik fassiyasining cho‘zilib kengayishiga sabab qorin oq chizig‘ining va u bilan birga kindik halqasining kengayishidir. Demak, oq chiziqning kengayishiga olib keluvchi sabablar kindik halqasining kengayishiga ham sababchi bo‘ladi (katta yoshdagi odamlarda).
Kindik churrasining go‘daklarda ko‘p uchrashining sababi esa, kindik kesilgandan keyin kindik halqasining torayishi va bekilishi jarayonlarining juda sekinlik bilan bitishidir.
Kindik churralarini operatsiya qilish paytida pariyetal qorin pardadan iborat bo‘lgan churra xaltasining tubi teriga, bo‘yinchasi esa kindik halqasiga yopishganligini esda tutish kerak. Shuning uchun ham churra xaltasini ajratib olish uchun kindik halqasini kesib kengaytiriladi, teridan ham kesib ajratiladi.

Download 2,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish