Qoraqalpoq davlat universiteti



Download 3,72 Mb.
bet105/159
Sana07.04.2022
Hajmi3,72 Mb.
#533704
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   159
Bog'liq
O\'ZBEK TILI-2021-2022

Uyga vazifa

E’lon, bayonnoma turlariga namunalar yozib kelish




Adabiy o‘qish:
Yulduzli tunlar romanidan parcha. ( Pirimqul Qodirov)


— Ulusning shoʻri qursin! — dedi Tohir.
— Kasofat podsholar urushmay turolmasa. Biridan qochsang, boshqasiga tutilsang. Undan koʻra qochmaymiz! Tavakkal. Peshonaga bitilgani boʻlur! Tohir yomgʻirda hoʻl boʻlib, badaniga yopishib turgan qalami yaktak ustidan xanjar taqib olgan edi. Robiya xanjarga qoʻrqa-pisa koʻz tashladi-da: — Qaydam, — dedi. — Otamlar meni qoʻrgʻonga eltib qoʻymoqchilar. — Qaysi qoʻrgʻonga? — Andijon qoʻrgʻonida amakim borlar-ku. Tohir Robiyaning hoziroq joʻnab ketishidan choʻchiganday uning bilagidan oldi. Ilgarilar hurkovich ohudek tutqich bermaydigan Robiya hozir allanechuk yuvosh boʻlib qolgan edi. Uning xina qoʻyilgan qoʻllari gulday chiroyli. Boshiga otasining qora jun chakmonini yopinib chiqqan ekan. Yomgʻirda hoʻl boʻlib ogʻirlashgan chakmon uning nozik boʻyniga ogʻirlik qildi. Robiya chakmonni yelkasiga tushirdi. Shunda yoqasining bitta bogʻichi yechilib ketdi-yu, qizgʻish marmarday silliq boʻynining pasti koʻrindi. Yashil nimchasi oʻn yetti yoshlik qizlardagina boʻladigan tolma belidan quchib, qattiq koʻkraklarini mahkam chirmab turar edi. Bolalikdan Robiya bilan devordarmiyon qoʻshni boʻlib oʻsgan Tohir uning qanchalik jozibali qiz ekanini, bosqinchi bek va navkarlar mana shunaqa qizlarga qanchalik oʻch boʻlishini goʻyo endi astoydil his qildi. Bu yil bahorda ota-onalari ularni unashtirib qoʻygan paytlarida ham Robiya Tohirga hozirgichalik chiroyli koʻrinmas edi. Ramazon oyi oʻtgandan keyin ularning toʻylari boʻlishi kerak. Tohir Robiya bilan hademay bir yostiqqa bosh qoʻyishlariga ishonib, bexavotir yurgan edi. Biroq endi urush dovuli Quvaga yaqinlashib kelayotgan shu xatarli damlarda Robiya unga har qachongidan ham aziz, har qachongidan ham gʻanimat koʻrindi. Tohir Robiyaning Andijon qoʻrgʻonida birorta boʻyni yoʻgʻon bekning tuzogʻiga ilinib qolishi mumkinligini oʻyladi-yu: — Yoʻq! — dedi. — Meni desang qoʻrgʻonga borma! Robiya Tohirning baxmalday mayin moʻylovi tagida xiyol titrab turgan labiga va iztirob bilan chaqnayotgan qoʻngʻir koʻzlariga tikildi. — Mening ham sizdan yiroqqa ketkim yoʻq... Lekin neqilay... Qoʻrqamen!.. Tohir qizni chakmon bilan birga quchib, bagʻriga bosdi. Robiyaning mayin soch tolalari yigitning yuziga tegdi, bir lahza ikkovining nafasi nafasiga qoʻshilib ketdi. Tohir qizning badani titrayotganini sezdi-yu: — Chindan qoʻrqqaningmi bu, Robiya? — dedi. — Senga ne boʻldi?.. — Men bir vahimali tush koʻrdim, Tohir ogʻa! Ilohi tushim oʻng kelmasin!.. Эndi Tohir ham xavotirlanib, qizni quchogʻidan boʻshatdi-da, uning katta-katta boʻlib ketgan koʻzlariga qaradi: — Yomon tushmi? — Aytishga ham tilim bormaydir. — Tushga nelar kirmas!.. Ayt!.. Mayli... — Sizni bir qora hoʻkiz xanjarday shoxlari bilan suzib... Yoʻq! Yoʻq! Eslasam, etim junjikib ketadir! Tohir yomon bir falokatni oldindan sezganday yuragi uvushdi: — Shoshilmay gapir! Suzgan boʻlsa, qon oqdimi? — Qon? Ha, ha.. Qon tirqirab ketdi. — Unday boʻlsa qoʻrqma. Tushdagi qon — yorugʻlik. Otam doim shunday deydi. — Tangrim shu ta’birni rost keltirsin! Tohir ogʻa, men... Agar Andijonga siz bormasangiz... men ham ketmasmen. Neki boʻlsak, shu yerda... birga... Majnuntol barglari orasidan sirqib tushayotgan yomgʻir tomchilari qizning payvasta qoshlariga, tigʻiz kipriklariga tekkan. Tohirning nazarida, Robiya yomon bir baxtsizlik boʻlishini hozirdan sezib, koʻziga yosh olayotgandek koʻrinardi.
Mendan koʻp xavotirlanma, Robiya. Men bir dehqon odammen. Havo ochilsa, dalaga chiqib qoʻshimni haydaymen. Oʻrogʻimni oʻramen. Yogʻiyning menga ne ishi bor? Lekin sen... ehtiyotingni qil. Andijon qoʻrgʻonida amakilaring bor... — Andijonda sizning ham mulla togʻoyingiz borlar-ku! Yo birga ketaylikmi? Tohir oʻylanib qoldi. Uning Andijonda me’mor boʻlib ishlaydigan Fazliddin togʻasi el orasida tanilgan mashhur odam. Quvasoy botqogʻining ustidan oʻtgan mana shu uzun yogʻoch koʻprik ham mulla Fazliddin chizib bergan tarh boʻyicha qurilgan. Andijon arkida mulla Fazliddin samoviy naqshlar va koshinlar bilan bezab qurgan devonxona tojdor Umarshayx mirzoga ma’qul boʻlgandan keyin unga toʻbichoq ot va bir hamyon oltin in’om qilganini Tohir ham eshitgan. U togʻasining shahar qoʻrgʻonidan tashqaridagi Bogʻot mahallasida turishini biladi. Mulla Fazliddin Quvada turgan paytlarida Tohirga xat-savod oʻrgatgan edi. Endi jiyani panoh istab borsa, qanoti tagiga olishi mumkin. Lekin bu yerda chol-kampirlar nima derkin? Tohir — yolgʻiz oʻgʻil, javob bermasliklari mumkin. U Andijonga Robiya tufayli borishini esa ota-onasiga aytishdan uyaladi... Balki buni Robiyaning akasi Mahmud aytar? — Robiya, mayli, iloji boʻlsa, Andijonga birga keturmiz. Lekin dadamlarni koʻndirish oson emas... Mahmud ogʻang eshikdami? — Doʻkonga chiqqan edilar. Iftorgacha kelurlar. Nima edi? — Iftordan soʻng biznikiga oʻtsin. Maslahat bor. — Xoʻp, men aytamen. Robiya yuzini Tohirning keng koʻkragiga bosdi: — Tangrim bizni bir-birimizga koʻp koʻrmasin! — dedi-da, majnuntol shoxlari orasidan chiqdi. Soy boʻyida turgan boʻsh mis koʻzani yomgʻir tomchilari chertib-chertib qoʻyadi. Robiya koʻzaga qarab suvga kelganini esladi va uni toʻldirib, uylari tomon koʻtarib ketdi. Qalliqlar odamlarning koʻzidan yiroqda — yashiriqcha uchrashib yurar edilar. Qiz uzoqlashib ketgandan keyin Tohir ham majnuntollarning panasidan chiqdi. Shunda Robiyaning tushiga kirgan qoʻrqinchli voqea uning esiga tushdi-da, noma’lum bir xatar vujudiga larza solib oʻtdi


29-mavzu.Taqriz, annotatsiya tarzidagi matnlarda munosabat,

Download 3,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   159




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish