Qoraqalpoq davlat universiteti



Download 3,72 Mb.
bet102/159
Sana07.04.2022
Hajmi3,72 Mb.
#533704
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   159
Bog'liq
O\'ZBEK TILI-2021-2022

Tushuntirish xаti
Bеtоb bo‘lib qоlgаnligim tufаyli mаshg‘ulоtlаrgа qаtnаshа оlmаdim. Bеtоbligim hаqidаgi tibbiy mа’lumоtnоmа ilоvа etildi.
1999.20.02. imzо Z.Nizоmоvа

9-mashq.Quyidа bеrilgаn mаtnni zаruriy qismlаr аsоsidа tаrtib bilаn yozing, nаtijаdа tushuntirish xаti nаmunаsi hоsil bo‘lsin.


А
1-kurs tаlаbаsi Tоshеv Zаfаrning. 2008-yil 31-оktyabr. 2008-yil 28-29-оktyabr kunlаrigа bеlgilаngаn mаshg‘ulоtlаrgа yеtib kеlа оlmаdim. Z.Tоshеv. Tоshkеnt mоliya instituti Iqtisоd fаkultеtining dеkаni dоtsеnt B.А.Аbdukаrimоvgа. Surxоndаryo vilоyatidа bir nеchа kun sаmоlyotlаr uchishi uchun qulаy оb-hаvо bo‘lmаgаni tufаyli. Tushuntirish xаti.
B
Tushuntirish xаti. “Mаlikа” ishlаb chiqаrish birlаshmаsi kаsаbа uyushmаsi tаshkilоtining rаisi K.Аbdullаyеvgа. Ilоvа: Bоlаlаr shifоxоnаsidаn bеrilgаn mа’lumоtnоmа. 2007-yil 30-mаy. Ishgа yarim sоаt kеchikib kеldim. Sh.Erkinоvа. Birlаshmаning iqtisоdchisi Shаhnоzа Erkinоvаning. Qizimni bоlаlаr shifоxоnаsining mаvsumiy ko‘rigidаn o‘tkаzish uchun оlib bоrgаnim sаbаbli.
Uyga vazifa
Tavsifnoma, tavsiyanoma,e’lon, hisobotganamunalar yozib kelish
Adabiy o‘qish:
Ufq romanidan parcha ( Said Ahmad)
Nizomjon ko'zini ochganda ayvonda hech kim yo‘q edi. Brezent chodir orqasida kimdir to‘q-to‘q qilib o‘tin yorardi. U qayerda yotganini, bu yerga qanday kelib qolganini bilmadi. Sandal.chetida ko'zini ochmay uyg‘oq yotganicha shu yaqin kunlarda ko‘rgan-kechirganlarini unutib, awalgidek o‘z uyimdaman, deb o'ylagan edi. Ko‘zini ochsa, begona uyda ekan. Darhol, tanini zirqiratgan, yuragini burda-burda qiigan kechmishini esladi. Tushiga uyi, dadasi, akasi, Dildor kiribdi. A’zamjon hovlida o‘rikka suyanib, ma’yus turganmish. Dadasi bilan opasi uning yuziga qarasholmasmish. Dildor deraza oldida piq-piq yig'layapti. Onasi ko'cha eshigida turib ostonadan o‘tishga unamay A’zamjonni chaqiryapti. — Yur, yur, bolam, ketaylik, kech bo‘lib qoldi. U ota bilan aka o‘rtasida nima qilishim bilmay turgan Nizomjonga tashvishli bir qarab qo‘ydi. — Endi senga jabr bo‘ladi, bolam, o‘z yo'lingni o‘zing top, ketimizdan borma! Nizomjon marhum onasi va akasining yuzlarini shundoqqina ko‘rdi. O'zgarmagan, ammo negadir ikkovining ham bo‘yi juda uzun bo‘lib ketganmish. Nizomjon xomush o‘tirib onasini eslab ketdi. Nazarida onasi hozir oshxonada o‘tin yoryapti. Nega o‘zi о‘tin yoradi? 0 ‘tinni hamisha Nizomjon yorib berardi-ku? Shu payt ko‘ylagini lippa urgan Jannat xola xokandozda lang'illab turgan cho‘g‘ olib keldi. -V oy, ko‘zingni ochibsan-ku, bolam. Hozir sandalni bozillatib beraman. - U olov solayotib, sandal ichidan g‘o‘ng‘illab gapirardi. - Kechasi juda qo‘rqitvording, isitmang baland edi. Kasaling bezgak, bolam. Men ham bu o‘lguming dardini ko‘p tortganman. Amaking guzarga chiqib ketdi, hozir dori olib keladi. 281 Amaki, kim bo'ldi? Nizomjon u odamni ko‘rmagan, eshitmagan-ku! Kecha Ikromjon uni samovar so'risida g‘ujanak bo‘lib o‘tirganda olib kelganini eslayolmaydi. Marg‘ilondan Zirillamagacha uzoq yo‘lni isitma aralash piyoda bosib kelganidan qattiq charchagan, kechadan beri tuz totmagani ham o‘z kuchini ko‘rsatgan edi. 0 ‘shanda Nizomjon o‘zini bilmasdi. Hozir u shu o‘tirishda o'ylab o‘yiga yetolmadi. Bu mehribon kishilaming kimligini bilolmadi. — Kechasi xo‘rda-mastava pishguncha uxlab qolding. 0 ‘shani isityapman, serqalampir qilib ichib olsang, terlab tuzalib qolasan. Bezgakning davosi shu, bolam. Nega amaking hayallab qoldi-ya. Bu aptekdan topolmagan bo‘lsa narigisiga ketdimikan?! Jannat xola tokchadan kosa olib, bir ozdan keyin mastava ko‘tarib keldi. — Murchini ko'proq sepib qo‘yibman, mayli, foyda qiladi. Nizomjon iymanib kosani qo‘lidan oldi. Kampir, bola tortinmasin, deb o‘zi tashqariga chiqib ketdi. Nizomjon qoshiq solib mastavani xo‘r-xo‘r icharkan, tishiga qumga o‘xshash bir nima tegib g‘ichirlardi. U, guruchida mayda tosh ko‘proq ekan, deb o‘yladi. Shunga qaramay xo‘rdani tagigacha ichdi. Nizomjonning xabari yo‘q, bu oddiy xo‘rda emas edi. Jannat xola qoraqo‘ng‘izni otashkurakda kuydirib kukunini murchga aralashtirib sepgan. Buni Nizomjonga bildirmagan edi. Nizomjon birdan lohas bo‘lib yana yostiqqa bosh qo‘ydi. Badani go‘yo kuyib ketayotgandek bo‘ldi. Bu odamlarga ortiqcha tashvish bo‘ldi-ku. Endi ko‘rmagani shu qoldimi? Ko‘zi ilinib uyquga ketdi. Jannat xola uning ustiga Ikromjonning to‘nini yopib yostig'ini tuzatdi. Nizomjon g‘arq terga pishgan, chakkalaridan maijon-maijon ter quyyapti. Ertalab shoshganidan yog‘och oyog'ini kiymay, qo‘ltiqtayog‘i bilan chiqib ketgan Ikromjon chap tomoniga zarb bilan tashlab ariqdan hatlab o‘tdi. Hali nami ketmagan yerga qo‘ltiqtayoqning uchi botib eshikdan to ayvongacha chuqur izlar qoldirdi. — Muncha hayallab ketdingiz? — dedi Jannat xola pichirlab. — Isitmasi qaytdimikan? Jannat xola erining tashvishli ko‘zlariga qaradi. — Xotiijam bo‘ling, hozir dori qildim. Endi tuzaladi. Ikromjon sholcha ustida emaklab borib Nizomjonning peshanasidan ushladi. Labini tishlaganicha ancha vaqtgacha bir qo‘liga tiralib turib qoldi.

Download 3,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   159




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish