1. Shaxsiy- xususiy xatlar (maktub, noma)
Bunday xatlar o‘ta shaxsiy mazmunga ega bo‘ladi va uning mavzusi bir kishiga taalluqli bo‘ldi. Bunday xatlarni begonalar o‘qishi, uning mazmunini bilishi shart emas. Agar uning mazmunidan muallifning ruxsatisiz o‘zgalar boqif bo‘lsa, bu madaniyatsizlik hisoblanadi. Bunday xatlar turiga harbiy xizmatdagi yigitlarning onasi, otasi, do‘sti yoki boshqa yaqinlariga jo‘natgan xatlarini kiritish mumkin. Ularda adabiy til me’yorlariga hamma vaqt ham amal qilinmaydi. Ko‘proq ichki kechunmalar, salomnomalar, minnatdorchilik so‘zlari bayon qilinadi. Matn izchillikka ega bo‘lmaydi, hamma xohlagan usulda yozadi. Hazil-mutoyiba, qochiriq, gina, afsus, taklif, e’tiroz kabi mazmunda bo‘lib, oddiy so‘zlashuvdagi ifodalardan ko‘proq foydalaniladi. Ular orasida badiiy asar darajasiga ko‘tarilgan nomalar ham bor. Mazkur maktublarning namunaviy nusxalarini Xorazmiy “Muhabbatnoma” asarida bitib ketgan.
2. Shaxsiy-ijtimoiy xatlar.
Bunday xatlar ham garchi bir kishiga qarab yozilgan bo‘lsa-da, undagi mazmun barchaga tegishli, ya’ni ijtimoiylik kasb etadi. Shuning uchun ular ommaviy axborot vositalari orqali e’lon qlinadi. Bunday xatlarni ochiq xatlar deb atashadi. Ularda adabiy til me’yorlariga qat’iy amal qilinadi. Publitsistik yoki badiiy uslubda yoziladi. Suhbatdoshga hurmat, yuksak madaniyat darajasida turib murojaat qilinadi. Fikr bildirish erkin, mulohaza xolis bo‘lishi kerak.
2004 yil may oyida adabiyotshunos olim, O‘zbekiston Qahramoni Ozod Sharafuddinov adabiyotshunos olim Ibrohim Haqqulovga ijtimoiy mazmundagi xat yozgan.
Xulosa qiladigan bo‘lsak, xatda muallifning fikr-mulohazalari, ichki kechinmalari, dunyoqarashi, maqsadi namoyon bo‘ladi. Shuning uchun xat, noma kishilik jamiyatida asosiy o‘rinlardan biriga ega. Xat yozish malakasi va uning turlari haqida tushunchaga ega bo‘lmasdan turib, nutq madaniyatiga erishib bo‘lmaydi.
4-mashq.Quyidаgi ilovaga asoslanib siz ham biron-bir axborot xati tayyorlang.
ILMIY-AMALIY SЕMINAR O‘TKAZISH HAQIDA
O‘zR FA Alishеr Navoiy nomidagi Til va adabiyot instituti 2010-yil oktabr oyida “Hujjatlar tili va uslubi” mavzusida ilmiy-amaliy sеminar o‘tkazishni rеjalashtirmoqda.
Sеminardan ko‘zlangan maqsad – hujjatlar tilining nazariy va amaliy tomonlariga bag’ishlangan masalalarni muhokama qilish. Sеminar hujjatshunoslarga, ish yurituvchilarga, fuqarolik holati hujjatlarini rasmiylashtiruvchilarga, shuningdеk tilshunoslarga mo‘ljallangan bo‘lib, unda quyidagi masalalar ko‘rib chiqiladi:
– hujjatlar tilini tartibga solish va ish yuritish atamalarini bir xillashtirish;
– ish yuritish atamalarini tartibga solishning yangi axborot tеxnologiyasi sharoitidagi samaradorligi;
– hujjatlarni tasniflash va hujjatlar tizimi;
– hujjat tayyorlash va rasmiylashtirishning umumiy qoidalari;
Sizni ilmiy-amaliy sеminarda o‘z ma’ruzangiz bilan qatnashishga taklif etamiz. Ma’ruzalarni maxsus to‘plam shaklida 2008 yilda nashr qilish rеjalashtirilgan.
Ilmiy-amaliy sеminarda ishtirok etish va ma’ruza mavzui haqida 2008.01.09 gacha quyidagi manzilga murojaat qilishingizni so‘raymiz:
Toshkеnt shahri, Mo‘minov ko‘chasi, 9-uy,
O‘zR FA Til va adabiyot instituti.
Ma’lumot uchun tеlеfon: 162-64-14.
Institut dirеktori: T. Mirzaеv.
5-mashq.Quyidаgi kafolat xatini sinchiklab qarang, tegishli o‘rinlarga so‘zlarni qo‘ying.
Hurmatli Hasan Ahmedovich!
Dang‘ara …… hokimligi Sizga …… xodimlarni o‘qitish bo‘yicha …….. olib borishingiz uchun barcha sharoitlarni yaratishga va o‘zaro shartnoma asosidagi … haqini o‘z vaqtida to‘lashga kafolat bеradi.
Tuman hokimi (imzo) A. Azimov
Bosh hisobchi (imzo) S. Xoliqova.
6-mashq.Universitetingizda yoki fakultetingizda o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan ilmiy-amaliy anjuman Axborot xatini tayyorlang.
Do'stlaringiz bilan baham: |