Qo‘qon xonligining tashkil topishi



Download 34,13 Kb.
bet6/7
Sana14.06.2022
Hajmi34,13 Kb.
#668501
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Qo

Oʻzbeklar


Oʻzbeklar Qoʻqon xonligi aholisining asosiy qismini tashkil qilgan. Taʼkidlab oʻtish oʻrinliki, XX asr boshlariga qadar oʻzbeklarning bir qismi oʻtroq, qolgan qismi esa yarimoʻtroq (yarimkoʻchmanchi) holda yashaganlar. XX asr boshlariga kelib, vodiy oʻzbeklarining 828 mingdan ziyodrogʻi oʻtroq holda yashab, dehqonchilik, hunarmandchilik va savdo-sotiq bilan mashgʻul boʻlganlar. Rus tilidagi adabiyotlarda aholining ushbu oʻtroq qismiga nisbatan „sart“ etnonimi qoʻllaniladi. Biroq, keyingi yillarda oʻzbek xalqiga nisbatan bu etnonimni qoʻllanilishi toʻgʻri emasligi va ushbu etnonim mazkur xalqqa past nazar bilan, kamsitilib qarash nuqtai-nazaridan, rusiyzabon tadqiqotchilar tomonidan ilmiy isteʼmolga olib kirilganligi haqidagi fikr-mulohazalar bayon etilmoqda. Oʻzbek xalqiga nisbatan „sart“ etnonimining qoʻllanilishi, tarixiy haqiqatga zidligi, oʻzbek xalqiga ushbu etnonim hech qachon oʻz xalqining nomi sifatida qoʻllanilmaganligi haqida jadidchilik harakatining namoyandasi Mahmudxoʻja Behbudiy ham oʻz davrida taʼkidlab oʻtgan edi. Turli urugʻ-qabilaviy tuzilishga ega boʻlgan yarimoʻtroq (yarimkoʻchmanchi) oʻzbeklarning vodiydagi umumiy soni oʻsha davr maʼlumotlariga koʻra 215 ming nafardan koʻproqni tashkil etgan. Bular ichida turk, ming, qipchoq, qurama, yuz, nayman kabilar Qoʻqon xonligi hududidagi yirik etnografik guruhlar hisoblangan. Ushbu urugʻ-qabilalar oʻzbek xalqini konsolidatsiyalashuvida muhim etnik komponentlar sifatida qatnashdilar.

Tojiklar


Tojiklar Qoʻqon xonligi hududidagi aholining salmoqli qismini tashkil qilganlar. Ular asosan vodiyning gʻarbiy va shimoli-gʻarbiy qismida joylashganlar. Tojikistonning hozirgi Soʻgʻd viloyati hududida tojiklar aholining asosiy qismini tashkil etadilar. Ayni vaqtda Qoʻqon xonligining boshqa bir qator manzilgohlarida ham ular gʻuj yashaganlar. Etnografik adabiyotlarda Fargʻona vodiysida yashagan tojiklar shartli ravishda ikki guruhga – voha tojiklari va togʻlik tojiklarga ajratiladi. Voha tojiklari – bu ushbu oʻlkaning azaliy xalqlaridan biri boʻlib, qator etnik xususiyatlari bilan Qoʻqon xonligi davrida va undan keyingi davrlarda ham boshqa etnoslardan ajralib turgan. Togʻli tojiklar Qoʻqon xonligi hududiga asosan Tojikistonning togʻlik hududlarida joylashgan Mastchoh, Qorategin, Darvoz, Koʻlob, Hisor kabi joylardan koʻchib kelganlar. Shu oʻrinda taʼkidlab oʻtish joizki, koʻplab togʻli tojiklar Qoʻqon xonligi qoʻshinlarida xizmatda ham boʻlganlar. Masalan, Niyozmuhammadning „Tarixi-Shohruhiy“ asarida koʻrsatilishicha, XIX asr boshlarida Qoʻqon xoni Olimxon tashkil etgan yangi qoʻshin tarkibida 6000 dan ziyod togʻlik tojiklar boʻlgan.

Download 34,13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish