Qo‘qon xonligida kitobat va kutubxonachilik tarixi bob. Qo‘qon xonligida ijtimoiy-siyosiy va madaniy jarayonlar


(«Xonlar ibrati» yoki «Tarixi Shohruxiy» - «SHohruxiy tarixi») kitobi



Download 0,86 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/28
Sana07.11.2022
Hajmi0,86 Mb.
#861755
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   28
Bog'liq
QO‘QON XONLIGIDA KITOBAT VA KUTUBXONACHILIK TARIXI

 
(«Xonlar ibrati» yoki «Tarixi Shohruxiy» - «SHohruxiy tarixi») kitobi
 
Qo‗qon 
tarixnavislik maktabi vakillari asarlari ichida ilmiy muomalaga kengroq kiritilgan 
asarlardan biridir.
89
Bu asarining 11 ta qulyozma nusxasi va toshbosma nashri mavjud 
bo‗lib, ular T.K. Beysembiev tomonidan tadqiq qilingan
90

Amiriy (
Umarxon Norbo‗tabek o‗g‗li, 1787-1822) 

xon va shoir, Qo‗qon 
xoni (1810-1822). Amiriy o‗zining falsafiy va lirik g‗azallari bilan boshqalardan 
ajralib turgan. Uning g‗azallariga zamondoshlari juda yuqori baho berganlar. U 
o‗zining asarlarini o‗zbek va fors (tojik) tillarida yozgan. Amiriy shoir, yozuvchi, 
rassom, xattot va boshqa san‘atkorlarning homiysi bo‗lgan. Umarxon davrida Qo‗qon 
adabiy muhiti shakllanadi, ko‗plab madrasa, machit va maktablar barpo etiladi. Arab 
va fors tillarida yozilgan kitoblar o‗zbek tiliga tarjima qilinadi, Qur‘on, diniy va 
mumtoz asarlar iste‘dodli xattotlar tomonidan bezatilib ko‗chiriladi. 
88
Воҳидов Ш. Қўқон хонлиги тарихи (хонлик тарихи – манбаларда). – Тошкент: 2014, 116-б. 
89
Худайқулов Т. ХIХ асрда Қўқон хонлиги. – Тошкент: 2016, 113-б. 
90
Бейсембиев Т.К. «Тарихи Шохрухи» как исторический источник. – Алма-ата: Наука, 1987. – С. 200; Холиқова 
Р. «Тарихи Шоҳрухий» («Ибрат ул-хавоқин») нинг янги нусхаси // Мозийдан садо. – 2005. – № 13. – Б. 34-36; 
Худойқулов Т. Қўқон тарихнавислигида «Тарихи Шоҳрухий» («Ибрат ул-хавоқин») асарининг ўрни // Научный 
мир Казахстана. – 2005. – №2. – Б. 56-60.


Amiriyning xotini Nodirabegim (Maknuna, Komila, Nodira uning taxallusi) 
mashhur shoira edi
91
. Uning o‗g‗li Muhammad Alixon ham ―Xon‖ taxallusi bilan 
she‘rlar yozgan. 
Amiriyning she‘rlari devonga to‗plangan, ayrim asarlari esa ko‗plab 
bayozlarga kirgan. Uning devoni 1882 yilda Istambulda, 1905 yilda Toshkentda chop 
etilgan
92

Umarxonning topshirig‗i bilan Fazliy va Mushrif tomonidan ―Majmuat ush-
shuaro‖ tazkirasi tuziladi va u Toshkentda 1902 yilda bosilib chiqqan. Tazkiraning 
qo‗lyozma nusxalari ham mavjud bo‗lib unda 70 dan ortiq shoirlar haqida ma‘lumot 
uchraydi.
93
Xulosa qilib aytganda Qo‘qon xonligi davrida kitobat qilingan qo‘lyozma 
asarlar tahlili shuni ko‘rsatadiki, xonlikda bu soha anchayin yaxshi taraqqiy topgan, 
O‘rta Osiyoda asrlar osha shakllanib kelgan kitobatchilik an‘analariga amal qilinib
ayrim jihatlari yanada yuksaltirilgan. Qo‘qonda kitobatchilikning bir qancha 
maktablari shakllangan.
91
Нодира. / Ўзбекистон Миллий Энциклопедияси. 6-жилд. Т.: ЎзМЭ. 2003. − Б. 377-378. 
92
Амирий
. / Ўзбекистон Миллий Энциклопедияси. 1-жилд. Т.: ЎзМЭ. 2000.− Б. . 
93
Исабоева Г. ХIХ асрда Қўқон хонлигида маданий ҳаѐт: Тарих фанлар номзоди. ...дисс. – Тошкент.: 2006. – 
106-б. 


Xulosa 
Madaniyat va madniy hayot insonlarning muhim ijtimoiy munosabatlar 
sohasini tashkil qiladi. Madaniy hayot ko‗p hollarda siyosiy, iqtisodiy va xo‗jalik 
hayotga aloqador bo‗lmagan holda ham rivojlanishi, o‗ziga bir ijobiy ko‗rinish kasb 
qilishi mumkin. Ba‘zan esa siyosiy va iqtisodiy jihatdan taraqiy topgan jamiyatlarda 
esa biz madaniy hayotning inqirozi va tushkunlik holatini ko‗rishimiz mumkin. 
Qo‗qon xonligida yuzaga kelgan madaniy hayot ko‗p jihatlari bilan qo‗shni davlatlar 
xalqlarining madaniyatidan farq qiladi. Xonlik davrida yaratilgan modiy va ma‘naviy 
boyliklardan bugungi kunda na faqat o‗zbek xalqi, balki tojiklar, qirg‗iz va qazoqlar, 
uyg‗urlar ham foydalanadilar. O‗sha davrda yaratilgan madaniy meros insoniyat 
tamadduni (sivilizatsiyasi)ning boy va notakror qatlamini tashkil qiladi. 
XIX asr nafaqat Qo‗qon xonligi, balki O‗rta Osiyo xalqlari tarixida alohida 
o‗rin egallaydi. Bu davrdagi Markaziy Osiyo geopolitika sahnasida shiddatli siyosiy 
jarayonlar, xalqlar va davlatlarning taqdiriga ta‘sir etgan yoki butunlay ularning 
turmushini o‗zgartirgan voqealar bo‗lib o‗tib, bu hududda buyuk davlatlarning 
manfaatlari to‗qnashdi, madaniyatlar, qadriyatlar (sivilizatsiyalar) ham birbiriga 
ro‗para bo‗ldi. Ko‗p hollarda bu uchrachuv tabiiy, tadrijiy bo‗lmay harbiy kuch
qo‗shin ketidan kirib kelgan. 
O‗rganilyotgan davrda buyuk davlat o‗rtasda mustamlakalar uchun qattiq 
kurash olib borilardi. Turkistonni butun boyligi va shonu shuhrati bilan bag‗riga 
bosmoq uchun Rossiya imperiyasi ancha oldin rejalar tuzib, XIX asrda uni izchillik 
bilan amalga oshirishga kirishdi. F. Dostoevskiy aytganidek, ―Rossiya Evropada dum 
bo‗lishidan O‗rta Osiyoda bosh bo‗lishni ma‘qul topib‖ bosqinchilik siyosatini 
amalga oshira boshladi. 
Ana shu bosqinchilik davrida Qo‗qon xonligini ham achinarli tarixi boshlanadi. 
XIX asrning o‗rtalaridan boshlab xonlikda ―buyuk balvolar, g‗alayonlar‖ davri 
boshlanadi. Vatanimiz tarixining shu davri tadqiqotchilarni xolis va his-tuyg‗ularga 
berilmasdan ish olib borishlariga aslo yo‗l qo‗ymaydi. Nihoyatda keng hududlarda 
quloch yoygan bu davlatga 1876 yilga keliib birgina Farg‗ona vodiysi qolib ketdi. 
Vaholonki uning qolgan territoriyasida Turkiston general-gubernatorligi tarkibida bir 


nechta viloyatlar tashkil topti. Oxir-oqibatda, buni dadil aytish mumkin, ichki nizolar, 
toju taxt talashlar, markaziy hokimiyatning zaifligi, xonlarning turli kuch va guruhlar 
qo‗lida qo‗g‗irchoqqa aylanishlari, O‗rta Osiyo davlatlari o‗rtasidagi nizolar va 
urushlar xonlikni barham berilishiga olib keldi. Turli yo‗l va vositalar bilan o‗z 
hukmronligini mustahkamlagan Rossiya boshboshbadoqlik va o‗zaro urushlardan 
toygan aholining bir qismi tomonidan xush qabul qilindi. Xonlikning sobiq 
hududlarida siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy hayoti hamda madaniyatida sifatan yangi 
jarayonlar boshlanib ketdi. 
Qo‗qon xonligida kitobat ishi va kutubxonalar tarixi mavzuining o‗rganilishi, 
tadqiq va tahlili quyidagi natija va xulsalar olishga olib keldi: 
− Xonlikdagi siyosiy, iqtisodiy-ijtimoiy va madaniy hayoti eng birinchi 
Qo‗qon tarixnavislik maktabi namoyandalari tomonidan yoritilgan. Qo‗qon 
tarixchilari tomonidan yaratilgan asarlarda ko‗pincha siyosiy voqealar tafsiloti 
yoritilsa−da ularning matnlarida madaniy hayotga doir ma‘lumotlarini ham topish 
mumkin. Biroq, mazkur tarixchilarning asarlarining ko‗pi qo‗lyozma shaklida qolib 
ketmoqda. Ularning ma‘lumotlaridan keltirilgan parchalar asarlardan asarlarga 
ko‗chib yurmoqda. Ushbu asarlar xonlik kitobat san‘atining yuksak namunalari 
hisoblanadi. 
− Qo‗qon xonligi kitobat ishi va kutubxonalar tarixini mahalliy tarixchi va 
mualliflardan tashqqari rus olimlari, zobitlari, sayyohlari, rus sharqshunoslari ham 
o‗rgangan. XIX asrning ikkinchi yarmidan boshlab Turkiston mavzui Rossiya va 
Evropa matbuotida ham keng yoritilgan. Biroq ularning orasida xonlik madaniyatiga 
bag‗ishlangan alohida asar yo‗q. Madaniy hayotning ba‘zi sohalariga bag‗ishlangan 
asarlar va ularning mualliflari esa har doim ham haqiqatni yozmaganlar va ba‘zilari 
yozishni ham xohlamaganlar. Ular ko‗pincha ―Rossiya mahalliy aholiga madaniyat 
olib kelgani, vahshiy osiyoliklarni tarbiyalashlarin‖ va boshqa shovinistik, 
millatchilik ruhida suhorilgan g‗oyalarni targ‗ib qilishga harakat qilganlar. Ular 
orasida ba‘zan haqiqatni tan olib, xulosa chiqarganlar xam bor. ―Biz Turkistonga 
madaniyat olib keldik, deb o‗ylaymiz.Bo‗ysindirilgan o‗rtaosiyliklarga tinchlik va 
osoyishtalik berdik, deb o‗zimizni ovutamiz. Ammo bularda ham bir oliy tuyog‗u 


borki, bu millat va uning milliy iftixoridir. Musulmonlar ahvolini tushunishimiz 
kerak. Siyosiy o‗lim og‗ir, milliy o‗lim esa undan ham og‗irroqdir. Bizning 
hukmronligimizda ular xuddi shunday ahvolga tushdilar. Bas, shunday ekan
hukmronligimizga qarshi g‗alayonlar ro‗y bersa, ajablanishaga o‗rin yo‗q.. SHunday 
milliy manfaatlar borki, ular xalq och yoki to‗qligidan qat‘i nazar, bir kunmas bir kun 
o‗zini namoyon etajak‖ (N.N. Veselevskiy, rus sharqshunosi). 
− SHo‗rolar davri adabiyotida ham biz xonlikning madaniy hayotiga atab 
yozilgan tadqiqotlarni ko‗rmaymiz. Boz usiga ularning hammasi marksisitik g‗oyalar 
asosida, sinfiylik nuqtai nazaridan yozilgan. SHo‗rolr davrida mahalliy 
tarixchilarning asarlaridan juda tor doiradagi olimlar foydalanishlari mumkin bo‗lgan. 
Ular ham ajdodlari yozib qoldirilgan asarlardan muayan xulosa va g‗oyalarni 
tasdiqlash uchun ma‘lumot olishlari va ulardan ko‗chirma berishlari mumkin bo‗lgan. 
Bir muhida yashab ijod qilgan adib va shoirlar klerikal (diniy) va xalqchilik 
mavqedan urib ijod qiladiganlarga bo‗linib tashlandi. Hukmron doiralarning 
namoyandasi bo‗lgan ijodkorlar merosi o‗rganilmagan. 
− Mustaqillik davrida ijodiy va ilmiy hurriyatdan ilhom olan olim va 
adiblarimiz xonlik tarixi va madaniyatini o‗rganishda ancha ishlarni amalga 
oshirdilar. O‗zbekiston tarix fanida yangi dolzarb mavzular va ilmiy yo‗nalishlar 
qaror topti. YAngi manbalar va tadqiqotlar amalga oshirmoqda. 
− Xorijiy adbiyotda ham biz ijobiy o‗zgarishlarni ko‗rganimiz yo‗q. Ularda 
asosan xonlikning siyosiy tarixi, davlatni boshqaruvi, mahalliy mualliflarning asarlari 
qiziqtirmoqda. 
− XIX asrda xonlikda yuz bergan asosiy siyosiy voqea va hodisalar madaniy 
hayotning fonini tashkil etadi. Bular: Umarxon va Muhammadalixon (Madali) 
davrida markazlashgan davlatning tashkil topishi; Uning davlat chegaralarining 
belgilanishi; Davlat boshqaruvi, diniy ishlar, maorif va boshqa sohalarda tartib va 
nizom o‗rnatilishi; Qo‗qon xonlari hukmronliklarining legitimatsiyasi (ularning 
shajaralari Bobur orqali amir Temur va CHingizxonga borib taqalashi ―isbotlandi‖, 
Umarxonning ―sayidligi‖ ham tan olindi, ming sulolasi namoyandalari urf-odatlar, 
shariat qonunlarini saqlashga kirishdilar, uzlari mo‗min musulmon sifatida ibrat 


bo‗ldilar va h); XIX asrning 40 yillarida xonning yuqori mansabdagi amaldorlar 
hamda muhojiratda bo‗lgan Qo‗qon aristokratiyasi bilan munosabati yamonlashadi. 
Ish qo‗zg‗olon va buxoroliklarning bosqinigacha borib taqaladi. Xonlikni Buxoro 
amiri istilo qilib, vodiyni talon-toroj qilib ketadi. Xonlik siyosiy maydoniga 
ko‗chmanyai va yarimko‗chmanyai bo‗lgan qirg‗iz va qipchoqlar kelib, 
buxoroliklarni haydab hokimiyatni o‗z qullariga oladilar. SHeralixon davridan 
boshlab xonlikda o‗troq aholi (o‗zbek va tojiklar, ularni barcha manbalarda sart 
deyishgan) va ko‗chmanchilar bilan hokimiyat uchun kurash boshlanadi. Ular navbat 
bilan muvaffaqqiyatga erishib, o‗z namoyandalarini taxtga ko‗tarilib mamlakat 
ishlariga aralashib yurdilar. Toj va taxt talashlar XIX asrning 50 yilidan to xonlikka 
barham bergunga qadar davom etdgan; Buxoroning bir necha marta xonlik 
hududlariga bostirib kirishi; Rossiyaning tajovuzi va xonlik hududlarini bosib olishi 
va h. 
− Umarxon davrida uning boshchiligida shakllangan adabiy muhit xonlik 
tarixida kattta madaniy voqeadir. Amir Umarxon davlat tepasiga akasini o‗ldirib 
kelgani bilan, ba‘zi taxminlarga ko‗ra o‗g‗li tomonidan zaharlanib vafot etgan. 
Olimlar Umarxonning adabiy faoliyatida uni temuriylar, ayniqsa Sulton Husayn 
Boyqaroga taqlid qilishini ko‗rgan. Agarda u o‗zi Navoiy va Husayniy (Sulton 
Husayn Boyqaroning taxallusi)ga ko‗proq muxammaslar bastalagan bo‗lsa, 
Qo‗qonlik shoirlar uning g‗azallariga muxammaslar bilan javob berganlar. Buni biz 
ming sulolasidan chiqqan xonlar hukmronliklarining madaniy legitimatsiyasi 
deyishimiz mumkin. SHuni tan olish kerakki, Umarxon boshchiligi va homiyligida 
iste‘dodli shoir va adiblar ham faoliyat ko‗rsatganlar. Fazliyning ―Majmuayi shoiron‖ 
tazkirasida tilga olingan 70 dan ortiq shoirlar Qo‗qon adabiy muhitining 
namoyandasidirlar. 
− Qo‗qon adabiy muhiti va ularning namoyandalrining asarlari tojik va o‗zbek 
tillarida bizgacha etib kelgan. Bu adabiy va ma‘naviy meros shu ikkala xalqqa 
tegishli. Undar har ikkala xalqning namoyandalari bugungi kunda ham bahramand 
bo‗lmoqdalar. 


− Qo‗qon adabiy va ilmiy muhitining boy qatlamini tarixnavislik tashkil qiladi. 
YUqorida tilga olingan barcha mavzular Qo‗qon tarixchilarining o‗z ifodasini topgan. 
Ular nazm va nasrda, tojik va o‗zbek tilida yaratilgan va aksariyati bizgacha etib 
kelgan. 
− Qo‗qon madaniy hayotida san‘atning ko‗p turlari alohida o‗rin egallaydi. 
Bulardan biz amaliy san‘at, xattotlik va kitobat san‘ati, qo‗shiqchilik, tamoshalar, 
ommaviy sayllar, aktyorlik, askiyago‗ylik, pirotexnika va h. aytishimiz mumkin. 
− O‗rganilgan davrda xonlikdagi maorif va ta‘lim ham an‘anaviy tarzda davom 
etgan. Garchand mahalalar qoshidagi masjidlarning barchasida maktablar faoliyat 
ko‗rsatgan bo‗lsa-da madrasalarda tahsil olish mushkul bo‗lgan. Tolibilmlarning bir 
qismi madrasa hujralarida yashab, mudarislar qatorida muassasa vaqfidan maosh 
olganlar. Madrasadagi ta‘lim turli bosqichlarga bo‗lingan edi. Madrasani to‗liq 
bitirganlar, qozilik, muftiy mudarrislik, saroy va qozixonalardai amallarga da‘vo 
qilishlari mumkin bo‗lgan. Xonlikda xotin-qizlar shaxsiy maktabxonalarda, 
bibiotinlar qoshida saboq chiqarganlar. 



Download 0,86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish