Qo‘qon xonligida kitobat va kutubxonachilik tarixi bob. Qo‘qon xonligida ijtimoiy-siyosiy va madaniy jarayonlar



Download 0,86 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/28
Sana07.11.2022
Hajmi0,86 Mb.
#861755
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   28
Bog'liq
QO‘QON XONLIGIDA KITOBAT VA KUTUBXONACHILIK TARIXI

Kotib Xo‘qandiy I.
Bu kishining ismi - shariflari Mullo Siddiq Kotib Mullo 
Sodiq Alambardor o‗g‗li. Tarjimai hollari ma‘lum emas. Ilmda va husnixatda benazir 
bo‗lganliklari zamondoshlari tomonidan e‘tirof etilgan. Xudoyorxon zamonida 
yashab o‗tganliklari ijodlaridan ma‘lum. Nomlari va dastxatlari Qo‗qon xonlari arxivi 
hujjatlarida uchraydi. Xudoyorxon 1875 yilda taxtdan voz kechib ketganlaridan so‗ng 
bu voqeaga bag‗ishlangan qator marsiyalar yozildi. Bu marsiyalar Qo‗qon 


tarixshunosligida ―Xudoyorxon xaqida qo‗shiqlar‖ degan nom olgan. SHulardan 
birini Mullo Siddiq Kotib yozganlar.
 Kotib Xo‘qandiy II.
Bu kishining ismi-nasablarini manba‘lar orqali aniqlash 
imkoni bo‗lmadi. SHahar fozillaridan Turdilloxon Qorining so‗zlariga ko‗ra, ismlari 
Mullo Ahmad, laqablari ―SHavla‖ bo‗lgan. XIX asrning ikkinchi yarmi – XX asr 
boshlarida yashab o‗tganlar. Manba‘larda Marg‗inon dahasining Musharra‘ 
mahallasida umr kechirganliklari yozilsada, bu mahallaning xozirgi o‗rnini aniqlay 
olmadik. O‗zlari pillakash kosib bo‗lsalarda, mahkamalarda mirzolik qilganlar. 
Odamlarga maktub, qit‘a va duolar yozib berganliklari xaqida og‗zaki ma‘lumotlar 
bor 
 Ma’sumxon Mahdum Gulxaniy
46
– Xo‗qandiy – alloma, shoir, xattot. 
Qo‗qonning sobiq Qatag‗on dahasida Bakovul nomli mahallada kambag‗al oilada 
tavallud topgan. Ming Oyim madrasasida tahsil olgan. Tahsilning oxirgi yillarida 
hujra olish nasib etmay, mazkur madrasa yaqinidagi Mirzarahim Parvonachi 
(madrasai Hammom) vaqfi uchun qurilgan hammom o‗txonasida yashab, o‗tyoqarlik 
qilib, o‗qishni tugatib olgan. SHu tufayli o‗ziga ―Gulxaniy‖ degan taxallus olgan. 
O‗qishni tamomlagach, Bakovul mahalla masjidida imomlik qilgan. Bir qancha vaqt 
imomlik qilgach, mahalla ahli masjid yoniga bir boshpana qurib bergan. Xattotlikni 
madrasada o‗rgangan. Ma‘sumxon masjidda va Madrasai Hammomda dars ham 
bergan. Xo‗qandda Mirzo Abdulqodir Bedil ijodi va falsafasiga qiziqish kuchli 
bo‗lgan. Bedilga muxammas boylay oladigan ijodkorlar kuchli shoir hisoblangan. 
Bedil falsafasi Xo‗qand madrasalarida alohida fan sifatida o‗qitilgan. Ma‘sumxon 
bedilshunoslikda eng zo‗r mutaxassis sifatida e‘tirof etilgan. Muqimiy, Furqat, Rojiy 
va boshqa ko‗pgina zabardast shoirlar, Mavlaviy Yo‗ldosh kabi allomalar Bakovul 
masjidida Ma‘sumxon Xo‗qandiydan Bedil ijodi va falsafasi ilmidan dars olganlar. 
Ma‘sumxon Domullo Bedilning bir qancha asarlarini ko‗chirib yozgani xaqida 
ma‘lumotlar bor. U kishi do‗kondorlardan bo‗sh karton qutilarni so‗rab olib, bu qalin 
qog‗ozlarga o‗zshe‘rlarini, Bedil ruboiy va qit‘alarini go‗zal husnixat bilan yozib, 
so‗raganlarga berib yuborar ekan. Mavlono Muqimiy, Mavlaviy Yo‗ldosh, Rojiy 
46
Murodov A. O‘rta Osiyo xattotlik san‘ati tarixidan. Toshkent: 1971. 195-b. 


Xo‗qandiy va boshqa mashhur ijodkorlarning suhbatlari Ma‘sumxon Mahdumsiz 
o‗tmagan. Bunday nafis majlislarda Sa‘diy, Navoiy, Rumiy, Bedil asarlari o‗qilib, 
tahlil qilinar edi. Ma‘sumxon Mahdum kambag‗allik bilan umrguzaronlik qilib, 1922 
yilda vafot etdi. 

Download 0,86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish