Foydalanilgan adabiyotlar:
1. O`zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida”gi qonuni .1997 y.
2. O`zbekiston Respublikasi “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” T.1997
3. “Maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo`yilgan Davlat talablari” O`zRXTB. MMXQTMORO`MM 2012
4. “Bolajon” tayanch dasturi. Toshkent. O`zRXTB. MMXQTMORO`MM. 2012 yil.
“ZIYO-Net”
Kollejning VEB sayti www.quqonped.zn.uz.
10-Mavzu: Ertaklar asosida slaydlar tayyorlash, ularga musiqa tanlash va qo’yib berish.
Reja:
Ertak hikoyalarni namoish etishda axborot texnologiyalaridan foydalanish.
Ertaklar asosida slaydlar tayyorlash, ularga musiqa tanlash va qo’yib berish.
Bolalarga kitobga nisbatan qiziqish, mehr hislarini kuchaytirish.
«Munozara» metodi.
Bu metod o’z nomidan ham ko’rinib turibdiki, bunda ishtirokchilar muammoli masala ustida ishlaydi. Bunday guruh qatnashchilarining har bir a’zosini o’z fikrini erkin ayta olish imkoni va sharoitini yaratib berish kerak bo’ladi. So’ng qatnashchilar bildirgan fikr va g’oyalar guruhlashtirilib, ularni tahlil qilishga o’tiladi. Tahlil orqali qo’yilgan vazifani eng makbul yechimini topishga harakat qilinadi. Ayniqsa, bu metoddan 2-sinf «Odobnoma» mashgulotidagi «El, yurt, faxr, g’urur» mavzusida foydalanilsa chiroyli chiqadi. CHunki kichik yoshdagi bolalarga Vatan haqida kichik hikoya tuzish g’oyat qiziqarlidir. Har bir ishtirokchi bu yerda o’z fikrini bildiradi. Bolalarda Ona Vatani bilan faxrlanish, uni sevish va qadrlash hissi kamol topadi. Uning tarbiyaviy ahamiyati ham shundadir.
«Kichik guruhlar bilan ishlash» metodi «Ajdodlarimiz bilan faxrlanamiz, Alisher Navoiy» mavzusida qo’llanilsa maqsadga muvofikdir. Navoiyning buyuk shoir, davlat arbobi bo’lib yetishuviga uning yaxshi o’qishi, ziyrakligi, kattalar nasihatiga amal qilishi asosiy sabab bo’lganligi, kimki shunday yaxshi xulq – atvorga ega bo’lsa, uning kelajagi erkin va baxtli bo’lishi ular ongiga singdiriladi.
Mashgulotlari esa farzandlarimiz yuragida Ona – Vatanga, boy tariximizga, ota-bobolarimizning muqaddas diniga sog’lom munosobatni qaror toptiradigan, mustaqil fikrlash, faqat va faqat o’z kuchiga tayanishni tarbiyalaydigan, millat birligini his ettiradigan va unga milliy g’ururli, sadoqatni shaklantirishga eng qulay davr ekanligi bilan ham o’ta ma’suliyatlidir. SHunday ekan , bu mashgulotlarni noan’anaviy tarzda tashkil etish, yangi pedagogik texnologiya metodlaridan qo’llash bu mashgulotlar uchun alohida ahamiyat kasb etadi. Bu yoshdagi bolalarga g’oyaviy ta’sir ko’rsatish, milliy istiqlolimiz ruhi aks etgan mafkuramiz saboqlarini ilg’or metodlar yordamida olib borish kelgusidagi buyuk ijobiy o’zgarishlar samarasi bo’lishi mumkin.
Mashgulotlar ko’rgazmali qurollarsiz, ta’sirchan metodlarsiz tushuntirilishi bolani nafaqat zeriktirishi bilan birga bu mavzularni sovuq va teskari qabul qilishiga olib kelishi mumkin.
SHuning uchun bu mashgulotlar o’qituvchi va bolalar o’rtasida o’zaro ixtiyoriy munosabatlar asosida tadbirlar, sahna ko’rinishlari, o’yinlar, muammoli vaziyatli metodlar orqali o’tilishi bola qiziqishini orttiradi. O’quv omillarini yaratishga asoslangan pedagogik texnologiya o’qituvchilarninng bolalarga kommunikativ ta’sir etish yo’llarini ham o’z ichiga oladi, keng tarqalgan metodlar yoki kommunikativ ta’sirlar quyidagilardan iborat:
- ishontirish metodi;
- isbotli natijalarga asoslanish metodi;
- bevosita va bilvosita ta’sir metodi ;
- o’z-o’zini tarbiyalash va o’zaro ta’sir metodlari;
O’quv omillarini yaratishga asoslangan texnologiya oxir oqibatda o’zida aktyorlik faoliyatini mujassamlashtiradi.
Ular quyidagicha:
- Nutqni drammalashtirish, uning ta’sirchanligini oshirish.
- Fantaziya qila olish, nutqning ohangdorligi, nutq tembri asar qahramonlari orqali xayotni o’rganishga odatlana borish.
«GURUHLAR BILAN ISHLASH»
«Kuch-birlikda, ahillikda va xamjihatlikdadadir». Amaliy mashg’ulotlardan biri shunday deb nomlanadi. O’qituvchi fikri tinglanadi, ular haqiqatdan yiroq javob bersalar tanqid etilmaydi. CHunki bu hol sinfdagi erkin fikr yuritishga salbiy ta’sir etishi mumkin. Bolalar ikki guruhga bo’linadi. Guruhdagi bilimlilar darajasi teng tushishiga e’tibor beriladi. Ovoz berish bilan toq sonlarda hakamlar hay’ati saylanadi. (1,3,5, agar ular juft bo’lsa bir -biriga yondoshishlari tufayli baholash mezoni buzilishi mumkin).
Guruhlarga oldindan tayyorlangan chiroyli kubiklar, ikkinchi guruhga esa yoyma avtomobil qismlari tarqatiladi.
Har bir guruh ma’lum bir vaqt ichida chiroyli bino, ikkinchisi butun avtomobil yasalishi kerak. Va albatta bu vazifa qiziqish bilan bajariladi. Bolalar bir-birlarining san’atiga baho berishadi.
SHundan so’ng bola bolalarga bildirimasdan har bir guruhdagi ikki kubik va avtomobil qismlarini boshqasiga almashtirib qo’yadi va bolalardan vazifani qaytadan bajarish talab etiladi. Bolalar ming urinmasinlar oldingidek to’kis bino va butun avtomobil yasolmaydilar. Xakamlar fikrlaridan so’ng o’qituvchi yakuniy xulosa beradi, «Xayotda har vaqt har joyda, xatto mana shu jamoada ham insonnig o’z o’rni va ta’siri bo’ladi. Ulardan birortasi noto’g’ri yoki yomonroq ishlashi maqsadga putur yetkazishi tabiiy. Ahil- inoq, do’stona ishlar xayot va jamiyat rivojini yuksaltiraveradi».
Do'stlaringiz bilan baham: |