Foydalanilgan adabiyotlar:
1. O`zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida”gi qonuni .1997 y.
2. O`zbekiston Respublikasi “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” T.1997
3. “Maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo`yilgan Davlat talablari” O`zRXTB. MMXQTMORO`MM 2012
4. “Bolajon” tayanch dasturi. Toshkent. O`zRXTB. MMXQTMORO`MM. 2012 yil.
“ZIYO-Net”
Kollejning VEB sayti www.quqonped.zn.uz.
5-mavzu: Asar uchun personajlar yasash va uni sahnalashtirish.
Reja:
Turli osh guruhlari uchun “Bolajon” tayanch dasturi bo’yicha asarlar tanlash, senariy tuzish, rollarga bo’lib hikoya qilish.
Soya teatri uchun ekran personajlarni tayyorlash, uni qo’yib ko’tsatish.
Tayanch iboralar: senariy, ekran, personaj, diafilm, diapazitivlar.
O’yinchoqlar teatri uchun oddiy bolalar stoli sahna bo’lib xizmat qiladi. Unga voqealar rivojiga ko’ra zarur bo’lgan bezaklar qo’yiladi. Spektakl uchin yaxshi xolatdagi o’yinchoqlar tanlanadi.
Soya (ko’lanka) teatri bolalarga qiziqish uyg’otadi. Soya tatri ertaklarni innsenirovkalasning keng tarqalgan turi. Soya teatri namoish etish ertak oki hikoya, masalni o’qish bilan bir vaqtda namoish etadi. Soya teatri o’zining bir qancha xususiyatlariga ega: siluetlarning harakatsizligi, ularni ketma-ket qo’yishning imkoniyati yo’qligi, soya teatrida “Tulki va turna”, “Bo’g’irsoq” va hokazolarni namoish etish mumkin. Soya teatrining imkoniyatlarini kengaytirish uchun personajning bir nechta siluetlari (ko’rinishlari) tayyorlanadi.
Ko’lanka teatri uchun ekran va personajlar tayyorlanadi. Ekranning (Soya teatrinig sahnasi, taxta rom) eni 1 metr, bo’yi 60 sm, pastki taxtasi (oyog’I 10 sm) bo’lib, unga yupqa oq mato tortiladi. Yupqa kartondan siluetlar yaqsaladi va har ikkala tomoni qora rangga bo’yaladi. Siluetlarning pastiga qo’l bilan ishlash uchun taglik yasaladi. Soya teatrini namoish etishdan avval xona qorong’I qilinadi. Ekrannig orqasiga bir metr naridan yorug’lik (stol lampasi yordamida) beriladi. Namoish etilgan siluetlar to’liq ko’rinishi, ammo taglik bilan tarbiachining qo’li ko’rinmasligi kerak.
Diafilm va diapazitivlar – oynada yoki plyonkada ko’rsatiladigan kitobiy suratlar. Diafilm ko’rsaatish bolalarga ekranlashtirilgan asar voqeasini yaxshiroq eslab qolish imkonini beradi. Tarbiach diafilm ko’rsatishga tayyorlanish paytida undan foydalanish maqsadini aniqlash lozim. Diafilm bolalarni tevarak-atrof bilan tanishtirish va lug’atni boyitish uchun, nutqni o’stirishda, ko’ngil ochish va boshqa maqsadlarda foydalanish mumkin.
Hamma Diafilmlar qiziqarli va bolalarga tushunarli bo’lishi, ularda tansh narsalar notanish narsalar bilan birgalikda namoish qilish lozim. Diafilmda yangi material qancha ko’p bo’lsa, seans shuncha qisqa bo’ladi. Bir seansda mazmunan bir-biriga yaqin kichikroq ikkita diafilmni ko’rsatish mumkin. Agar seans uzoq davom etadigan bo’lsa , bolalar toliqib qoladilar.
Diafilm ko’rsatishdan oldin bolalar ekranlashtirilgan she’rni yoki mazmunan diafilmga yaqin she’rni yod olishlari mumkin. Bunday oldindan tanishtirish bolalarning Diafilmdagi muhim narsalarnigina emas, balki ikir-chikirlarni ham aniqroq ko’rsatishlarga yordam beradi.
Tarbiyachi Diafilmni bolalarga namoish qilishgan oldin o’zi ko’radi, matnni ifodali o’qishga o’rganadi, qaysi kadrlarni bolalarga batafsil ko’rsatishni aniqlab oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |