Qoplama hosil qiluvchi polimerlar texnologiyasi



Download 3,58 Mb.
bet13/137
Sana30.12.2021
Hajmi3,58 Mb.
#191017
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   137
Bog'liq
2 5293990235376454884

ATAMALAR

Hozirgi paytda faqat noorganik pigmentlar va to’ldiruvchilar uchun terminologiya standarti mavjud (GOST 19487-74), bundan tashqari LBM uchun xam halqaro standart ishlab chiqildi va amaliyotga tadbiq qilindi. Quyida LBM va komponetlarining umumiy qabul qilingan termin va aniqlanishlari keltirilgan.

Lok-bo’yoq materiali — buyum sirtiga yupqa qatlam qilib surtilganda himoya yoki dekorativ qoplama (qoplama) hosil qila oluvchi mahsulot.

Lok-bo’yoq qoplamasi — buyum sirtiga bir yoki bir necha qatlam surtilgandan so’ng yuzada shakllanuvchi qoplama va u podlojkaga еtarlicha adgeziyaga ega bo’ladi.

Lok — qoplama hosil qiluvchi moddalarning (smola, tsellyuloza efirlari,
bitumlar, preparlangan o’simlik moylari va yog’ kislotalari) organik erituvchi
yoki suvdagi eritmasi, qotganidan (quriganidan) so’ng qattiq, bir jinsli va
tiniq (bitum lokidan tashqari) qoplama hosil qiladi.

Yarimtayyor lok (lak polufabrikatniy) — yarim mahsulot ko’rinishida


bo’lib, tovarlok, emallar va boshqa LBM ishlab chiqarish uchun mo’ljallan
lok.

Emal — pigmentlar va ular aralashmalarining to’ldiruvchilar bilan


birgalikda lokdagi suspenziyasi, quriganidan (qotganidan) so’ng tiniq
bo’lmagan, qattiq, har xil yaltiroq va yuza fakturali qoplama hosil qiladi.

Bo’yoq (kraska) — pigmentlar va ular aralashmalarining to’ldiruvchilar


bilan birgalikda yog’, olif, emultsiya, lateks yoki boshqa qoplama hosil qiluvchi
moddadagi suspenziyasi, quriganidan (qotgandan) so’ng tiniq bo’lmagan, bo’yalgan
bir jinsli qoplama hosil qiladi.

Suvli-dispersion (emultsion) bo’yoq — pigmentlar va ular aralashmala-


rining to’ldiruvchilar bilan birgalikda sintetik polimerlar (polivinilatse-
tat emultsiyasi, butadien-stirol lateks va b.) suvli dispersiyasidagi yordamchi
qo’shilmalar (emulgator, stabilizator va b.) solingan suspenziyasi, qotganidan
so’ng xira bo’yalgan (matovoe) qoplama hosil qiladi.

Gruntovka - pigmentlar va ular aralashmalarining to’ldiruvchilar bilan


birgaliqda qoplamga hosil qiluvchi moddalardagi (olif, lok va b.) suspenziyasi,
quriganidan so’ng podlojkaga va yuqori yopuvchi qatlamlarga yaxshi adgeziyali,
tiniq bo’lmagan, bir jinsli qoplama hosil qiladi.

Shpatlyovka — qovushqoq pastasimon massa, pigment, to’ldiruvchi va


qoplama hosil qiluvchi aralashmasidan iborat, bo’yalyotgan yuzaning notekislik-
lari, chukurliklarini to’ldirishga mo’ljallangan.

Olif — qoplama hosil qiluvchi suyuqliq — qurishini tezlatish uchun


sikkativ qo’shilgan o’simlik moyi va moyli alkid smolalarni qayta ishlash max-
suloti.

Sikkativ — oksid ko’rinishida va organik erituvchilarda sovun eritma


ko’rinishidagi (naftenat, linoleat, rezinat va b.) ba’zi metallar (asosan,
qo’rg’oshin, marganets va kobalt) birikmalari, LBM tayyorlashda va ishlatishda
qurishini tezlatish uchun katalizator sifatida qo’shiladi.

Erituvchi — organ-ik uchuvchan suyuqdik (uglevodorod, keton, spirt, efir) еki shunga o’xshash suyuqliklar aralashmasi, qoplama hosil qiluvchini


eritishga va LBM ga zarur konsistentsiya berishga ishlatiladi. -

Suyultiruvchi (razbavitel) — organik uchuvchan suyuqliq, lok-bo’yoq materialiga qovushqoqligini kamaytirish va yuzalarga surtishga yarokli qilish maqsadida ishlatiladi.

Noorganik pigment — tabiiy yoki sintetik quruq, bo’yovchi noorganik
modda, dispersion muhitlarda erimaydi va qoplama hosil qiluvchi bilan lok-bo’yoq qoplamasi hosil qiladi.

Organik pigment — sintetik organik quruq bo’yovchi modda (azo-, diazo-


pigmentlar, ftalotsianin va b.) dispersion muhitlarda erimaydi va qoplama hosil qiluvchi bilan rangli emal va yorug’ (to’q) rangli, yuqori sifatli bo’yoq
hosil qiladi.

To’ldiruvchi — quruq noorganik modda, dispersion muhitlarda erimaydi,


yopish va bo’yash qobiliyati past, pigmentlarga qo’shimcha sifatida ishlatiladi,
tiniq bo’lmagan lok-bo’yoq materiali tayyorlashda ularga xos xususiyatlar beradi va pigmentlar tejab qolinadi.

Plastifikator - organik mahsulot, qariyb uchmaydi. Lok-bo’yoq qoplamasiga elastiklik berish uchun qoplama hosil qiluvchiga qo’shiladi.



Download 3,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   137




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish