MA’RUZA - 1
KIRISH
Insoniyatning yillar mobaynida loklar va bo’yoqlardan foydalanib keladi; ularning iste’mol sifati esa, qoplamalarda ko’rinadi. Hozirgi paytda lok-bo’yoq qoplamalari – ob’ektlar, predmetlar va turli buyumlarni himoyalash va pardozlashning asosiy vositasidir. Mashinasozlikda buyumlarni korroziyadan himoyalashda lok-bo’yoq qoplamalarining hissasi 80%, bino va qurilish konstruktsiyalari yuzasinitng 90% dan ziyodrog’i bo’yaladi. Shuningdek, mebel buyumlari. Poligrafiya sanoati, plastmassalardan ko’pgina buyumlar olish jarayonlari ham qoplama surtish bilan yakunlanadi.
Elektroizolyatsiya, germetizatsiya, nurlanishlardan himoyalash, radio-, elektrotexnika va elektronika sanoatida dekorativ pardozlovchi, kosmik kema va uchuvchi apparatlar ishlab chiqarishda lok-bo’yoq qoplamalarining asosiy vosita sifatidagi ahamiyati nihoyatda katta.
Lok-bo’yoq qoplamalari uchta asosiy funktsiyalarni bajaradi:
1. Dekorativ
2. Himoya
3. Maxsus
Fan va sanoat rivojlanishi natijasida ikkinchi va uchinchi funktsiyaning solishtirma ahamiyati ortib bormoqda. Metallar ishlab chiqarish va iste’mol qilish hajmi o’sishi qoplamalarning materiallarni parchalanishidan himoya vositasi rolini yaqqol ko’rsatadi. Turli mamlakatlarda korroziyadan ko’riladigan zararlar milliy daromadning sezilarli qismini tashkil qiladi, ular odatda ishlab chiqarish va ekspluatatsida joylashgan metall salmog’iga bog’liq. Korroziyaga qarshi kurash faqatgina lok-bo’yoq materiallari iste’moli ulushini oshirish emas, balki, birinchi navbatda, qoplamalarning sifati himoya xossalarini keskin oshirishni nazarda tutadi. Sanoatning iste’mol tarmoqlari rivojlanishi bilan lok-bo’yoq qoplamalariga talab ham oshmoqda. Hozirgi paytda bir necha o’n yillar ilgari bo’lganidek, universal qoplamalar bo’lishi mumkin emas. Ko’proq, muayyan sohada ishlatishga mo’ljallangan – maqsadli qoplamalarning roli oshmoqda: kimyoviy, haroratga, sovuqqa va radiatsiga chidamli, antifriktsion, antiadgezion, dempfir, fotoaktiv va optik tiniq, kamuflyaj va kriofob va boshqalar. Bunday qoplamalar kavitatsiya, muzlash yuza kirlanishidan saqlash, dengiz sharoitida suv o’tlari o’sishidan, mikroorganizmlar ta’sirida parchalanishni oldini olish uchun kurashishga, shuningdek, tovush izolyatsiyasi, yorug’lik nuridan asrash va yorug’lik manbai yaratish, harorat o’lchash, materiallarning fiziologik va optik faolligini boshqarish, bir qator sanitar-gigienik muammolar еchimi uchun kerak.
Maxsus vazifalar uchun mo’ljallangan qoplamalarni ba’zan “aqlli” qoplamalar deyiladi. Ular aloxida e’tiborga loyiq.
Material ishlab chiqarish hajmining o’sishi lok-bo’yoq qoplamalaridan foydalanish ko’lamida ham aks etadi. Hozirgi paytda dunyoda lok-bo’yoq materiallari ishlab chiqarish hajmi 27 mln t dan ziyodroqni tashkil qiladi. O’zbekistonda yiliga 120 ming t lok-bo’yoq materiallari iste’moli miqdorida, xar yili 1200 mln m2 gacha turli xil yuzalar bo’yaladi. Bo’yash ishlarida ko’p miqdorda organik erituvchilar asosidagi lok-bo’yoq materiallaridan haligacha foydalanish ekologiya va atrof-muhit muhofazasi masalalariga teran e’tiborni talab qiladi.
Lok-bo’yoq qoplamalari texnologiyasining o’ziga xosligi shundaki, u turli mo’ljaldagi, shakl va o’lchamdagi buyumlar, yupqa (1 mkm gacha) bo’lgan elektronika buyumlaridan boshlab turli xil metallardan (qora, rangli, nodir), yog’och, qog’oz, gazlama, plastmassa, silikatlar va ularning ko’pgina qorishmalaridan ishlangan gigant tankerlar va katta qurilish inshootlarigacha dahldor. Lok-bo’yoq materiallarining eng katta iste’molchilari – qurilish sanoati va mashinasozlik. Turmushda xam uning iste’moli sezilarli. Lok-bo’yoq materiallarining keng ko’lamda qo’llanilishi tasodifiy emas, u ko’pgina afzalliklar bilan bog’liq: rang-baranglik, yuza xossalari va fakturasining turli-tumanligi. Bo’yashning qulayligi va restavratsiya, boshqa yuzalar bilan, birinchi navbatda, keng maqsadda ishlatishga mo’ljallangan, narxi qimmat bo’lmagan noorganik qoplamalar bilan birgalikda ishlatish imkoniyati. Lok-bo’yoq qoplamalari boshqa qoplamalardan ko’ra ancha ilgari insoniyat hayotida amaliy foydalanishga kirib kelgan va hozirda asosiy ahamiyatga ega.
Qoplamalarning zamonaviy texnologiyasi – bu kimyo, mexanika, elektrotexnika, elektronikaning eng so’nggi ilmiy-texnik yutuqlariga tayangan, yuqori darajada mexanizatsiyalashgan ishlab chiqarishdir. Uning yaratilishida ko’pgina muhandislik jamoalari, olimlar, mamlakatimizning turli tarmoq mutaxassislarining xizmati beqiyos, dunyo fani va chet el tajribasi yutuqlari natijasidir.
Bozor iqtisodiyotidagi qattiq raqobat sharoitida qoplamalar sohasida quyidagi omillar hal qiluvchi hisoblanadi:
- mahsulot sifatini muttasil oshirib borish – dekorativlik, talab qilingan ekspluatatsion xossalar, kafolatlangan xizmat muddatini ta’minlash. Bunga odatda zamonaviy lok-bo’yoq materiallari va yangi texnologiyalarni qo’llab erishiladi;
- materiallar harajati, energoresurslar harajatini kamaytirish hisobiga ishlab chiqarish tejamkorligini oshirish:
- yangi progressiv jihozlar, mexanizatsiya va avtomatizatsiya vositalarini tadbiq qilish;
- erituvchisiz lok-bo’yoq materiallari (suvli, kukun bo’yoqlar) va yuqori quruq qoldiqli materiallardan foydalanish, zararli chiqindilarni yo’qotish, chiqindisiz texnologiyalar yaratish yo’li bilan ishlab chiqarishning ekologik bekamuko’stligini keskin oshirish.
YUqorida ko’rsatilgan va boshqa tadbirlarni amalga oshirishda fundamental va amaliy fanlar, original konstruktorlik va texnologik еchimlar, marketing va patent ishlanmalari, informatsiya va erishilgan yutuqlarni reklama qilish vositalarining roli muhimdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |