Qonuni auditorlik faoliyati to‘G‘risida


-modda. Malaka imtihonini topshirishga ruxsat berishni rad etish



Download 179,06 Kb.
Pdf ko'rish
bet10/26
Sana14.07.2022
Hajmi179,06 Kb.
#800414
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   26
Bog'liq
O‘RQ-677-сон 25.02.2021

24-modda. Malaka imtihonini topshirishga ruxsat berishni rad etish
Malaka imtihonini topshirishga ruxsat berish rad etilgan taqdirda, vakolatli davlat organi
qabul qilingan qaror to‘g‘risida talabgorni rad etish asoslarini ko‘rsatgan holda uch ish kuni ichida
yozma yoki elektron shaklda xabardor qiladi.
Malaka imtihonini topshirishga ruxsat berishni rad etish uchun quyidagilar asos bo‘ladi:
talabgorning ushbu Qonun 
21-moddasida 
belgilangan malaka talablariga muvofiq emasligi;
ushbu Qonunning
22-moddasida 
nazarda tutilgan hujjatlar to‘liq hajmda taqdim
etilmaganligi.
Malaka imtihonini topshirishiga ruxsat berish rad etilgan talabgor kamchiliklar bartaraf
etilganidan keyin ariza bilan takroran murojaat qilishga haqli. Kamchiliklar o‘n besh ish kuni ichida
bartaraf etilganda arizani ko‘rib chiqqanlik uchun yig‘im undirilmaydi.
25-modda. Sertifikatni rasmiylashtirish va qayta rasmiylashtirish, uning dublikatini berish
Sertifikat vakolatli davlat organi tomonidan malaka komissiyasining bayonnomalari
olinganidan keyin o‘n kunlik muddatda rasmiylashtiriladi va O‘zbekiston Respublikasi hududida
yuridik kuchga ega bo‘ladi.
Auditorning familiyasi, ismi, otasining ismi o‘zgargan taqdirda, u tegishli o‘zgartishlarni
tasdiqlovchi hujjatlar berilgan sanadan e’tiboran bir oylik muddatda vakolatli davlat organiga
sertifikatni qayta rasmiylashtirish to‘g‘risida ariza berishi shart.
Sertifikatni qayta rasmiylashtirish auditor qayta rasmiylashtirilishi lozim bo‘lgan sertifikatning
asl nusxasini va tegishli o‘zgartishlarni tasdiqlovchi hujjatlarning ko‘chirma nusxalarini ilova qilgan
holda sertifikatni qayta rasmiylashtirish to‘g‘risida ariza bergan kundan e’tiboran besh ish kuni
ichida amalga oshiriladi. Qayta rasmiylashtirish chog‘ida avval berilgan raqam va ilgari belgilangan
amal qilish muddati ko‘rsatilgan sertifikatning yangi blankasi beriladi. Ilgari berilgan sertifikat
blankasi yo‘q qilinadi.
Yo‘qotilgan yoki yaroqsiz holga kelgan sertifikat o‘rniga auditorning sertifikatning dublikatini
berish to‘g‘risidagi arizasiga asosan uning dublikati beriladi. Sertifikat yo‘qolganligi to‘g‘risidagi
axborot vakolatli davlat organining rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi. Sertifikatning dublikati aynan
o‘sha raqamda va ilgari belgilangan amal qilish muddatiga, sertifikatning yangi blankasida
“Dublikat” degan yozuv albatta kiritilgan holda beriladi.
Yaroqsiz holga kelgan sertifikat vakolatli davlat organiga qaytarilishi va yo‘q qilinishi lozim.
Sertifikatni qayta rasmiylashtirish yoki uning dublikatini berish to‘g‘risidagi ariza ko‘rib
chiqilganligi uchun bazaviy hisoblash miqdorining 25 foizi miqdorida yig‘im undiriladi.

Download 179,06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish