Qonuni auditorlik faoliyati to‘G‘risida


-modda. Tashabbus tarzidagi auditorlik tekshiruvi



Download 179,06 Kb.
Pdf ko'rish
bet18/26
Sana14.07.2022
Hajmi179,06 Kb.
#800414
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   26
Bog'liq
O‘RQ-677-сон 25.02.2021

36-modda. Tashabbus tarzidagi auditorlik tekshiruvi
Oldingi
 tahrirga qarang.
Yuridik shaxs, uning mulkdori, ustav fondida (ustav kapitalida) kamida besh foiz miqdoridagi
ulushga ega bo‘lgan ishtirokchilar va aksiyadorlar, shuningdek nazorat qiluvchi yoki huquqni
muhofaza qiluvchi organlar tashabbus tarzidagi auditorlik tekshiruvining buyurtmachilari bo‘lishi
mumkin.
(36-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 29-martdagi O‘RQ-760-sonli
Qonuni
 tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.03.2022-y., 03/22/760/0249-son)
Nazorat qiluvchi yoki huquqni muhofaza qiluvchi organlarning tashabbusiga ko‘ra auditorlik
tekshiruvi auditorlik tashkiloti va ushbu organlar o‘rtasida tuzilgan shartnoma asosida o‘tkaziladi
hamda mazkur shartnoma asosida haq to‘lanadi. Bunda nazorat qiluvchi yoki huquqni muhofaza
qiluvchi organlar tomonidan ayni bir auditorlik tashkilotini ayni bir xo‘jalik yurituvchi subyektning
faoliyatini ayni o‘sha asoslarga ko‘ra tekshirishga takroran jalb etishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Tashabbus tarzidagi auditorlik tekshiruvini o‘tkazishga doir ishlarga haq to‘lash auditorlik
tekshiruvini o‘tkazish tashabbusi bilan chiqqan shaxs yoki organ hisobidan amalga oshiriladi.
Tashabbus tarzidagi auditorlik tekshiruvini o‘tkazish predmeti, muddatlari hamda boshqa
shartlari auditorlik tekshiruvining buyurtmachisi va auditorlik tashkiloti o‘rtasida tuziladigan
auditorlik tekshiruvini o‘tkazish to‘g‘risidagi shartnomada belgilanadi.
37-modda. Xo‘jalik yurituvchi subyektning auditorlik tekshiruvini o‘tkazish chog‘idagi
huquq va majburiyatlari
O‘ziga nisbatan auditorlik tekshiruvi o‘tkazilayotgan xo‘jalik yurituvchi subyekt auditorlik
tashkilotidan:
auditorlik xulosasini;
auditorlik xulosasida ifodalangan fikr yuzasidan tushuntirishlarni va auditorlik tashkilotining
fikriga asos bo‘lgan normativ-huquqiy hujjatlar haqidagi axborotni;
buxgalteriya hisobini yuritish, moliyaviy hisobot tuzish hamda aniqlangan kamchiliklar va
qoidabuzarliklarni to‘g‘rilash tartibi haqida maslahatlar olishga haqlidir.
O‘ziga nisbatan auditorlik tekshiruvi o‘tkazilayotgan xo‘jalik yurituvchi subyekt:


auditorlik tekshiruvi o‘tkazish to‘g‘risidagi shartnomada belgilangan muddatlarda auditorlik
tekshiruvini o‘tkazish uchun auditorga shart-sharoitlarni yaratib berishi va unga zarur hujjatlarni
taqdim etishi;
auditorlik xizmatlari ko‘rsatish to‘g‘risidagi shartnomadan kelib chiqadigan majburiyatlarga
rioya etishi;
auditorlik tekshiruvi davomida aniqlangan qoidabuzarliklar to‘g‘risidagi axborotni ko‘rib
chiqishi va mazkur axborot olingan sanadan e’tiboran o‘ttiz kundan kechiktirmay auditorlik
tashkilotini natijalar haqida yozma shaklda xabardor qilishi;
auditorlik tekshiruvi jarayonida aniqlangan buxgalteriya hisobini yuritishga, moliyaviy hisobot
tuzishga hamda soliqlar va yig‘imlarni hisoblab chiqarish tartibiga doir qoidabuzarliklarni bartaraf
etishi shart.
Xo‘jalik yurituvchi subyekt ushbu Qonunga muvofiq amalga oshiriladigan auditorlik
tekshiruvini o‘tkazishdan bosh tortish yoki unga to‘sqinlik qilish maqsadida biron-bir harakatni
(harakatsizlikni) sodir etishga haqli emas.
Xo‘jalik yurituvchi subyekt qonunchilikka hamda auditorlik tashkiloti bilan tuzilgan auditorlik
tekshiruvi o‘tkazish to‘g‘risidagi shartnomaga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi va
uning zimmasida boshqa majburiyatlar ham bo‘lishi mumkin.

Download 179,06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish