Qonuni auditorlik faoliyati to‘G‘risida


-modda. Tashabbus tarzidagi auditorlik tekshiruvi buyurtmachisining huquq va



Download 179,06 Kb.
Pdf ko'rish
bet19/26
Sana14.07.2022
Hajmi179,06 Kb.
#800414
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   26
Bog'liq
O‘RQ-677-сон 25.02.2021

38-modda. Tashabbus tarzidagi auditorlik tekshiruvi buyurtmachisining huquq va
majburiyatlari
Tashabbus tarzidagi auditorlik tekshiruvining buyurtmachisi:
auditorlik tashkilotini mustaqil ravishda tanlashga;
tashabbus tarzidagi auditorlik tekshiruvining yo‘nalishi va hajmini belgilashga;
auditorning mulohazalari asoslanilgan normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risidagi zarur axborotni
auditorlik tashkilotidan olishga;
auditorlik xulosasini olishga haqli.
Tashabbus tarzidagi auditorlik tekshiruvining buyurtmachisi:
auditorlik tekshiruvini auditorlik tekshiruvi o‘tkazish to‘g‘risidagi shartnomada belgilangan
muddatlarda o‘tkazish uchun auditorga tegishli shart-sharoitlar yaratishi;
auditorga zarur hujjatlarni taqdim etishi;
auditorlik tekshiruvi o‘tkazish to‘g‘risidagi shartnomaga muvofiq auditorlik tashkiloti
xizmatlari haqini o‘z vaqtida to‘lashi shart.
Tashabbus tarzidagi auditorlik tekshiruvining buyurtmachisi qonunchilikka va auditorlik
tekshiruvi o‘tkazish to‘g‘risidagi shartnomaga muvofiq boshqa huquqlarga ega bo‘lishi hamda
uning zimmasida boshqa majburiyatlar bo‘lishi mumkin.
39-modda. Auditorlik xulosasi
Moliyaviy hisobotning ishonchliligi va buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi qonunchilik talablariga
muvofiqligi to‘g‘risida auditorlik tashkilotining yozma shaklda ifodalangan fikrini o‘z ichiga olgan
hujjat auditorlik xulosasidir.
Auditorlik xulosasi raqamlangan, har bir sahifasi auditorlik tekshiruvini amalga oshirgan
auditor (auditorlar) va auditorlik tashkilotining rahbari tomonidan imzolangan hamda unga
auditorlik tashkilotining fikri qaysi moliyaviy hisobotga nisbatan ifodalangan bo‘lsa, o‘sha moliyaviy
hisobot ilova qilingan bo‘lishi kerak.
Auditorlik xulosasining shakli va mazmuni auditorlik faoliyati standartlari bilan belgilanadi.
40-modda. Bila turib soxta tuzilgan auditorlik xulosasi
Auditorlik tekshiruvini o‘tkazmasdan tuzilgan yoxud auditorlik tekshiruvi natijalariga ko‘ra
tuzilgan, biroq xo‘jalik yurituvchi subyektning auditorlik tekshiruvi jarayonida auditor (auditorlar)
tomonidan olingan va o‘rganilgan hujjatlari mazmuniga muvofiq bo‘lmagan auditorlik xulosasi bila
turib soxta tuzilgan deb hisoblanadi.


Auditorlik xulosasi sudning qonuniy kuchga kirgan qaroriga ko‘ra, bila turib soxta tuzilgan deb
topiladi.
Bila turib soxta auditorlik xulosasini tuzish auditorlik tashkilotini Auditorlik tashkilotlarining
reyestridan chiqarishga, auditorlik tashkiloti rahbari sertifikatining va auditorlik tekshiruvida ishtirok
etgan auditorlar sertifikatlarining amal qilishini tugatishga, shuningdek aybdor shaxslarni qonunda
belgilangan tartibda javobgarlikka tortishga sabab bo‘ladi.

Download 179,06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish