Qonuni auditorlik faoliyati to‘G‘risida


-bob. Auditorlik tashkiloti. Auditorlik tashkilotining huquqlari, majburiyatlari va javobgarligi



Download 179,06 Kb.
Pdf ko'rish
bet12/26
Sana14.07.2022
Hajmi179,06 Kb.
#800414
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   26
Bog'liq
O‘RQ-677-сон 25.02.2021

4-bob. Auditorlik tashkiloti. Auditorlik tashkilotining huquqlari, majburiyatlari va javobgarligi
27-modda. Auditorlik tashkiloti
Auditorlik tashkiloti o‘zi haqidagi ma’lumotlar Auditorlik tashkilotlarining reyestriga kiritilgan
sanadan e’tiboran auditorlik faoliyatini amalga oshirishga haqlidir.
Auditorlik tashkiloti o‘z faoliyatini amalga oshirishda mustaqildir.
Auditorlik tashkiloti vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar hamda boshqa davlat va xo‘jalik
boshqaruvi organlari tomonidan tashkil etilishi mumkin emas.
Auditorlik tashkilotlariga tadbirkorlik faoliyatining ushbu Qonun
32 
va 
33-moddalarida
nazarda tutilgan turlaridan tashqari boshqa faoliyat turlari bilan shug‘ullanish taqiqlanadi.
Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining mansabdor shaxslari, shuningdek
qonunchilikka muvofiq tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishi taqiqlanadigan boshqa shaxslar
auditorlik tashkilotining muassislari bo‘lishi mumkin emas.


Auditorlik tashkiloti, basharti quyidagi majburiy shartlarga rioya etsa, qonunchilikda nazarda
tutilgan istalgan tashkiliy-huquqiy shaklda, bundan aksiyadorlik jamiyati mustasno, tashkil etilishi
va o‘z faoliyatini amalga oshirishi mumkin:
auditorlik tashkiloti o‘zi uchun asosiy ish joyi bo‘lgan auditorlarning eng kam soni shtatdagi
kamida to‘rt nafar auditordan iborat bo‘ladi;
auditorlik tashkilotining ustav fondi (ustav kapitali) auditorlik tashkiloti o‘z faoliyatini amalga
oshirishda bevosita foydalanadigan mol-mulkdan, shu jumladan pul mablag‘laridan shakllantiriladi;
ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) auditorlarga (auditorga) tegishli bo‘lgan ulush kamida
ellik bir foizni tashkil etishi kerak (bundan auditorlik tashkiloti — chet el auditorlik tashkilotining
filiali yoki sho‘ba xo‘jalik jamiyati tashkil etilgan hollar mustasno);
auditorlik tashkilotiga faqat o‘zi uchun mazkur auditorlik tashkiloti asosiy ish joyi bo‘lgan
auditor rahbar bo‘lishi kerak.
Auditorlik tashkiloti boshqa auditorlik tashkilotining muassisi (ishtirokchisi) bo‘lishi mumkin
emas.
Ushbu moddaning 
oltinchi qismi 
talablariga muvofiq bo‘lmagan taqdirda auditorlik tashkiloti
nomuvofiqlik yuzaga kelgan kundan e’tiboran besh kun muddatda vakolatli davlat organini bu
haqda yozma yoki elektron shaklda xabardor qiladi va yuzaga kelgan nomuvofiqlikni ko‘rsatib
o‘tilgan sanadan e’tiboran uch oydan ko‘p bo‘lmagan muddatda bartaraf etishi yoxud auditorlik
faoliyatini tugatish to‘g‘risida qaror qabul qilishi shart. Ushbu moddaning 
oltinchi qismi 
talablariga
nomuvofiqlik bartaraf etilguniga qadar auditorlik tashkiloti tomonidan auditorlik tekshiruvlari
o‘tkazish taqiqlanadi.
Auditorlik tashkilotining filiali tashkil etilganda filial rahbari auditor bo‘lishi kerak.
Auditorlik tashkilotining firma nomida “auditorlik tashkiloti” degan so‘z birikmasi bo‘lishi va
bu nom boshqa auditorlik tashkilotlarining firma nomlari bilan adashtirib yuborish darajasida bir xil
yoki ularga o‘xshash bo‘lgan belgilarni o‘z ichiga olmasligi kerak.
O‘zi haqidagi ma’lumotlar Tadbirkorlik subyektlarining yagona davlat reyestriga kiritilgan
sanadan e’tiboran uch oy davomida u to‘g‘risidagi ma’lumotlar Auditorlik tashkilotlarining
reyestriga kiritilmagan tijorat tashkiloti o‘z nomida “auditorlik tashkiloti” degan so‘z birikmasidan
foydalanishga haqli emas.
Auditorlik tashkiloti Auditorlik tashkilotlarining reyestridan chiqarilgan taqdirda, auditorlik
faoliyatini amalga oshirishga va firma nomida “auditorlik tashkiloti” degan so‘z birikmasidan
foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydi.

Download 179,06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish