Qonuni auditorlik faoliyati to‘G‘risida


-modda. Sertifikatning amal qilishini tugatish



Download 179,06 Kb.
Pdf ko'rish
bet11/26
Sana14.07.2022
Hajmi179,06 Kb.
#800414
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   26
Bog'liq
O‘RQ-677-сон 25.02.2021

26-modda. Sertifikatning amal qilishini tugatish
Sertifikatning amal qilishi uning amal qilishini tugatish to‘g‘risida qaror qabul qilingan
sanadan e’tiboran tugatiladi.
Sertifikatning amal qilishini tugatish uchun quyidagilar asos bo‘ladi:
auditorning sertifikatning amal qilishini tugatish to‘g‘risidagi arizasi;
uch yil davomida auditorlik faoliyatida ishtirok etmaganlik;
sertifikat rasmiylashtirilgan sanadan e’tiboran olti oy davomida auditorning sertifikatni olish
uchun kelmaganligi;
vakolatli davlat organining sertifikat berish to‘g‘risidagi qarori qonunga xilof ekanligi fakti
aniqlanganligi;
sertifikat qalbaki hujjatlardan foydalangan holda olinganligi fakti aniqlanganligi;
sudning muayyan huquqdan mahrum qilish tarzidagi jazoni nazarda tutuvchi qonuniy
kuchga kirgan hukmi;
sudning sertifikat egasini belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati
cheklangan deb topish to‘g‘risidagi qarori;


auditorlik faoliyatini amalga oshirish chog‘ida ushbu Qonun talablarini muntazam ravishda
(ikki martadan ko‘p) yoki bir marta qo‘pol tarzda buzganlik.
Quyidagilar ushbu Qonun talablarini bir marta qo‘pol tarzda buzish deb e’tirof etiladi:
auditorlik tekshiruvini o‘tkazish chog‘ida ushbu Qonunning 
34-moddasida 
nazarda tutilgan
cheklovlarni buzganlik;
bila turib soxta auditorlik xulosasini tuzganlik;
auditorlik tekshiruvini o‘tkazish chog‘ida olingan maxfiy axborotni auditorlik tekshiruvi
buyurtmachisining ruxsatisiz oshkor qilganlik, bundan qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar
mustasno;
auditorlik tekshiruvini o‘tkazish chog‘ida aniqlangan, buxgalteriya hisobini yuritish,
shuningdek moliyaviy hisobot tuzish bo‘yicha belgilangan talablarning xo‘jalik yurituvchi subyekt
tomonidan buzilishi faktlarining auditor tomonidan yashirilganligi;
sertifikatni boshqa shaxsga uning auditorlik faoliyatida o‘z nomidan ishtirok etishi uchun
ushbu hujjatdan foydalanishi maqsadida berganlik fakti aniqlanganligi;
auditorning nazorat qiluvchi yoki huquqni muhofaza qiluvchi organlarning topshiriqlariga
ko‘ra har xil tekshiruvlarni o‘tkazish uchun auditorlik tashkiloti va mazkur organlar o‘rtasida
shartnoma tuzilmagan holda mutaxassis sifatida ishtirok etganligi;
auditor bir vaqtning o‘zida bittadan ortiq auditorlik tashkilotining xodimi yoki muassisi
(ishtirokchisi) ekanligi fakti aniqlanganligi;
auditorning har yilgi malaka oshirish kurslaridan o‘tmaganligi.
Ushbu modda ikkinchi qismining 
to‘qqizinchi xatboshisida 
nazarda tutilgan asoslar bo‘yicha
o‘z sertifikatining amal qilishi tugatilgan auditor sertifikatning amal qilishini tugatish to‘g‘risidagi
qaror qabul qilingan kundan e’tiboran uch yil davomida sertifikat olish haqidagi ariza bilan takroran
murojaat qilishga haqli emas.
Auditorlik tashkilotini Auditorlik tashkilotlarining reyestridan chiqarishga sabab bo‘lgan
qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘ygan auditorlik tashkiloti rahbari va auditor sertifikatlarining amal qilishi
auditorlik tashkiloti to‘g‘risidagi ma’lumotlar Auditorlik tashkilotlarining reyestridan chiqarilgan
sanadan e’tiboran tugatiladi.
Vakolatli davlat organining sertifikatning amal qilishini tugatish to‘g‘risidagi qarori ustidan
qonunchilikda belgilangan tartibda sudga shikoyat qilinishi mumkin.
Sertifikatning amal qilishini tugatish to‘g‘risidagi qaror auditorga yoki ushbu auditor
ishlayotgan auditorlik tashkilotiga besh kunlik muddatda yuboriladi.
Sertifikatning amal qilishi tugatilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar vakolatli davlat organining
rasmiy veb-saytida e’lon qilinishi lozim.
Sertifikatning amal qilishini tugatish to‘g‘risidagi qaror auditor tomonidan olingan kundan
e’tiboran o‘n ish kuni ichida sertifikat vakolatli davlat organiga yo‘q qilish uchun qaytarilishi lozim.

Download 179,06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish