Qonun ijodkorligi bosqichlarini muhokama qilish orqali vaziyatga huquqiy baho bering


kodifikatsiya, inkorporatsiya, konsolidatsiya



Download 375,01 Kb.
Pdf ko'rish
bet35/37
Sana11.07.2022
Hajmi375,01 Kb.
#775993
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   37
Bog'liq
Javoblar YN DHN

kodifikatsiya, inkorporatsiya, konsolidatsiya
ni ko‘rsatish mumkin. 
Kodifikatsiya
bu normativ-huquqiy hujjatlarni ularning mazmuniga o‘zgartirish kiritish orqali mantiqiy 
asosda yagona hujjatga tizimlashtirishdir. Kodifikatsiya qilish jarayonida eskirgan normalar tugatiladi, butun 
huquq tizimidagi ziddiyatlar bartaraf etiladi, huquqiy bo‘shliqlar to‘ldiriladi. Kodifikatsiya qonunlar va 
boshqa normativ-huquqiy hujjatlarni kodekslar chiqarish yo‘li bilan tizimga solish hisoblanadi. 
Normativ-huquqiy hujjatlarni kodifikatsiyalash quyidagi 
belgilari
bilan farqlanadi: 
Birinchidan, kodifikatsiyalash faoliyati bilan faqat vakolatli huquq ijodkorligi organlari konstitutsiyaviy va 
boshqa qonuniy vakolatlar asosida shug‘ullanadi. Ikkinchidan, kodifikatsiyalash natijasida oldin amalda 
bo‘lganlaridan jiddiy farqlanuvchi normalarni o‘z ichiga olgan yangi normativ-huquqiy hujjat yaratiladi. 
Uchinchidan, kodifikatsiyalashtirilgan hujjat yig‘ma hujjat hisoblanadi. Chunki, unda oldin turli hujjatlarda 
aks etgan, lekin ijtimoiy munosabatlarning ma’lum bir sohasini tartibga solishga xizmat qilgan normalar bir 
joyga jamlanadi. To‘rtinchidan, kodifikatsiyalangan hujjat ijtimoiy munosabatlarning muayyan sohasida amal 
qiluvchi hujjatlar tizimida asosiysi hisoblanadi. 
Beshinchidan, kodifikatsiyalash natijasida yaratiladigan normativ-huquqiy hujjatlar ijtimoiy munosabatlarni 
uzoq vaqt davomida tartibga solishga mo‘ljallangan. Ular ijtimoiy hayotdagi ehtimol tutilgan o‘zgarishlarni 
hisobga olib, kelajakda yuzaga keladigan yanada takomillashgan ijtimoiy munosabatlarni tartibga solish 
imkoniyatiga ega bo‘ladi. 
Fanda kodifikatsiyalangan hujjatlar o‘z mazmuni va nomiga ko‘ra quyidagi 
turlar
ga bo‘linadi: 
a) qonun asoslari – bu huquqning muayyan sohasi yoxud davlat boshqaruvi muayyan doirasining muhim 
qoidalarini belgilab beruvchi normativ-huquqiy hujjatdir. Kodifikatsiyalashning bunday shakli federativ yoki 
ittifoq davlatlarida qo‘llaniladi. 
b) kodeks – ijtimoiy hayotning asosiy sohalarida amal qiluvchi hamda huquqiy tizimning barqarorliligini talab 
etuvchi kodifikatsiyalashgan hujjatlarning eng keng tarqalgan turidir (Fuqarolik kodeksi, Jinoyat kodeksi, 
Jinoyat-protsessual kodeksi va hokazolar). 
Inkorporatsiya
(lot. Incorporatio) – tizimlashtirishning bir turi bo‘lib, bunda kodifikatsiyadan farqli o‘laroq 
amaldagi qonunlar, farmonlar, hukumat qarorlari va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarning mazmuniga 
biron-bir o‘zgarish kiritilmasdan, ular xronologik, alifbo, mavzu bo‘yicha yoki o‘zgacha tartibda (masalan, 
huquq sohalari bo‘yicha) tizimga solib nashr qilinadi. Qonunlarni inkorporatsiya qilish orqali tizimlashtirish 
deyarli barcha davlatlarda amalga oshiriladi. Ular ko‘p jildli shaklda nashr etilib, qonunlarning chiqarilgan 
vaqtiga qarab (xronologik), alfavit tartibida va boshqa sifat hamda belgilariga qarab joylashtiriladi. 
O‘zbekistonda mustaqillikning dastlabki yillarida chiqarilgan qonunlar O‘zbekiston Respublikasining yangi 
qonunlari degan ko‘p jildli xronologik to‘plam sifatida nashr etilgan edi. Shu bilan birga, O‘zbekiston 


Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarining 
to‘plamida muayyan muddat davomida qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar inkorporatsiya shaklida 
tizimlashtirib boriladi. Inkorporatsiyaning uni amalga oshiradigan sub’ektlar doirasiga ko‘ra 

Download 375,01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish