Kengaytirilgan sharhlash
qonun normasi matnining mazmuni uning
mantiqiy ma’nosidan tor bo‘lganda qo‘llaniladi. Masalan, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 112
moddasida «Sudyalar mustaqildirlar, faqat qonunga bo‘ysunadilar», deyilgan. Bunda qo‘llanilgan «sudya»
iborasining haqiqiy ma’nosi keng tushuniladi. Qonun chiqaruvchi idora «sudya» iborasi orqali faqat
sudyalarni emas, shu bilan birga xalq maslahatchilarini ham mustaqilligini va faqat qonunga bo‘ysunishini
nazarda tutgan.
25. Huquq tamoyillari – bu huquqning ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi vosita sifatidagi
mohiyatini ifodalovchi boshlang‘ich normativ asoslar, eng asosiy qarashlar, g‘oyalar va qoidalardir. Huquq
tamoyillari, avvalambor, huquq qonuniyatlarini ifodalaydi, qolaversa, butun huquqiy tartibga solish sohasida
amal qiladigan va barcha sub’ektlarga nisbatan qo‘llanadigan eng umumiy normalardan iborat bo‘ladi. Huquq
tamoyillari huquq ijodkori uchun dasturiy g‘oyalar sifatida maydonga chiqarkan, huquq normalarini
takomillashtirish yo‘llarini belgilab beradi. Huquq tamoyillari Konstitutsiyada, qonunlar va kodekslarning
muqaddima yoki umumiy qoidalar qismida maxsus tartibda belgilab qo‘yiladi.
Shu bilan birga, ayrim yuristlar amaliyot uchun huquq tamoyillarining ahamiyati yo‘qligini bildirishsa,
boshqalari muhim ahaiyatga egaligini, huquqiy tizim unga bog‘liq holda rivojlanishini ta’kidlashadi.
Masalani atroflicha muhokama qilib, vaziyatga huquqiy baho bering.
Huquq prinsiplari
– bu huquqning ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi vosita sifatidagi mohiyatini
ifodalovchi boshlang‘ich normativ asoslar, eng asosiy qarashlar, g‘oyalar va qoidalardir. Huquq prinsiplari,
avvalambor, huquq qonuniyatlarini ifodalaydi,
qolaversa, butun huquqiy tartibga solish sohasida amal qiladigan va barcha sub’ektlarga nisbatan
qo‘llanadigan eng umumiy normalardan iborat bo‘ladi. Huquq prinsiplari huquq ijodkori uchun dasturiy
g‘oyalar sifatida maydonga chiqarkan, huquq normalarini takomillashtirish yo‘llarini belgilab beradi. Huquq
prinsiplari, qoida tariqasida, Konstitutsiyada, qonunlar va kodekslarning muqaddima yoki umumiy qoidalar
qismida maxsus tartibda belgilab qo‘yiladi. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining
mazmunidan quyidagi huquqiy prinsiplarni, ya’ni huquq ustunligi, demokratizm, inson huquqlari va
erkinliklarining oliy qadriyat ekanligi, xalqaro huquqning umume’tirof etilgan qoidalari va normalarining
amal qilishi, Konstitutsiya va qonunlar ustuvorligi, teng huquqlilik, barcha mulk shakllarining tengligi, odil
sudlov prinsiplarini anglash mumkin. Huquq prinsiplari ta’sir etish doirasiga ko‘ra
Do'stlaringiz bilan baham: |