muxim qismi. Ularda qon va to‘qimalar aro suyuqlik o‘rtasida modda almashinuvi
sodir bo‘ladi. Bunday almashinuv venulalarda ham kuzatiladi. Venulalar, arteri-
olalar, metarteriolalar (met — o‘rta) kapillyarlar orqali qon oqishini boshqarishda
ishtirok etadi. Shuning uchun bu tomirlar umumiy faoliy birlik hisoblanadi.
Arteriola, metarteriola, kapillyarlar va kichik venulalar mikrosirkulyasiya tomirlar
organizmida 40 milliardga yaqin kapillyar bo‘lib, ular orqali modda almashadigan
bog‘liq. Yurak muskulida kapillyarlarning soni skelet muskuldagidan 2 baravar
Ko‘pincha «chin» kapillyarlar arteriolalarni to‘g‘ridan to‘g‘ri venulalar
bilan boglamaydi. Ular metarteriolalar-dan, asosiy kanaldan. to‘g‘ri burchak hosil
qilib boshlanadi. Metarteriola va asosiy kanalni tashkil qiluvchi tomirlar
devoridagi silliq muskul tolalari ularning proksimal qismidan distal qismiga qarab
kamaya boradi. Metarteriolalardan kapillyarlarning boshlanadigan qismida bu
silliq muskul tolalari prekapillyar sfinkterlarini hosil qiladi. Kapillyarlarning
boshqa qismlarida qisqaruvchi unsurlar yo‘q. «Chin» kapillyarlar orqali oqib
o‘tadigan qon miqdori prekapillyar sfinkterlarning qisqarib, bo‘shashiga bog‘liq
.
Mikrosirkulyator tomirlar davzasida arteriovenoz anastomozlar ko‘p
uchraydi. Bu anastomozlar arteriolalarni venulalar bilan bevosita boglaydi.
Anastomozlarning devori silliq muskul tolalarga boy. Ularning soni qo‘l , oyoq ,
qo‘l oq terisida ko‘p. Tananing bu soxalaridagi anastomozlarning
termoregulyatsiyada ahamiyati katta.
Kapillyarlarda modda almashinuvi jarayonlari. Kapillyarlarning moddalar
almashinuvida ishtirok etish darajasi ularning tuzilishiga bog‘liq.
Devorining ultrastrukturasiga ko‘ra, kapillyarlar uch turga bo‘linadi: 1)
devori uzluksiz, butun kapillyarlar; 2) fenestratsiyalangan, devori romsimon
teshikli kapillyarlar; 3) devorlari uzilgan kapillyarlar. Bu kapillyarlarni somatik,
visseral va sinusoid turdagi kapillyarlar ham deyishadi. Birinchi turdagi
kapillyarlarning devori jips joylashgan endotelial hujayralardan iborat. Endotelial
hujayralar membranasidagi teshiklar juda kichik. Bunday kapillyarlar devori orqali
suv, elektrolitlar va kichik molekulali moddalar almashadi. Organizmda juda ko‘p
tarqalgan bo‘lib, u silliq va targ‘il muskullarda, yog‘da, o‘pkada ko‘p.
Ikkinchi turdagi visseral kapillyarlar devorida diametri 0,1 mkm li
teshikchalar (romchalar, fenestrlar) bor. Bu xil kapillyarlar so‘rilish jarayoni juda
jadal a‘zolarda, masalan, buyrakda va ichakning shilliq pardasida ko‘p uchraydi.
Uchinchi turdagi sinusoid kapillyarlar devori ko‘p yerda uzilgan bo‘lib, bu
joylardan suyuqlik, molekulalari katta moddalar va qon hujayralar o‘tishi mumkin..
Bu turdagi kapillyarlar kumikda, jigar va taloqda uchraydi.
Tomirlarda qon xarakatining boshqarilishi
Organizmning muayyan qismlarida qon oqimining Miqdori, bu middorning
a‘zolarning qo‘ng a bo‘lgan talabiga moslashishi asosan tomirlar diametrini
o‘zgartirish va qon oqimiga qarshilikni obshqarish yo‘li bilan taminlanadi.
Periferik qon tomirlarda qon oqimining o‘zgarishi mahalliy (o‘sha joyning
o‘zida vujudga keladigan) mexanizmlar yordamida, nerv va gumoral yo‘l bilan
ro‘yobga chiqadi.
Nerv va gumoral omillardan tashqari, periferik qon aylanishining metabolik
yo‘l bilan o‘z -o‘zidan boshqarilishi katta ahamiyatga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: