mm s. u. da bo‘ladi. Ko‘krak qafasida bo‘lmagan yirik venalarda bosim 5—6 mm
s. u. teng, venalarning o‘ng bo‘lmaga o‘tadigan qismida bundan ham past, ya‘ni
2—5 mm s. u. teng, nafas olganda 0 atrofida bo‘ladi.
Venoz tizimning boshlanishidagi bosim yurakning qo‘ng a baxsh etgan
bosim qoldig‘idir. Qorinchalarning qisqarishi qo‘ng a bergan kinetik energiya qon
kapillyarlardan o‘tganidan keyin ham qisman saqlanib qoladi. Bu qoldiq bosimdan
tashqari, qonning venalar orqali yurakka qaytib kelishida ko‘krak qafasining
so‘ruvchi tasiri katta ahamiyatga ega. Nafas olgan paytda ko‘krak qafasi
kengayadi, ko‘krak bo‘shlig‘ida bosim mshgfgshlashadi (yani, atmosfera
bosimidan past bo‘lib doladi). Venalar devori yupqa bo‘lgani uchun bu manfiy
bosim ularga ham tarqaladi, natijada qonning yurak tomon xarakati tezlashadi.
Demak, venalarning boshlanish qismida bosim 12—15
MM
s. u. ni tashki l
qilsa, oxirida 2—5 mm, nafas olgan paytda hatto manfiy bo‘ladi. Bosimdagi bu
farq qonning yurak tomon xarakatini taminlovchi dastlabki kuchdir.
Skelet muskullarining ritmik qisqarishlari ham (masalan, yurgandagi, utin
arralagandagi xarakatlar) venalarda qon oqishiga yordam beradi
.
Qisxargan
muskul ichidagi va yonidagi venalarni qisib, ulardagi qonni siqib chiqaradi.
Venalardagi qopqoqlar siqib chiqarilgan qonni faqat yurak tomon xarakat qilishini
taminlaydi.
Periferik venalarda qon oqishning chiziqli tezligi 6— 14 sm/s, kavak
venalarda 20 sm/s, atrofida. Venalarda qon oqishi arteriyalarga nisbatan sekinroq
bo‘lgani boisi shundaki, ular arteriyalarga qaraganda 2—3 barobar keng.Vena
pulsi, deb yurakka yaqin joylashgan venalarda bosim va hajm o‘zgarishlari
aytiladi. Vena pulsining kelib chiqishiga asosan o‘ng bo‘lmada bosimning
o‘zgarishi sabab bo‘ladi.
Vena pulsining egri chizig‘ida — flebogrammada — uchta tish ajratiladi: a,
s va v tishlari (39- rasm ). a tish o‘ng bo‘lma sistolasiga tug‘ri keladi. Hademay
vena pulsining egri chizigida s tish paydo bo‘ladi. Bu bo‘yinturuq venaning yonida
va undan pastroq joylashgan uyqu arteriyasining to‘rt -kisidir. v- tishning paydo
bo‘lishi qorinchalar sistolasi oxirida bo‘lmalar qo‘ng a to‘lib; ularga qon tushishi
bir oz to‘xtab qolishiga bog‘liq . Shu vaqt da
venalarda bosim oshib, v tishni paydo
qiladi.
Qonning aylanib chiqish vaqti. Qon aylanishi doiralarining hamma
qismidan qon o‘tishi uchun zarur vaqt qonning aylanib chiqish vaqti, deb ataladi.
Odamda qonning aylanib chiqish vaqti o‘rta hisobda 27 sistolaga teng. Tinch
xolatda, yurak bir daqiqada 70—80 marta urganda 20—23 sekundni tashkil qiladi.
Qon aylanib chiqadigan vaqtning 1/5 qismi qon aylanishining kichik
doirasiga, 4/5 qismi esa katta doiraga tug‘ri keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: