Qo‟lyozma huquqida



Download 0,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/8
Sana15.10.2019
Hajmi0,76 Mb.
#23542
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
mikronutrientlar taqchilligi yetishmovchilik sabablari oqibatlari va oldini olish


Mishyak  qadim  zamonlardan  beri  xalq  orasida  dori  va  zahar  sifatida 

ma'lum.  Mishyak  odam  tanasida  fosfor  almashinuvida  bevosita  ishtirok  qiladi. 

Agar u yetishmasa, organizmdan fosforning chiqib ketishi tezlashar ekan. 

Mishyak  kam  miqdorda  ishlatilsa,  ishtahani  ochadi,  shu  bois  undan  kam 

qonlilikning oldini olishda foydalanish mumkin. Agar iste'mol taomlarida mishyak 

miqdori tegishli me'yoridan oshib ketsa, u zahar sifatida ta'sir qilib, tomoq va ko„z 

saratonini chaqiradi, oq qon kasalligiga olib kelishi mumkin. 

Mishyak rafinad qanddan tashqari barcha o„simlik va hayvon mahsulotlarida 

uchraydi,  shuning  uchun  uni  kundalik  iste'mol  qilinadigan  taomlar  bilan  yetarli 

miqdorda olib turamiz. Bir sutkalik ovqat bilan odam tanasiga o„rtacha 11,5-240,6 

mkg mishyak kirib turadi va shu miqdor inson uchun yetarli hisoblanadi. Mishyak 

ko„p uchraydigan mahsulotlarga dengizlardan ovlanadigan yumshoq tanlilar kiradi. 

Yuqorida  ko„rib  chiqilgan  ma'danli  moddalardan  tashqari  yana  shundaylari 

ham  borki,  ular  organizmga  zahar  sifatida  ta'sir  qiladi  (kadmiy,  qalay,  simob, 

berilliy  va  boshqalar).  Ular  havo,  suv  va  oziq-ovqat  mahsulotlari  tarkibiga  turli 

yo„llar  bilan  (masalan,  zavod  va  fabrikalar,  transport  vositalaridan  ajratiladigan 

chiqindilar  va  boshqalar  orqali)  kirib  qoladi  va  nafas  olish,  suv  ichish  va 

taomlanish jarayonlari davomida tanamizga singadi. [2, 3, 5, 6, 8, 9, 12, 14, 19, 23, 

28, 31, 36, 39, 40, 43]. 

 

1.2.  Кurashilarda antropometrik ko‟rsatkichlarning o‟ziga xos xusisiyatlari 

Kurashchilarning asosiy antropometrik ko„rsatkichlariga bo„y uzunligi, tana 

og„irligi, ko„krak qafasi aylanasi, shuningdek tana ayrim qismlarining uzunligi va 

boshqalar kiradi. Bular somatometrik ko„rsatgichlar deb ham yuritiladi. 


 

55 


Bo„y  uzunligi.  Antropometrik  ko„rsatkichlarni  aniqlashda  ko„plab 

jihozlardan foydalaniladi. Bular ichida bo„y uzunligini o„lchashda qo„llaniladigan 

bo„y o„lchagichlar (rostomer) alohida ahamiyatga ega. 

Gorizontal  yog„och  rostomer  ikki  yoshgacha  bo„lgan  bolalarda  bo„y 

uzunligini o„lchash uchun ishlatiladi. Yog„och rostomer bo„y uzunligini aniqlashda 

ishlatiladi.  Uning  vertial  doskasida  santimetrli  va  millimetrli  shkalalar  bo„lib, 

ularning  biri  tik  turgan  holda,  boshqasi  o„tirgan  holda  o„lchash  uchun 

foydalaniladi. O„lchash harakatchan taxtacha yordamida amalga oshiriladi. 

Odamning  bo„yi  vertikal  yuzada  aniqlangan  antropometrik  nuqtalar 

o„rtasidagi  proeksion  masofa  sifatida  o„lchanadi.  Tana  uzunligi,  ya'ni  odamning 

bo„yi  deganda  tekshirilayotgan  odamning  turgan  tayanch  maydon  sathidan  bosh 

gumbazning  yuqori  nuqtasigacha  bo„lgan  masofa  tushuniladi.  Bo„yni  o„lchashda 

odam  qaddini  tik  tutib  turishi  kerak.  Bo„yi  o„lchanadigan  odam  rostometrning 

gorizontal  maydoniga  oyoq  yalang  turib,  uning  vertikal  ustuniga  orqasi  bilan 

turadi, qo„llarini tushiradi, oyoq panjalari bir-biriga yaqinlashtiriladi, tizzalar aslo 

bukilmaydi,  rostomer  ustuniga  beshta  nuqta:  tovonlar,  boldir,  dumba,  kuraklar 

orasi  yuzasi  va  ensa  tegib  turishi  shart.  Bo„yi  o„lchanayotgan  odamning  boshi 

shunday  turishi  kerakki,  bunda  ko„z  kosasining  quyi  qismi  tashqi  eshituv 

teshigining  markazi  bilan  bir  xil  gorizontal  yuzada  turishi  lozim.  Odam  ana 

shunday  vaziyatda  turganidan  keyin  antropometrnng  taxtasi  yoki  rostomerning 

suriladigan  plankasi  boshining  eng  yuqori  nuqtasiga  tushiriladi  va  millimetrga 

qadar aniqlikda o„lchanadi . 



Tana  massasi.  Tana  massasi  suyak-muskul  tizimi,  teri  osti  yog„  qavati 

hamda  ichki  a'zolarning  rivojlanish  darajasini  ifodalaydi.  Tana  masssasini 

o„lchashdan  avval  tarozi  ko„rsatkichi  “0”  ga  keltirib  olinadi.  Tana  masssasini 

o„lchashdan avval og„irligi aniq bo„lgan biror jismni taroziga qo„yib, uning to„g„ri 

va aniqligiga ishonch hosil qilish maqsadga muvofiq. Tana massasi tekshiriluvchi 

faqat ichki kiyimda bo„lgan holatda o„lchanadi. 



 

56 


Tana  massasi  tarozilar  yordamida  o„lchanadi.  Ikki  yoshgacha  bo„lgan 

bolalar tana massasini o„lchash uchun maxsus tarozi bo„lib, u 25 kg gacha bo„lgan 

og„irlikka mo„ljallangan, uning aniqlik darajasi 10 g . Yuqori yoshdagi bolalarning 

tana  masssasini  o„lchashga  xizmat  qiladigan  tarozi  esa  50  gramm  aniqlikda 

o„lchaydi. 

Ko„krak  qafasi  aylanasi.  Ko„krak  qafasi  aylanasi  santimetrli  lenta 

yordamida  o„lchanadi.  Lenta  qo„llar  yon  tomoniga  uzatilgan  holatda  kurakning 

pastki  qirrasiga  qo„yiladi.  Qo„llar  pastga  tushirilib  lenta  ko„krak  qafasi  o„rtasidan 

aylantirib  birlashtiriladi.  Xotin-qizlarda  lenta  ko„krak  bezlarning  ostidan,  o„g„il 

bolalarda esa ko„krak bezlarining ustidan qo„yiladi. 

Ko„krak qafasi aylanasi o„lchalganda lenta tekshiriluvchining tanasiga tegib 

turishi,  biroq  chuqur  nafas  olishga  halaqit  bermasligi,  ko„krak  qafasining  erkin 

harakatiga imkon yaratishi lozim. 

Santimetrli lenta tana turli qismlarning aylanasini o„lchashga xizmat qiladi. 

Lentaning  “0”  raqami  o„lchanadigan  joyga  qo„yib,  ikkinchi  tomoni  “0”  raqami 

bilan  birlashtiriladi.  Har  qanday  o„lchashda  ham  lenta  tana  va  uning  qismlariga 

yopishib  turishi  lozim,  biroq  bunda  yumshoq  to„qima  deformatsiyalanmasligini 

ham  hisobga  olish  lozim.  Lentadagi  millimetrlarni  ham  hisobga  olish  shart,  lenta 

uchlarini aniq bir raqamga keltirish uchun harakat qilish tavsiya etilmaydi. 

Dastlab  erkin  nafas  olish  sharoitida  ko„krak  qafasi  aylanasi  o„lchanadi. 

So„ngra  maksimal  nafas  olish  va  nafas  chiqarish  sharoitida  o„lchanadi.  Hamma 

o„lchsh ishlari lenta bir marta qo„yilganda amalga oshiriladi. Maksimal nafas olish 

hamda  maksimal  nafas  chiqarish  paytidagi  ko„krak  qafasi  aylanasi  o„lchamlari 

orasidagi farq ko„krak qafasi ekskursiyasi deb ataladi hamda bu ko„rsatkich nafas 

olish apparatining rivojlanish darajasini bildiradi. 

Bir  yoshli  bolaning  ko„krak  qafasini  aylanasi  normada  o„rtacha  -  48  sm 

bo„ladi,  5  yoshda  -  55  sm,  10  yoshda  -  63  sm,  15  yoshda  -  75-78  sm  bo„ladi. 

Ko„krak qafasi aylanasi qancha katta bo„lsa, jismoniy rivojlanish darajasi shuncha 

yuqori baholanadi (7, 16, 19). 



 

57 


Tana ayrim qismlarining uzunligi. Shuni alohida ta'kidlab o„tish lozimki, 

somatometrik  ko„rsatkichlar  deganda  faqat  bo„y  uzunligi,  tana  massasi  yoki 

ko„krak qafasi aylanasi emas, balki tananing boshqa o„lchamlari ham tushuniladi. 

Bular  birinchi  navbatda  turli  a'zolarning  uzunlik  o„lchovlari  hisoblanadi.  Quyida 

tana ayrim qismlarining uzunligini o„lchash borasida fikr yuritaiz. 

Gavda  uzunligi  -  poldan  yuqorigi  to„sh  va  qov  nuqtalari  o„rtasidagi 

tafovutlar yoki bu nuqtalar orasidagi proeksion masofa. 

Korpus uzunligi - oyoqlar uzunligini qo„shmasdan hisoblaganda aniqlangan 

tana uzunligi. 

Qo„llar  uzunligi  -  pol  ustidan  yelka  va  barmoq  nuqtalari  balandligi 

o„rtasidagi  tafovut  (akromial)  va  barmoq  nuqtalari  o„rtasidagi  proeksion  masofa. 

O„lchanayotgan odam asosiy antropometrik tik holatda turadi, yelkadagi nuqta va 

o„rta barmoq uchining polga nisbatan balandligi darajasi aniqlanadi. 

yelkaning uzunligi - antropometr bilan yelka nuqtasidan to bilak suyagining 

yuqori  boshchasidagi  nuqtasigacha  o„lchanadi.  yelkaning  haqiqiy  uzunligi,  yelka 

va  bilak  nuqtalarining  poldan  balandligi  o„lchanadi  va  orasidagi  tafovutga  teng 

bo„ladi. (akromial va bilak suyagi nuqtalari orasidagi proeksion masofa). 

yelka  oldining  uzunligi  -  yuqorigi  bilak  nuqtasi  va  bigizsimon  o„simta 

orasidagi  masofaga  teng.  Ikkinchi  o„lchash  usuli  -  bilak  nuqtasi  va  bigizsimon 

nuqtasining poldan o„lchanayotganda balandligi o„rtasidagi tafovut (7, 16). 

Qo„l panjasining uzunligi - bigizsimon o„simta va uchinchi barmoq nuqtalari 

o„rtasidagi  proeksion  masofa.  Panja  uzunligi  bigizsimon  o„simta  nuqtasidan 

uchinchi barmoq uchidagi nuqtaga qadar o„lchanadi. Ikkinchi usulda - bigizsimon 

o„simta nuqtasi va barmoq nuqtasining pol ustidan balandligi orasidagi tafovutga 

teng. 

Oyoqning  uzunligini  -  antropometr  yordamida  qov  nuqtasidan  polgacha 



bo„lgan masofa o„lchanadi. Qov nuqtasi qov sinfizi bilan oldingi - yuqori yonbosh 

o„sig„i orasida aniqlanadi. 



 

58 


Son uzunligi – uni o„lchashda oyoq uzunligidan katta boldir suyagini yuqori 

nuqtasining  poldan  bo„lgan  balandligi  olib  tashlanadi.  Sonning  uzunligi 

antropometr  yordamida  qovdan  sonning  ichki  yuzasi  tomonidan,  yuqoriga  boldir 

nuqtasigacha  qadar  o„lchanadi.  Yuqori  boldir  nuqtasini  aniqlash  uchun  tizza  sal 

bukiladi  va tizza  bo„g„imi  ichki  tomonidan  paypaslanadi, katta  boldir suyagining 

eng  chiqib  turgan  qattiq  nuqtasiga  barmoq  bosib  turiladi,  keyin  unga  o„lchov 

asbobining blankasi qo„yiladi. 

Boldirning  uzunligi  -  katta  boldir  suyagining  yuqorigi  va  pastki  nuqtalari 

o„rtasidagi  proeksion  masofaga  teng.  Boldirning  uzunligi  antropometr  bilan 

boldirning  yuqori  nuqtasidan  pastki  nuqtasigacha  qadar  o„lchanadi.  Pastki  boldir 

nuqtasi ichki to„piq uchida joylashgan. 

Oyoq-panjaning uzunligi tovon va oxirgi nuqtalar orasidagi masofadir. Oyoq 

panjaning  uzunligi  antropometr  bilan  tovon  nuqtasidan  panjaning  eng  oldingi 

chiqqan  nuqtasi  “oxirgisi”  ga  qadar  o„lchanadi.  Bu  nuqta  ikkinchi  yoki  birinchi 

barmoqning  uchida  bo„ladi.  Oyoq-panja  balandligi  pastki  boldir  nuqtasidan 

polgacha bo„lgan masofaga teng  [17].

 

 

 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

59 


II BOB. MATERIAL VA METODIKA 

2.1. Tekshirish ob'ektlari 

Kuzatuvlar 2014 yilning yanvar oyida  Qarshi Olimpiada zahiralari kollejida 

tahsil olayotgan 14-17 yoshli 50 nafar kurashchi talabalar ustida olib borildi hamda 

ularning  kunlik  ovqat  ratsionidagi  ayrim  vitamin  hamda  makro-  va 

mikroelementlarning  miqdori  qay  darajada    ekanligi  o„rganildi.  Tadqiqot  ob'ekti 

sifatida  olingan  barcha  tekshiriluvchilar  bir  xil  iqlim  sharoitida  doimiy  TTJ  da 

yashaydigan  talabalardir.  Bu  ularning  kunlik  iste'mol  taomlari  tarkibidagi 

mikronutrientlar  miqdorini  tegishli  fiziologik  me'yorlarga  nisbatan  taqqoslab 

o„rganishda  muhim  ahamiyat  kasb  etadi.  Sportchilar  bajaradigan  kunlik  jismoniy 

yuklama  miqdori  taxminan  bir  xil  bo„lib,  bir  kunlik  jismoniy  yuklama  miqdori 

o„rtacha 1,5-2 soatni tashkil etadi. 

 

2.2. Tekshirish usullari 

Tekshirish  usullariga  keladigan  bo„lsak,  bunda  asosan  aholi  turli 

guruhlarining amaldagi ovqatlanishini o„rganishning eng qulay va ommabop usuli 

bo„lgan anketa-surov usulidan foydalanildi.  

 Shu bilan  birga  kurashchi  talabalarlarning  amaldagi  ovqatlanishiga  tegishli 

ba'zi ma'lumotlarni bilish mobaynida surov usulidan ham foydalanildi. 

Ma'lumki,  anketa-surov  usuli  bir  qator  afzalliklari  bilan  birga  ma'lum 

qiyinchiliklarga  ham  ega.  Bunda  tekshirilayotgan  talabalar  tomonidan  anketani 

to„g„ri to„ldirish paytida anchagina tushunmovchiliklar yuzaga kelishi mumkin. Bu 

holatning  oldini  olish  uchun  tekshiriluvchilar  orasida  avvalo  tushuntirish  ishlari 

olib  borildi.  Tushuntirishlar  mobaynida  anketani  to„ldirish  qonun-qoidalari  bilan 

birga  ushbu  tadqiqotning  maqsad  va  vazifalari,  bu  tadqiqotning  ularning  sihat-

salomatligini  saqlash  borasida  qanchalik  ahamiyat  kasb  etishi  xususida  ham 

tegishli ma'lumotlar berish ham inobatga olindi. 

Maxsus tayyorlangan anketalarda tekshiriluvchilar iste'mol qiladigan kunlik 

taomlarning  nomlari,  miqdori  va  sifati  qayd  etilishi  lozim.  Shuningdek,  



 

60 


anketalardan ovqatlanish bilan bog„liq boshqa savollar ham o„rin olgan. Anketalar 

tekshiriluvchilar  tomonidan  bir  hafta  davomida  to„ldirildi.  Bu  vaqt  davomida 

anketalarning  qay  darajada  to„g„ri  va  aniq  to„ldirib  borilayotgani  nazorat  qilindi, 

xatolar  to„g„rilab  turildi.  Anketalar  yig„ib  olingandan  so„ng,  undagi  ma'lumotlar 

tegishli  adabiyotlardan  foydalanib  qayta  ishlandi.  Tekshiriluvchilarning  kunlik 

ovqat  ratsionidagi  ayrim  vitamin  hamda  ma'danli  moddalar  miqdori  o„rganildi  va 

ma'lum  belgilangan  me'yorlar  bilan  solishtirib  ko„rildi.  Buning  uchun  har  bir 

tekshiriluvchining  bir  haftada  iste'mol  qilgan  oziq-ovqat  mahsulotlari  alohida-

alohida  jamlab  chiqildi.  Anketalarda  ko„rsatilgan  ovqatlarning  tarkibidagi 

masalliqlar  miqdori  tekshiriluvchilardan  olingan  ma'lumotlardan  va  oziq-ovqat 

mahsulotlari  bir  porsiyasining  o„rtacha  og„irligi  haqida  mavjud  ma'lumotlardan 

foydalanib aniqlanildi. 

  

Ma'lumotlar  jadval  shaklida  berilgan  bo‟lib,  100  g  mahsulot  tarkibidagi 



vitamin  va  ma‟danii  moddalarning  miqdori  keltirilgan.  Masalliqlar  miqdori 

aniqlanganidan  so„ng  har  bir  tekshiriluvchining  haftalik  va  kunlik  ovqat 

ratsionidagi  ayrim  vitamin  va  ma'danli  moddalar  miqdori  aniqlandi.  Bu 

ko„rsatkichlarni  aniqlashda  M.M.Skurixinning  «O  расчете  ценности  пищевых 

продуктов  питания  по  данным  таблиц  химического  состава»  (1987)  va 

V.I.Smolyarning «Рациональное питание» (1991) nomli kitoblari juda qo‟l keladi 

[27, 30]. 

Kuzatuv  ishlarimizda  A.I.  Zaychenko,  M.N.  Volgarev,  G.I.  Bondarev, 

V.Ya.Vissarionova  va  boshqalar  tomonidan  ishlab  chiqilgan  “  Методические 

рекомендации  по  вопросам  изучения  фактического  питания  и  состояния 

здоровья  населения  в  связи  с  характером  питания”  nomli  uslubiy 

qo„llanmasidan  keng  foydalanildi.  Ushbu  qo„llanmaning  muhim  jihati  shundaki, 

unda  aholi  barcha  guruhlarining  amaldagi  ovqatlanishini  o„rganish  uchun  kerakli 

tavsiyanomalar, jadvallar, anketadan namuna va boshqalar keltirilgan [17, 20, 21].

 

O‟rganilgan  mikronutrientlarga  nisbatan  talab  me‟yorlari  I.M.Kalinskiy, 



A.I.Pshendinlarning  «Рациональное  питание  спортсменов»,  M.N.  Volgarev  va 

 

61 


boshqalarning  «Особенности  питания  спортсменов»,  V.A.Rogozkin  va 

boshqalarning «Питание спортсменов» nomli qo‟llanmalaridan keng foydalanildi 

[8, 12, 25]. 

Olingan  natijalar  Windows

xp

  operatsion  tizimining  Microsoft  Excel  va 



Origin 6.1. dasturida statistik qayta ishlandi .  

Bo„y  uzunligi  –  bo„y  uzunligini  o„lchashda  qo„llaniladigan  bo„y 

o„lchagichlar  (rostomer)  alohida  ahamiyatga  ega.  O„lchash  harakatchan  taxtacha 

yordamida  amalga  oshiriladi.  Bunda  bo„yi  o„lchanayotgan  kishi  qaddini  tik  tutib 

turishi  kerak,  hamda  rostomerning  gorizontal  maydoniga  oyoqyalang  turib  uning 

vertikal ustuniga orqasi bilan turadi, qo„llarini tushiradi, oyoq panjalari bir-biriga 

yaqinlashtiriladi, tizzalar aslo bukilmaydi. Odam ana shunday vaziyatda turganidan 

keyin  antropometrning  taxtasi  yoki  rostomerning  suriladigan  plankasi  boshining 

eng yuqori nuqtasiga tushiriladi va millimetrga qadar aniqlikda o„lchanadi. 



Tana massasi – tana massasini o„lchashdan avval tarozi ko„rsatkichi “0” ga 

keltirib  olinadi.  Tana  massasi  tekshiriluvchi  faqat  ichki kiyimida  bo„lgan holatda 

o„lchanadi.  

Kurashilarning  tana  massasi  tibbiyot  tarozisi  yordamida  aniqlanadi.  Bu 

tarozi  yordamida  125  kg  gacha  bo„lgan  tana  massasini  aniqlash  mumkin  bo„lib, 

uning  aniqlik  darajasi  0,1  kg  ga  teng.  Tekshiriluvchilarning  tana  massasi  ichki 

kiyimda, hech qanday jismoniy faollik bajarilmagan paytda aniqlanadi. 

Ko„krak  qafasi  aylanasi  –  santimetr  lenta  yordamida  o„lchanadi.  Lenta 

qo„llar  yon  tomoniga  uzatilgan  holatda  kurakning  pastki  qirrasiga  qo„yiladi. 

Qo„llar  pastga  tushirilib  lenta  ko„krak  qafasi  o„rtasidan  aylantirib  birlashtiriladi. 

Xotin-qizlarda  lenta  ko„krak  bezlarning  ostidan,  o„g„il  bolalarda  esa  ko„krak 

bezlarining  ustidan  qo„yiladi.  Ko„krak  qafasi  aylanasi  o„lchanganda  lenta 

tekshiriluvchining  tanasiga  tegib  turishi,  biroq  chuqur  nafas  olishga  halaqit 

bermasligi, ko„krak qafasining erkin harakatiga imkon yaratish lozim. 

Ko„krak  qafasi  ekskursiyasi  –  ko„krak  qafasi  aylanasi  o„quvchilar  chuqur 

nafas  olgan  va  nafas  chmqargan  holatda  o„lchanadi.  Dastlab  erkin  nafas  olish 



 

62 


sharoitida ko„krak qafasi aylanasi o„lchandi. So„ngra maksimal nafas olish va nafas 

chiqarish  sharoitida  qayta  o„lchanadi.  Bu  ko„rsatkich  nafas  olish  apparatining 

rivojlanish darajasini bildiradi.  

Ketle indeksi – Ketle indeksi bo„y uzunligi va tana massasi ko„rsatkichlariga 

asoslangan  holda  aniqlanadi.  Ketle  indeksi  organizmda  energiya  muvozanatining 

qay darajada ta‟minlanayotganligini aniqlash uchun o„rganiladi.  

Ketle  indeksini  aniqlashda  bo„y  uzunligi  va  tana  massasi  to„g„ridan-to„g„ri 

o„lchanadi.  Natijaning  tana  uzunligiga  kamroq,  tana  massasiga  ko„proq  bog„liq 

bo„lishi  teri  ostidagi  yog„  qatlamiga  bog„liq.  Ketle  indeksini  topishda  quyidagi 

formuladan foydalaniladi:  

2

/



Q

k g

m

 



Bunda 

Q

  -  ketle  indeksi, 



k g

  -  tana  massasi, 

2

m

  -  bo„y  uzunligi.  O„smirlar 

uchun  Ketle  indeksi  kattaligining  meyor  darajasi  o„rtacha  18,5-25  deb  belgilash 

mumkin.  

Anketa  va uni tuldirish namunasi 

A  N  K  E  T  A 

1. Familiyasi,  ismi                                            

2. Yoshi 

3. Millati                                                             

4. Kasbi 

5. Manzilgohi 

6. Qanday mazali ovqatni xush ko„rasiz:  shur, shirin, achchiq (keraklisini tagiga 

chizing). 

7. Bir kunda necha marta ovqatlanasiz? 

8.  Qachon  ko„p  ovqat  yeysiz:  nonushta,  tushlik,  ikkinchi  tushlik,  kechki  ovqat 

keraklisini tagiga chizing. 

9. Buy uzunligi (sm). 

10. Tana og„irligi (kg).  

Ovqatlanish haqidagi ma'lumotlarni to„ldirish tartibi. 



 

63 


1. Dam olish kunlari hisobga olingan holda 7 kun davomida to„ldiring. 

2.  Iste'mol  qilingan  ovqatning  nomi  va  yeyilgan  miqdorini  aniq  qilib 

ko„rsating. Suyuq taomlar uchun stakanlar, choy qoshiq, osh qoshiq, kosa, tovoq, 

tarelka (to„liq yoki yarim), porsiyali ovqatlar uchun miqdor va og„irligi,  masalan, 

bir  dona  kotlet  -  75  g  va  hokazo,  kasha,  chakki  -  osh  qoshiq  miqdorida,  shakar, 

qand, shirinliklar choy qoshiq miqdorida, donalab, non bo„lakcha hisobida. 

3.  “Qo„shimcha  ovqatlanish”    grafasida  iste'mol  qilingan  narsalar  yoziladi, 

masalan, bitta olma, bir dona bodring, bir stakan choy va hokazo.  

kunla



Tar. 



raq 

Nonushta. 

Tarkibi va 

miqdori 


Tushlik. 

Tarkibi va 

miqdori 

2- tushlik. 

Tarkibi va 

miqdori 


Kechki ovqat. 

Tarkibi va 

miqdori 

Qo„shimcha 

ovqat. Tarkibi 

va miqdori 



 3 









 

 

 



 

 





 

 



 

 

 





 



 

 

 



 





 

 

 



 

 





 

 



 

 

 





 



 

 

 



 





 

 

 



 

 

                                         



 

 


 

64 


III BOB. OLINGAN NATIJALAR VA ULARNING TAHLILI   

3.1. Кurashilarda kunlik ovqatning kimyoviy tarkibi 

 

Ma'lumki,  kunlik  ratsion  bilan  qabul  qilingan  oziq  moddalarning  kimyoviy 

tarkibi  bo„yicha  xulosa  qilish  uchun  iste'mol  qilingan  ovqatdagi  mahsulotlarni 

hisoblab  chiqish  lozim.  Shu  nuqtai-nazardan  biz  o„tkazgan  kuzatuvlarda  iste'mol 

taomlaridagi oziq moddalarning turlari aniqlanib, bir tekshiriluvchi soniga o„rtacha 

chiqarildi.  Olingan  natijalar  ushbu  yoshdagi  kurashchilar  uchun  me'yor  qilib 

olingan  mahsulotlarning  miqdoriga  solishtirildi.  Bu  borada    O„zRSSV  sanitariya, 

gigiena  va  kasb  kasalliklari  ilmiy  tekshirish  instituti  xodimlari  tomonidan  ishlab 

chiqilgan  “Нормы  физиологических  потребностей  в  пищевых  веществах  и 

энергии  для  различных  групп  населения  Узбекистан  ”    nomli  hujjatdan 

foydalanildi [20,21]. 

Shundan  so„ng,  iste'mol  qilingan  ovqat  ratsionidagi  o„rganilgan 

mikronutrientlarning  miqdori  yuqorida  nomi  keltirilgan  ya'ni,  oziq-ovqat 

mahsulotlarining  kimyoviy  tarkibi  nomli  maxsus  jadvallardan  foydalanib 

aniqlanildi. 

 

3.2.Кurashilarda antropometrik ko‟rsatkichlar 

Yuqorida  ta'kidlanganidek,  biz  Qarshi  Olimpiada  zahiralari  kollejida  tahsil 

olayotgan 14-17 yoshli 50 nafar kurashchi talabalar ustida tekshirish ishlarini olib 

bordik.  Bu  tekshirishlarimiz  bir  qator  qiziqarli  natijalarni  qo„lga  kiritishimizga 

imkon yaratdi. Quyida olingan natijalarni jadval ko„rinishida keltirib o„tamiz. 



Download 0,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish