C vitamin-nordon mazali, rangsiz kristall modda. U suvda eriydigan
vitaminlar ichida qizdirishga eng chidamsizi hisoblanadi. Ovqat tayyorlash
jarayonida uning ko„p qismi kislorod ishtirokida parchalanib ketadi. Shuningdek, u
og„ir metallar-temir, mis, kumush va boshqalar tuzi ishtirokida ham oson
oksidlanib parchalanishi tezlashadi.
Askorbat kislota moddalar almashinuvida, ayniqsa oqsillar o„zlashtirilishida,
biriktiruvchi to„qimalarni normal holatda tutib turishda va tiklanishda muhim
ahamiyatga ega. Organizmda C vitamin yetishmasa, qon tomirlari devorining
o„tkazuvchanligi ortadi, tog„ay va suyak to„qimalari strukturasi buziladi, natijada
lavsha (singa) kasalligi ro„y beradi. Organizmda askorbat kislota hosil bo„lmaydi
va to„planmaydi. Organizm o„ziga zarur bo„lgan C vitaminni (kattalarning bir
kunlik ehtiyoji 60-108 mg, bolalarniki 30-70 mg) oziq-ovqatlar bilan olib turadi.
Organizmning unga bo„lgan kundalik ehtiyoji karam, kartoshka, ko„k piyoz,
pomidor va boshqalar hisobiga qondiriladi.
24
Askorbat kislota ko„k chuchuk qalampir, qizil qalampir, qora smorodina,
xren, qulupnay, shovul, limon, apelsin va boshqa ko„pgina o„simlik mahsulotlarida
anchagina miqdorda bo„ladi.Askorbat kislotaning tabiiy konsentrat na'matakdir
(100 g quritilgan na'matak mevasida 1500 mg gacha C vitamin bor .)
C
vitamin
gipovitaminozida
qon
tomirlari,
ayniqsa
kapillyarlar
o„tkazuvchanligi buzilib, teri ostiga qon quyilishi, milkdan qon ketishi kuzatiladi,
bu kasallik singa yoki skorbut kasalligi deb ataladi. Odam singa bilan
kasallanganda gialuronat kislota va maxsus oqsil-kollagen biosintezi ham buziladi.
Bu, o„z navbatida, suyak to„qimasining shikastlanishiga, tishlar mo„rt bo„lib,
tezdan tushib ketishiga sabab bo„ladi.
H vitamin (biotin) achitqilarning o„sishi uchun zarur bo„lgan ”bios” (hayot)
deb ataluvchi omilning komponentlarini o„rganish jarayonida Kyogl (1935 yili)
tuxum sarig„idan toza holda ajratib oldi. U 250 kg quritilgan tuxum sarig„idan 1,1
mg biotinni ajratgan. Bir necha yil o„tgach, bu modda kalamushlarni ham tuxum
oqining zaharli ta'siridan saqlaydigan noma'lum faktor H vitamin bilan bir xil
ekanligi aniqlandi. Hayvonlarda xom tuxum oqsilining zaharli ta'siri shundan
iboratki, ular boshqa tomondan mukammal dietada boqilgan taqdirda ham ortiqcha
tuxum oqi og„iz orqali berilsa, yallig„lanuvchi qizarish, butun tananing
qipiqlanishi, sochning to„kilishi va tirnoqlarning shikastlanishi bilan
xarakterlanuvchi maxsus dermatit paydo bo„ladi. Biotin odam va hayvonlar
ovqatining doimiy tarkibiy qismidir, ammo tuxum oqidagi avidin nomli
glikoproteid biotin bilan vitamin faoliyatiga ega bo„lmagan mustahkam biotin-
avidin kompleksini hosil qiladi. Natijada biotin oshqozon-ichak yo„lida so„rilmay
avitaminoz paydo bo„ladi. Biotinning kimyoviy tuzilishi asosida tiofen halqasi
bo„lib, unga siydikchil va yonshoxcha sifatida valerianat kislota qo„shilgan.
Tabiatda biotin hayvon va o„simlik to„qimalarida, asosan, bog„langan
shaklda topilgan. Achitqilarda u lizin bilan birikib, biotsitin hosil qilgan.
Bakteriyalarda uchraydigan destibiotin ham biotin kabi biologik samaraga ega,
chunki mikroorganizmlar bu moddadan biotinni sintez qila oladi. Biotin yog„lar
25
metabolizmida faol ishtirok etadi. Biotin hayvon mahsulotlaridan jigar va tuxum
sarig„ida anchagina bo„ladi. Odamlarning biotinga bo„lgan kundalik ehtiyoji 0,025
mg hisoblanadi, ammo u ovqat bilan maxsus kiritilishi shart emas, chunki
ichakdagi mikroorganizmlar faoliyati natijasida hosil bo„ladigan vitamin organizm
talabini to„la ta'min etib turadi [8, 13, 14, 15, 16, 26, 28, 29, 34, 37, 38, 40].
1.1.2. Sportchilarning ovqat ratsionidagi makro-va mikroelementlar
Ma'lumki, sportchilarning ratsional ovqatlanishini tashkil qilishda oqsillar,
yog„lar, karbonsuvlar bilan bir qatorda ma'danli moddalar muhim ahamiyatga ega.
Ma'danli moddalar odam organizmida hayotiy jarayonlarni boshqarib turuvchi
ko„plab biologik faol moddalarning tarkibiga kiradi (masalan, fermentlar yoki
gormonlar). Shunga ko„ra ma'danli moddalar taqchilligi yoki ularning me'yoridan
ko„pligi fermentlar yoki gormonlar ishtirokisiz o„tmaydigan kimyoviy
reaksiyalarning izdan chiqishiga va buzilishiga sabab bo„ladi. Bu holat esa turli-
tuman kasalliklarning paydo bo„lishiga olib keladi. Ushbu elementlar tufayli odam
organizmi bioelektrik faollikka ega bo„ladi. Masalan, miya, nerv hujayralari yurak,
oshqozon-ichak tizimi va muskullarning biotoklari tegishli elementlarning
guruhlanishidan paydo bo„lib, natijada organizmdagi qo„zg„aluvchanlik,
o„tkazuvchanlik jarayonlari yuzaga keladi.
Ma'danli moddalarning muhim jihati shundaki, ular hech qanday energetik
qiymatga ega emas. Shunga qaramasdan vujuddagi barcha tiriklik jarayonlari
ularsiz amalga oshmaydi. Iste'mol qilinadigan ovqat faqat sintetik yo„l bilan
olingan oqsillar, yog„lar va uglevodlardan tashkil topgan bo„lsa va u bilan
hayvonlar surunkali boqib borilsa, ular ozib-to„zib ketadi va uzoq yashamaydi.
Insonda ham uzoq vaqt turib qolgan, quyoshda quritilgan, ko„p qaynatilgan yoki
konservatsiya qilingan ovqatlar bilan oziqlanish oqsil, yog„, uglevodlar yetarli
miqdorda bo„lishiga qaramasdan, qator kasalliklarni yuzaga keltiradi, chunki
ularning tarkibida qayd qilingan ma'danli moddalar kishi ehtiyojini qondira
olmaydigan darajada oz bo„ladi. Shuni ham aytib o„tish joizki, har xil kasalliklarga
26
qarshi
ishlatiladigan
doridarmonlarning
aksariyat
qismi
ham
asosan
mikronutrientlar(vitamin va ma'danli moddalar) va ularning birikmalaridan iborat
bo„lib, ular birinchi navbatda vujudning u yoki bu moddaga nisbatan talabini
qondirish va me'yorlashtirishga qaratilgan bo„ladi. Mikronutrientlarning iste'mol
taomlarida tanqisligi hech qanday ochlik tuyg„usini keltirib chiqarmaydi va
aksariyat hollarda ularning ovqatda bor-yo„qligiga e'tibor berilmaydi. Bir vaqtning
o„zida bu moddalar barcha hayotiy jarayonlarda faol ishtirok etib, organizmda
ularga nisbatan ma'lum talab me'yorlari mavjud. Shu me'yorning buzilishi, ya'ni bu
moddalarning kerakligidan oz yoki ko„p qabul qilinishi tanadagi moddalar va
energiya almashinuvi, yurak va qon tomirlari, asab, endokrin, hazm tizimlari
faoliyatida, qon va boshqa biologik suyuqliklar tarkibida salbiy holatlarni yuzaga
keltiradi. Masalan, birgina marganets elementining ovqatda yetishmasligi bola
organizmining o„smasligiga olib keladi. Iste'mol taomlarida faqat marganetsning
yetarli bo„lishi aytib o„tilgan noxushliklardan sog„ayib ketishiga olib keladi. Xuddi
shuningdek, ichiladigan suv va yeyiladigan ovqatda temir, yod yoki rux
elementlarining yetishmasligi tegishli holda kamqonlilik, buqoq, saraton kabi og„ir
dardlarga olib keladi. O„rni kelganda shu narsani ham aytib o„tish joizki, Evropa
davlatlarida 65 yoshdan oshganlarga har kuni 5 g dan qo„shimcha rux elementi bor
preparat tavsiya qilinadi. Chunki rux ta'sirida tanadagi keksalik bois to„qima va
hujayralarning ortiqcha yemirilishi bartaraf qilinib, ertachi qarishning oldi olinadi.
Yoki sotuvdagi tuzlarning yodlanishi buqoq profilaktikasida muhim o„rin tutadi.
O„tkazilgan tadqiqotlar shu narsani ko„rsatadiki, ayrim biomikroelementlar,
masalan qo„rg„oshin tegishli yashash tarziga ko„ra, organizmga ko„p qabul qilinsa
bunday odamlar doim asabiylashgan, qahr-g„azabli, jinoyat sodir qilishga moyil
bo„lib qolar ekan. Shu tufayli ushbu elementning tanaga har xil yo„llar bilan
kirishini nazorat qilib, uning me'yoridan oshib ketmasligini ta'minlash muhim
ahamiyatga ega.
Mikronutrientlarga nisbatan tanqislik nafaqat qishloq joylarida, balki yirik
shaharlar aholisi orasida ham uchrab turadi. Ularning iste'mol taomlari tarkibida
27
ko„p miqdorda oqsil, yog„, uglevodlar bo„lganligi bois o„ta kaloriyali bo„lib, bir
vaqtning o„zida ovqatda ko„pgina makro- va mikroelementlar nisbatan kam va
organizm talabini yetarli miqdorda qondirmaydi.
Sportchilarlarning ovqat ratsionida ma'danli moddalardan birortasi
yetishmay qolishi natijasida ular organizmida qator kasalliklar yuzaga keladi.
Sportchi organizmining ma'danli moddalarga bo‟lgan talabi nisbatan ancha
yuqori bo‟ladi. Bu esa sportchilarning kun davomida ko‟p miqdorda jismoniy
mashqlar bilan shug‟ullanishlariga bog‟liq .
Sportchilar uchun birinchi navbatda fosfor, kalsiy, kaliy kabi ma'danli
moddalarning ahamiyati katta. Masalan, fosfor (P) organizmdagi asosiy energiya
manbasi hisoblangan ATF (adenozintrifosfat kislota) tarkibiga kiradi. Ma'lumki,
ATF organizm uchun universal energiya manbasi bo„lib hisoblanadi. Aynan ATF
tarkibida fosfor mavjudligi sababli uning yetishmasligi energetik muvozanatning
buzilishiga olib keladi. Qolgan ma'danli moddalar ham sportchi organizmining
normal faoliyati uchun juda muhimdir. Masalan, magniy nerv to„qimasidan
qo„zg„alishning o„tkazilishini yaxshilaydi, yod qalqonsimon bez faoliyatini
yaxshilaydi, rux miya faoliyatini va ruxiy faoliyatni takomillashtirish uchun kerak,
mis qon hosil bo„lishida qatnashadi va hokazo. Umuman olganda mikro- yoki
makroelementlarning birortasi yetishmay qolishi sportchi organizmi uchun salbiy
oqibatlarga olib keladi .
Shu narsani alohida ta'kidlab o„tish lozimki, bugungi kunda aholi orasida
ko„plab tarqalgan va keng miqyosda targ„ib etilayotgan biologik faol
qo„shimchalar ham aynan ma'danli moddalarga va vitaminlarga boy bo„ladi.
Biologik faol qo„shimchalarni ovqat bilan qo„shib berishdan asl maqsad ham
kishilarning ba'zi vitaminlar va ma'danli moddalarga bo„lgan talabini to„liqroq
qondirish va buning natijasida ularning ish qobiliyatini ko„tarish, sihat-
salomatligini mustahkamlash, tetikligini, baquvvatligini ta'minlash va boshqalardir.
Aynan sportchilar uchun ham biologik faol qo„shimchalarni keng ravishda qo„llash
28
mumkin. Chunki, odatda sportchilarning vitaminlar va ma'danli moddalarga
bo„lgan talabi ko„pchilik hollarda qondirilmaydi. Shu sababli sportchilarning
biologik faol qushimchalarni imkon qadar har kuni iste'mol qilib turishlari
maqsadga muvofiq bo„ladi.
Olimlar tomonidan o„tkazilgan tajribalarning natijalari shuni ko„rsatadiki,
biologik faol qo„shimchalarni ma'lum bir rejimga muvofiq sportchilarning ovqatiga
qo„shib berish ularning jismoniy qobiliyatlarini orttiradi. Shu tufayli ham
sportchilar uchun ko„pgina kerakli biologik faol qo„shimchalarni kunlik ratsion
bilan qabul qilish tavsiya etilmoqda. Bunday biologik faol moddalarning eng
muhim xususiyatlaridan biri shundaki, ular tarkibidagi ma'danli moddalar va
vitaminlar tabiiy toza holda bo„ladi. Shu sababli bunday moddalarning ta'sir doirasi
keng va ularning salbiy oqibatlari yo„q. Sportchilar bunday biologik faol
moddalarni faqat musobaqalardan oldin yoki trenirovka jarayonida emas, balki
doimiy ravishda iste'mol qilib yurishlari maqsadga muvofiq.
Ko„pgina tajribalar shuni ko„rsatadiki, ma'danli moddalarga boy bo„lgan
oziq moddalarni, qolaversa, biologik faol qo„shimchalarni kunlik ratsion bilan
qabul qilish sportchilarning ish qobiliyatini, ish unumdorligini orttiradi. Sportchida
charchash hissi kechroq paydo bo„ladi, tiklanish jarayonlari tezlashadi va hokazo.
Bizning sharoitimizda sportchilarning ma'danli moddalarga bulgan talabini
qondirishda asosiy omil bu ko„katlar, piyozlar, sabzavotlar, yangi uzilgan mevalar
va boshqalardan keng foydalanishdir. Bunday mahsulotlar tarkibida mineral
moddalar mo„l bo„ladi. Umuman olganda ma'danli moddalar ikki guruhga makro-
va mikroelementlarga bo„linadi [2, 3, 5, 6, 8, 9, 12, 14, 19, 23, 28, 31, 36, 39, 40,
43].
1.1.2.1. Sportchilarning ovqat ratsionidagi makroelementlar
Tirik organizmlarda 60 ga yaqin turli elementlar topilgan, bu
elementlardan, miqdor jihatdan C, H, N, O tananing asosiy qismini (96%) tashkil
29
etsa, kalsiy va fosfor 3% ga to„g„ri keladi. Qolgan 1% hisobiga barcha elementlar
kirib, ular ichida kalsiy, magniy, natriy, kaliy, fosfor, oltingugurt, xlor nisbatan
ko„proq miqdorda uchraganligi uchun bu elementlarni makroelementlar deb
ataladi.
Natriy massa jihatdan yer po„stining 2,64% ni tashkil qiladi. Natriy
tabiatda faqat birikma (tuzlar) holida uchraydi. Natriy o„simliklar (bo„ymodaron,
dengiz o„ti) tarkibida ham bor. Odam va hayvonlar organizmida birikmalar holida
bo„ladi. Masalan, natriy ionlari odam qoni plazmasida 0,32%, suyakda 0,6%,
muskul to„qimasida 0,6-1,5% ni tashkil qiladi. Bu biogen element tanadagi barcha
hujayra, to„qimalar hamda biologik suyuqliklar tarkibida mo„l bo„lib, u asosan osh
tuzi, ya'ni natriy xlor ko„rinishida ovqat va ichiladigan suv bilan qabul qilib
turiladi. Organizmdan bir sutkada siydik bilan 3-6 g natriy chiqib ketadi. Natriy
tuzlari kishi organizmi ichki muhitining barqarorligini ta'minlaydi, suv
almashinuvida faol qatnashadi. Oziq-ovqat mahsulotlarida natriy kam bo„ladi.
Natriy organizmga asosan osh tuzi orqali o„tadi. Katta yoshdagi kishilar bir kunda
15 g.gacha osh tuzi iste'mol qiladi va organizmdan shuncha miqdorda chiqib
ketadi. Ammo organizmga zarur natriy miqdorini ancha cheklash mumkin.
Organizmga kiritiluvchi natriy 2-2,5 g kamaytirilsa, dastlab 2 kunda natriy balansi
manfiy bo„ladi, so„ngra natriy chiqishi kamayib, muvozanat vujudga keladi.
Organizmga natriy tuzlari ortiqcha kiritilsa zaharlanish alomatlari paydo
bo„ladi. Bolalarning tana temperaturasi ko„tarilishi mumkin, bu tuz isitmasi deb
ataladi. Tana temperaturasining ko„tarilishiga sabab shuki, modda almashinuvi
kuchayadi. Masalan, katta yoshli kishi organizmiga 9 g natriy kiritilsa, modda
almashinuvi 20% ortadi. Natriy organizmdan asosan (kiritiladigan jami natriyning
45 foizgachasi) siydik bilan chiqadi. Natriy ter bezlar orqali kamroq chiqadi.
Ammo tashqi muhit temperaturasi oshganda natriy ter bilan ko„proq chiqishi
mumkin. Shu sababli tashqi temperatura ortganda natriy xloridning gipertonik
eritmasini iste'mol qilish terlashni, organizmning natriy va suv yo„qotishini keskin
darajada kamaytira oladi. Issiq kunda uzoq yo„lga chiqishdan oldin va issiq
30
sexlarda ishlaganda 10-15 g natriy xlorid iste'mol qilish yaxshi natija beradi, degan
ma'lumotlar mavjud.
Shuni alohida ta'kidlab o„tish o„rinliki, sportchilar organizmi uchun natriy
elementining axamiyati juda katta. Birinchidan, ko„p terlash bilan amalga
oshiriladigan jismoniy faollik natriyga bulgan talabni keskin oshiradi. Zero ter
bilan birga kup mikdorda natriy elementi ham yukotiladi. Buning ustiga
sportchilarda ichki muxitning doimiy ravishda uzgarib turishi, xususan jismoniy
mashklar ta'sirida kon tarkibining uzgarishi va boshkalar natriyning sportchi
organizmi uchun axamiyatini yanada oshiradi.
Kaliy kimyoviy jihatdan faol metall, tabiatda sof holatda uchramaydi.
Minerallar(dala shpati, slyuda, silvinit, karnallit, kainit va boshqalar) tarkibida
uchraydi. Kaliy inson va hayvon organizmi uchun muhim biogen elementlardan
hisoblanadi. U tabiatda keng tarqalgan, yer po„stidagi miqdori og„irlik jihatidan
2,41% ni tashkil etadi. Bu elementning muhim tomoni shundan iboratki, u
organizmdagi barcha «yumshoq» to„qimalarning me'yoriy ishlashini ta'minlaydi
(miya, buyrak, oshqozon-ichak, jigar, ichki sekretsiya bezlari, tana va yurak
muskullari)
Kaliy ko„pgina o„simlik mahsulotlarida ancha mo„l uchraydi. Bulardan
loviya, no„xat, kartoshka, sholg„om, olma, zardoli, qaroli, sarimsoq va boshqalar.
Shu bilan birga, u ayrim hayvon mahsulotlarida ham masalan, mol go„shti (241
mg/100 g), baliq (162 mg/100 g), sutda (127 mg/100 g) serob bo„ladi. Odatda,
odam kundalik iste'mol qiladigan ovqati bilan o„ziga yetarli bo„lgan kaliyni yig„ib
oladi. Odatda kaliyga bo„lgan sutkalik talab 3-6 g. atrofida, lekin kaliyga bo„lgan
talab natriyni (osh tuzini) ko„p iste'mol qilish bilan oshib ketadi. Natriy bilan
kaliyning iste'mol qilishdagi nisbati 2:1 bo„lishi lozim, ya'ni ikki hissa natriyga bir
hissa kaliy to„g„ri kelishi kerak. Bu nisbat buzilganidan keyin ko„pchilik
to„qimalarda me'yoriy almashinuv jarayonlari buzilib u yoki bu a'zolarda shish
paydo bo„ladi. Chunki, tanada natriy ko„paysa, uning suvni ushlab qolish
31
xususiyati yuqori bo„lganligi tufayli to„qimalar orasida suyuqliklar miqdori oshib
suvli shish paydo bo„ladi. Bunday paytlari kaliyga boy mahsulotlardan ko„proq
iste'mol qilish, kasallangan a'zoga kaliyga ancha boy bo„lgan aralashma-asal
qo„shilgan olma sirkasini surtish kerak.
Kaliy almashinuv jarayonlari nuqtai nazaridan natriyning ontogenisti
hisoblanganligi uchun u qanchalik tanada ko„paysa, natriy shunchalik ajratish
a'zolari orqali tashqariga ko„p miqdorga chiqarib yuboriladi. To„qimalarda
natriyning kamayishi bilan oshiqcha suyuqlik ham bartaraf qilinadi. Ushbu usuldan
tanada paydo bo„lgan shishlarni, yallig„lanishlarni yo„qotishda yaxshigina
foydalansa bo„ladi. Buning uchun, yuqorida qayd qilinganidek, olma sirkasiga asal
qo„shib og„rigan joyga surtish va har kuni 1 stakan suvga 1 choy qoshiq sirka va
shuncha asal qo„shib ichib turish kerak (kun uzog„iga bunday aralashmadan 3-4
stakan ichiladi). Kaliyning tanaga tegishli miqdorda qabul qilib turilishi tomirlarda
natriy tuzlarining cho„kma bo„lib to„planishini va shu yo„l bilan skleroz
kasalligining oldini olishni ta'minlaydi.
Yuqorida bayon qilinganlardan aytish mumkinki, tuzlangan narsalarga o„ch
bo„lib, tanada natriy miqdorini me'yoridan oshirmaslikka harakat qilish lozim.
Bordi-yu u yoki bu sabablarga ko„ra shunday holat ro„y bersa kaliyli
mahsulotlardan ham ko„proq iste'mol qilishga o„tish lozim. Kaliy birikmalari
fotoelementlar tayyorlashda, sintetik kauchuk, shisha, sovun va boshqa ishlab
chiqarishlarda, o„g„it sanoatida, yadro texnikasida, tibbiyotda ishlatiladi. Odam
aralash ovqat yeb turganda organizmi sutkasiga qariiyb 2-3 g kaliy oladi, ovqatga
o„simlik mahsulotlari, jumladan kartoshka solinsa, organizmga kiruvchi kaliy
miqdori ancha ortadi. Kaliyni siydik bilan chiqishini kuchaytiruvchi ba'zi dorilar
ta'sirida qondagi kaliy kamayadi (gipokaliemiya). Gipokaliemiya oqibatida
miokardning qisqarish funksiyasi buzilishi mumkin.
Kalsiy ishqoriy yer metallarga kiruvchi element hisoblanadi. Yer po„stida
tarqalganligi jihatidan beshinchi o„rinda (O, Si, Al, Fe dan keyin) turadi, massasi
32
jihatidan 3,38% ni tashkil qiladi. Tabiatda faqat minerallar (400 ga yaqin) holida
uchraydi. Kalsiy birikmalari tabiatdagi tog„ jinslari, suvlar va tuproq tarkibida ham
bor. Kalsiy biogen elementlardan biri bo„lib, o„simlik, odam va hayvonlar
suyagining asosini tashkil etadi. Bu ma'danli modda ham natriy, kaliy kabi, asosan
ionlar, ko„rinishida qabul qilinadi. Tanadagi kalsiyning 99% i suyaklar, tishlar va
tirnoqlar tarkibida bo„ladi, qolgan 1 % qon va boshqa biologik suyuqliklarda
hamda «yumshoq» to„qimalarda uchraydi. Lekin, kalsiyning ahamiyati faqat
suyaklar va tishlarning to„g„ri shakllanishi bilan cheklanib qolmasdan, u qon hosil
bo„lishi va ivishi jarayonida, nerv va muskullardagi qo„zg„aluvchanlik, hujayra
membranasida kuzatiladigan o„tkazuvchanlik jarayonlarida faol qatnashadi. Katta
yoshdagi odamlar vaznining 1,4-2 foizi kalsiydan iborat. Umuman olganda hozirgi
kunda kalsiyga bo„lgan sutkalik talab o„rtacha 800 mg.ni tashkil qiladi, yosh
bolalar va keksa odamlarda bu ko„rsatgich 1000-1200 mg.gacha bo„ladi. Yosh
bolalarda suyaklarning o„sishi uchun qo„shimcha kalsiy zarur bo„lsa, keksa kishilar
oshqozon-ichak yo„lida kalsiy so„rilishi sekinlashganligi bois, undan ko„proq
iste'mol qilib turish kerak. Kalsiyga boy mahsulotlarni tanlab organizmning unga
bo„lgan ehtiyojini qondirib borish mumkin. Kalsiy sut, qatiq, pishloq tarkibida ham
anchagina bo„ladi. Iste'mol taomlari bilan qabul qilinadigan kalsiy kerakligidan
kam bo„lsa yoki uning oshqozon-ichak tizimidan qonga so„rilishi pasaysa,
suyakdagi kalsiy qonga chiqaverib, skelet suyaklari g„alvirsimon bo„lib qoladi.
Bunday suyak mo„rt bo„lib, sal-pal zarba ta'sirida tez sinadi. Bu holatni, ayniqsa,
keksa odamlarda ko„p kuzatish mumkin, chunki ularda yuqorida aytganimizdek,
kalsiyning qonga so„rilishi ancha sust bo„ladi. Kalsiyning o„z vaqtida tanaga
yaxshi singishi uchun fosfor, vitaminlardan D, C, B
9
lar kerak. Shuning uchun
organizmni kalsiyga boyitishda bu vitaminlarning ham taomlarda tegishli darajada
bo„lishini ta'minlash lozim. Kalsiy ichimlik suvi bilan ham qabul qilib turiladi. Bu
borada, ayniqsa, «qattiq» suv (quduq va buloq suvi) muhim ahamiyatga ega. Uning
tarkibida kalsiy ko„p bo„ladi. Shuning uchun ichishga «yumshoq» suvdan ko„ra
«qattiq» suv ma'qul. Statistik ma'lumotlar shu narsani ta'kidlaydiki, «qattiq» suv
33
ichib yuradigan odamlar orasida yurak xastaliklari bilan kasallanganlar kam bo„lar
ekan. Buning mohiyati shundaki, «qattiq» suv tarkibidagi kalsiy va fosfor yog„li
ovqatning salbiy tomonini bartaraf qilishda faol qatnashadi. Gap shundaki, bunday
suvdagi kalsiy va fosfor ovqatdagi to„yingan yog„ kislotalari bilan (hayvon
yog„lari) aralashib, sovunlashuv hosil qiladi, sovun esa organizmga so„rilmasdan
chiqarib yuboriladi. Shuning uchun ham yog„li ovqat yeyilib (ayniqsa hayvon
yog„i bilan tayyorlangan ovqatlar) ustidan «qattiq» suv ichilsa, tanada xolesterin
ko„payishi, qon bosimining ko„tarilishi, semirish holatlarining oldi olinadi.
Kalsiyga bo„lgan extiyojni qondirish uchun har kuni ovqatdan oldin har xil ko„kat
va sabzavotlardan tayyorlangan salat, meva-chevalardan yeb turish va haftada
ikki-uch marta yong„oq, bodom, o„rik mag„zidan iste'mol qilish tavsiya qilinadi.
Qonda kalsiyning kamayib ketishi markaziy nerv sistemasi quzg„aluvchanligining
susayishiga va oqibatda tirishish xurujiga (tetaniya) sabab bo„ladi. Organizmda
kalsiy almashinuvining xarakterli tomoni shundaki, agar u organizmga oziq-ovqat
bilan yetarli miqdorda kirib turmasa ham organizmdagi zahirasi hisobiga o„rni
avvalgidagidek to„lib turadi. Kalsiy organizmda uzoq vaqt yetishmaganda kalsiy
yetishmovchiligi kelib chiqadi. Kalsiy tuzlari ko„p miqdorda iste'mol qilinganda,
ichakdan ortiqcha miqdorda so„rilganda, bo„yrak orqali chiqib ketish miqdori
kamayganda qon plazmasida kalsiy miqdori ko„payadi, natijada organizmda
giperkalsiemiya rivojlanadi. Bu juda og„ir sharoitlarda turli to„qima va organlarda
kalsinoz (kalsiy to„planishi) ga sabab bo„ladi. Giperkalsiemiya ko„zning
kasallanishiga, hatto ko„z muguz pardasining kalsiylanishiga olib kelishi mumkin.
Giperkalsiemiya vitamin D ni ko„p iste'mol qilishdan ham kelib chiqishi
mumkin. Bunda ichakdan kalsiy so„rilishi keskin oshib ketishi oqibatida kishining
ishtahasi yo„qoladi(bolalar o„sishdan to„xtab qoladi), ichi ketadi, qusadi va boshqa
og„riqlar paydo bo„ladi.
O„sayotgan organizmning oziq-ovqat orqali kirib turadigan kalsiy va fosfat
tuzlariga ehtiyoji katta bo„ladi. Bunda ayni moddalarning yetarli miqdorda bo„lib
34
turishigina emas, balki ularning oziq-ovqatda to„g„ri nisbatda bo„lishi ham muhim
ahamiyatga ega. Kalsiy bilan fosfat tuzlarining miqdori 1:2 nisbatda bo„lishi kerak.
Bu nisbat o„zgarganda kalsiy bilan fosforning almashinuvi buziladi, natijada katta
yoshdagi kishilarda osteoporoz(suyak yumshashi) va boshqa suyak kasalliklariga
sabab bo„ladi. Katta yoshdagi kishilarning kalsiyga bo„lgan bir sutkalik ehtiyoji
800 mg.
Sportchilarning kalsiy elementiga bo„lgan ehtiyojini qondirish uchun har
kuni ovqatdan oldin har xil ko„kat va sabzavotlardan tayyorlangan salat, meva-
chevalardan yeb turish va xaftada ikki-uch marta yong„oq, bodom, o„rik mag„zidan
iste'mol qilish tavsiya qilinadi.
Sportchilar uchun kalsiyning ahamiyati juda katta. Kalsiy sportchilar
organizmida faol kechadigan muskullar qisqarishida bevosita ishtirok etadi, ya'ni
aktin va miozinning qisqarishi kalsiy bilan bog‟liq. Shu sababli sportchilar
organizmida kalsiy yetishmasligi jiddiy oqibatlarga olib keladi. Buning ustiga
ko‟pgina sport turlarida suyaklarning mustahkamligiga e'tibor qaratiladi. Bu esa
kalsiy elementining me'yorida bo‟lishini taqazo qiladi. Sportchilar doimiy ravishda
kalsiy qabul qilib turishlari uchun sut va sut mahsulotlaridan yetarli miqdorda
iste'mol qilishlari maqsadga muvofiq.
Do'stlaringiz bilan baham: |