4 - jadval.
Tekshiriluvchilarning antropometrik ko‟rsatkichlari haqida ma'lumot.
№
Talabalarning ismi, sharifi
Yoshi
Bo‟y
uzunligi
Tana
massasi
Ketle
indeksi
1. Qurbonov Sobir
16
1,50
47
20,8
2. Rasulov Jamol
15
1.40
50
25,5
3. Sherbo‟tayev Akrom
16
1,33
43
24,4
65
4. Valiyev Ihtiyor
15
1,60
51
19,9
5. Hamidov Obid
16
1,30
46
27,2
6. Karimov Shuhrat
16
1,50
53
23,5
7. Usmonov Meyliqul
15
1,58
44
17,6
8. Yusupov Shahobiddin
16
1,48
49
22,27
9. Fayzullayev Qosim
16
1,35
45
24,7
10. Cho‟liyev Olim
15
1,35
41
22,5
11. Maxmudov Sobit
15
1,58
46
18,4
12. Beknazarov Davron
16
1,36
44
23,9
13. Boybo‟tayev Islom
16
1,42
50
24,8
14. Elmirzayev Ilhom
16
1,50
47
20,8
15. Kucharov Bahrom
15
1,62
46
17,6
16. Islomov Obid
16
1,51
51
22,3
17. To‟xtayev Bobur
16
1,50
53
23,5
18. Malikov Botir
15
1,64
46
17,0
19. Sultonov Bekzod
16
1,50
47
20,8
20. Toshpo‟latov Ikrom
15
1,60
47
18,3
21. Axmedov Bekzod
16
1,48
49
22,27
22. Karimov Oybek
16
1,35
45
24,7
23. Xamroyev Azamat
16
1,15
42
31,8
24. Aliqulov Anvar
16
1,50
47
20,8
25. Boboqulov Bobir
15
1.40
50
25,5
26. Tojiev Ikrom
15
1,25
46
29,4
27. Maxmudov Sarvar
15
1,60
51
19,9
28. Samadov Ilhom
16
1,68
55
19,5
29. Rizaqulov Muhiddin
15
1,45
52
24,7
30. Isayev Jamshid
15
1,54
41
12,2
31. Jo‟rayev Turg‟un
16
1,68
50
17,7
32. Mansurov Bekmurod
16
1,75
57
18,6
33. Toshev Asliddin
16
1,54
58
24,4
34. Jumayev Ulug‟bek
16
1,25
46
29,4
35. Boboyev Farrux
16
1,30
43
26,
36. Nurimov Salim
16
1,47
40
18,5
37. Karimov Odil
15
1,35
41
22,5
38. Qo‟ziyev Baxtiyor
15
1,58
46
18,4
39. Aslonov Sherzod
16
1,36
44
23,9
40. Mamatov Tohir
16
1,42
50
24,8
41. Daminov Omon
16
1,20
48
33,3
42. Bekmurodov Azamat
16
1,33
43
24,4
43. Shodiyev Husniddin
16
1,28
47
28,8
44. Quyliev Latif
16
1,53
42
17,9
66
45. Boboqulob Murod
15
1,49
51
22,9
46. Muzzafarov Ulfat
16
1,52
47
20,3
47. Davronov G‟anisher
15
1,65
39
14,3
48. Ibodov Gulbek
16
1,63
42
15,8
49. Aliqulov Samandar
16
1,51
51
22,3
50. Toshev Mirjahon
16
1,50
53
23,5
Tekshiriluvchilardan olingan antropometrik o„lchamlardagi bo„y uzunligi va
tana og„irligining miqdoriga qarab Ketle indeksi topildi. 3 - jadvaldagi Ketle
indeksiga ko„ra 18,5 dan past ko„rsatkich surunkali energiya taqchilligining I -
darajasi va kam tana og„irligi deb, 18,5 dan 25 gacha esa me'yoridagi tana og„irligi
deb, 25 dan 30 gacha semirishning I darajasi deb, 30 dan 40 gacha semirishning II
darajasi deb, 40 dan yukorisi III darajasi deb qabul qilingan [10,22, 24].
Olingan natijalarga ko„ra, 22 foiz talabalarnig tana massasi me'yoridan
kamligi, 64 foiz talabalar tana massasi me'yorida ekanligi va 14 foiziniki esa tana
massasi me'yoridan ko„p ekanligi aniqlandi.
22
64
14
0
10
20
30
40
50
60
70
tana massasi me'yoridan
kam
tana massasi me'yorida tana massasi me'yoridan
ko'p
1-rasm. Qarshi Olimpiada zahiralari kollejida tahsil olayotgan kurashchi
talabalarning Ketle indeksininmg foizlarda ifodalanishi.
67
Bu natijani absolyut raqamlarda ifodlaydigan bo„lsak, tekshiruv olib
borilgan 50 ta sportchidan 11 tasining tana massasi me'yoridan kam, 32 tasining
tana massasi me'yorida va 7 tasining tana massasi me'yoridan ko„pligi aniqlandi.
3.3. Kurashilarning kunlik ovqatidagi mikronutrientlar
Ma'lumki, kishilarning ovqat ratsionida asosiy oziq moddalar (essensial oziq
moddalar), ya'ni, oqsillar, yog„lar va uglevodlardan tashqari organizmda
kechadigan qator metabolitik jarayonlar uchun qo„shimcha oziq moddalar, ya'ni
vitaminlar va mineral moddalarning ham ma'lum miqdorda hamda nisbatda
bo„lishi muhim. Aqliy mehnat bilan shug„ullanuvchi kishilar tomonidan aqliy
jihatdan ko„p yuklamalar bajarilishi inobatga olinsa, essensial oziq moddalar
hamda mikronutrientlarning iste'mol taomlari tarkibida yetarli miqdorda bo„lishi
juda muhimdir.
Mikronutrientlarga bo„lgan me'yoriy talab asosiy oziq moddalarnikiga
nisbatan kam miqdorda bo„lsada, ularning kunlik ovqat bilan doimiy iste'mol qilib
turilishini, birinchidan, ularning organizmda mustaqil holda sintez qilinmasligi
(vitamin D bundan mustasno), ikkinchidan, hozirgi paytda mavjud bo„lgan
ekologik disbalans tufayli vitaminlar va mineral moddalarga bo„lgan me'yoriy
talablarning o„zgarib turishi bilan tushuntirish mumkin.
Quyida Qarshi Olimpiada zahiralari kollejida tahsil olayotgan 14-17 yoshli
50 nafar kurashchi talabalarning kunlik ovqat ratsionidagi ayrim vitaminlar va
ma'danli moddalar bilan ta'minlanishi borasidagi ma'lumotlarni keltiramiz .
3.3.1. Vitaminlar
Qarshi Olimpiada zahiralari kollejida tahsil olayotgan kurashi talabalarning
vitaminlar bilan qay daraja ta'minlanganligi 5-jadval va 2-rasmda keltirilgan.
Unga ko„ra vitamin A bilan ta'minlanishi me'yorga nisbatan sezilarli
darajada past bo„lib, bu ko„rsatkich tegishli holda me'yordagi 2,4 mg o„rniga
68
0,41±0,04 mgni tashkil qildi. Bunday taqchillikni foizlarda ifodalaydigan bo„lsak,
ushbu mikronutrientga bo„lgan talab atigi 17% ga qondirilgan xolos.
Bunday taqchillikni birinchidan, o„tkazilgan kuzatuvlarning yanvar ya‟ni
qish fasliga to„g„ri kelganligi, qaysikim, iste'mol qilinadigan o„simlik
mahsulotlarida karotinoidlarning nihoyatda kamayib ketishi bilan, ikkinchidan,
ushbu vitamin serob bo„lgan baliq va baliq mahsulotlarining sportchilar
tomonidan kam iste'mol qilinganligi bilan izohlanadi.
5-jadval
Qarshi Olimpiada zahiralari kollejida tahsil olayotgan kurashchi
talabalarning ovqat ratsionidagi ayrim vitaminlar miqdori
№ O‟rganilgan vitaminlar
Me‟yor
Olingan
natija
Me‟yorga nisbatan farqi
Absolyut
raqamlarda
Foizlarda,%
1. A (retinol, mg)
2,4
0,41±0,04
-1,99
-83
2. E (tokoferol, mg)
24
33,6±0,28
+9,6
+40
3. B
2
(ribovlafin, mg)
3,7
1,9±0,03
-1,8
-49
4. B
12
(siankobalamin,mkg)
4,0
0,68±0,03
-3,32
-83
Izoh
:
(bu va bundan keyingi jadvallarda) tajriba guruhining nazorat guruhidan pasayishi
“-”, ko„payishi ”+” belgilari bilan ko„rsatilgan
Xuddi shuningdek, vitamin B
12
ning ham ancha tanqisligi kuzatiladi.
Chunonchi, ushbu yoshdagi kurasahilardalarda unga bo„lgan talab 17 foizga
qondirilganligi ma‟lum bo‟ldii. Bu degani iste'mol taomidagi B
12
vitaminning
miqdori me'yorga nisbatan 3,32 mgga kam ekanligini ko„rsatadi. Bunday holatni
kurashchilarning kunlik iste'mol taomlari tarkibida B
12
vitaminga boy
mahsulotlarni, ayniqsa
hayvon mahsulotlaridan go„sht, tuxum, sut va
qatiqlarning yetarli darajada qabul qilmaganliklari bilan tushuntirish mumkin.
Sianokobalamin (B
12
vitamini) yetishmaganda nuklein kislotalari sintezining
sekinlashishi va buning asosida megaloblastik qon ishlab chiqaruvchi giperxrom
69
anemiyaning rivojlanishi kuzatiladi. Ushbu vitamin yetishmasligida metil
guruxlarining sintezi va uning metionin hamda xolin hosil bo„lishida
rag„batlantiruvchi sifatida ishtiroki tufayli jigarning yog„li distrofiyasi rivojlanadi.
Folat kislotasining yetishmovchiligi megaloblastik anemiyaning rivojlanishiga olib
keladi, chunki uning almashinuvi sianokobalamin almashinuviga bevosita bog„liq.
0
20
40
60
80
100
120
140
retinol
tokoferol
ribovlavin
siankobalamin
%
me'yor
natija
2-rasm. Qarshi Olimpiada zahiralari kollejida tahsil olayotgan
kurashchi talabalarning ovqat ratsionidagi ayrim vitaminlar miqdorining
foizlarda ifodalanishi.
Bunday taqchillik suvda eriydigan vitaminlar guruhiga kiruvchi B
2
vitamin
misolida ham ko„rish mumkin. B
2
vitaminga bo„lgan talab 51 foizga
qondirilganligi aniqlanildi. Riboflavin (B
2
vitamini) yetishmovchiligiga ayni
vaqtda ovqatda oqsillar va nikotin kislotasining yetishmovchiligi sabab bo„ladi.
Bunda karbonsuvlar hamda oqsillarning oksidlanish sur'ati pasayadi, bu esa klinik
tomondan til, lablarning yallig„lanishi, yorug„likka qaray olmaslik, muskullarning
kuchsizlanishi bilan ifodalanadi.
Kurashchilarning iste‟mol taomlaridagi E vitaminning miqdori me'yorga
nisbatan ko‟pligi kuzatildi. Unga ko„ra bu ko„rsatkich me'yordagi 24 mg o„rniga
70
33,6±0,28 mgni tashkil qildi. Agar uni absolyut raqamlarda ifodalaydigan bo‟lsak,
9,6 mg ortiq E vitamin iste‟mol qilinganligi namoyon bo‟ladi.
Kurashchi talabalarning ovqat ratsionida
E vitaminning bunday darajada
ko‟p bo‟lishini iste‟mol taomlaridagi deyarli barcha mahsulotlarida ushbu
vitamin mavjudligi bilan izohlash mumkin.
E vitamin yana bug„doy va boshqa donlarning kepagida ham ko„p bo„ladi.
Yanchilgan bug„doydan qilingan ovqat (yorma) bu o„rinda ayni muddao.
Kepagi to„liq ajratib olingan, oliy nav unlarda bu vitaminning izini ham topib
bo„lmaydi.
Quyidagi 6-jadvalda vitamin E uchraydigan mahsulotlar haqida ma'lumot
keltiramiz.
6-jadval
Vitamin E ning manbalari (100 g da mg hisobida)
Mahsulotlarning nomi
Tokoferol miqdori
2-nav bug„doy unidan qilingan non
3,30
Grechka yormasi
6,65
Qaymoq
0,16
Pishloq
0,34
Mayonez
32,0
Sabzi
0,63
Qalampir
0,67
Ismaloq
2,50
Zardoli
0,95
Shaftoli
1,50
Olma
0,63
Chakanda (oblepixa)
10,30
Itburun
1,71
Yong„oq
23,0
Mol jigari
1,38
Tovuq tuxumi
2,0
71
3.3.2. Ma'danli moddalar
Keyingi 7-jadval va 3- rasmda Qarshi Olimpiada zahiralari kollejida tahsil
olayotgan kurashi talabalarning ayrim ma'danli moddalar bilan ta'minlanishi
borasidagi ma'lumotlarni keltiramiz .
7-jadval
Qarshi Olimpiada zahiralari kollejida tahsil olayotgan kurashchi
talabalarning ovqat ratsionidagi ayrim ma'danli moddalar miqdori.
№ O‟rganilgan ma'danli
moddalar
Me‟yor
Olingan
natija
Me‟yorga nisbatan farqi
Absolyut
raqamlarda
Foizlarda,%
1. Kaltsiy, mg
1400
665,6±4,0
-735
-52,5
2. Fosforl, mg
1800
2548,0±15,1
+748
+41,5
3. Magniy, mg
500
771,3±3,56
+271
+54
4. Temir, mg
32
18,8±0,12
-13,2
-42
5. Rux, mg
20
19,7±0,09
-0,3
-1,5
6. Yod, mkg
200
81,0±0,93
-119
-59,5
Olingan natijalar shuni ko„rsatdiki, to„qima va hujayralarni o„z vaqtida
yangilanib turishi hamda qator biofaol moddalarning hosil bo„lishi uchun zarur
bo„lgan makroelementlardan Ca tekshiriluvchilar kunlik ovqatidagi miqdori
me'yorga nisbatan 52,5 foizga kamligi aniqlanildi. Ularning ovqati tarkibidagi
fosfor va magniyning miqdori esa me'yordagi 1800 va 500 mg o‟rniga mos
ravishda 2548,0±15,1 va 771,3±3,56 mg ni tashkil etdi. Bu me'yorga nisbatan
tegishli ravishda 41,5 va 54 foizlarda ko‟pligi namoyon bo‟ldi.
Ularning kunlik ovqat ratsionidagi mikroelementlarning eng muhim vakili
hisoblangan temir va yodning miqdori ham me'yor darajasidan ancha kamligi
kuzatildi. Kurashchilarning kunlik ovqat ratsionidagi temir va yod me'yordagi 32
mg hamda 200 mkg o„rniga mos ravishda 18,8±0,12mg va 81,0±0,93 mkg ni
tashkil etdi. Bu me'yorga nisbatan tegishli ravishda 42,0 va 59,5 foiz kam
72
ekanligidan dalolat beradi. Bunday taqchillik albatta tarbiyalanuvchilarning
endokrin tizimlarining shakllanishida, aqliy va jismoniy taraqqiyotiga salbiy ta'sir
ko„rsatishi mumkin. Tekshiriluvchilarning ovqat ratsionidagi Zn elementiniki esa
me‟yor darajasida ekanligi kuzatildi. Bunu ularning ratsionida shu elementga boy
mahsulotlarning ko‟pligi bilah izohlash mumkin. Masalan, uning manbalari serob
bo‟lib, eng ko‟p uchraydiganlaridan birinchi navbatda endi o‟sayotgan bo‟g‟doy
maysasi, bo‟g‟doy kepagidir.
0
20
40
60
80
100
120
140
160
180
Kaltsiy
Fosforl
Magniy
Temir
Rux
Yod
%
me'yor
natija
3-rasm. Qarshi Olimpiada zahiralari kollejida tahsil olayotgan kurashchi
talabalarning ovqat ratsionidagi ayrim ayrim ma'danli moddalarning
foizlarda ifodalanishi.
73
YAKUNIY QISM (xotima o„rnida)
Vitaminlar inson organizmining me'yoriy faoliyatini ta'minlashda, unda
kechadigan assimilyasiya hamda dissimilyasiya jarayonlarining normal borishida,
qolaversa, organizmning o„sib-rivojlanishida va boshqa ko„plab jarayonlarda faol
qatnashadi. Vitaminlar mikronutrientlarga kiritilib, ularning organizmdagi miqdori
oz bo„lsa-da, biroq muhim vazifalarni ado etishi bilan o„ziga xosdir. Ma'lum
sabablarga ko„ra u yoki bu vitaminning yetishmasligi turli kasalliklarga, patologik
holatlarga sabab bo„ladi.
Vitaminlar sportchi organizmi uchun alohida ahamiyatga ega. Vitaminlar
sportchilarda tezlik, chaqqonlik, kuchlilik kabi sifatlarni shakllantirishda,
charchashning oldini olishda, holsizlik, quvvatsizlik kabi salbiy holatlarni bartaraf
etishda, qolaversa yosh sportchilarning me'yorida o„sib-rivojlanishida, organizm
faoliyatini bir xil me'yorda saqlab turishda juda katta ahamiyatga ega.
Vitaminlarning eng muhim xususiyati ularning jismoniy ish qobiliyatiga ta'siri
bilan belgilanadi. Tadqiqotlarda shu narsa aniqlanganki, vitaminga boy
mahsulotlarni yoki maxsus vitaminlashtirilgan mahsulotlarni qabul qilgan
sportchilarning jismoniy ish qobiliyati oshadi, charchashning oldi olinadi,
tiklanish-qaytarilish davri tezlashadi va hokazo.
Yuqoridagilardan kelib chiqib aytadigan bo„lsak, shu narsani ta'kidlab o„tish
mumkinki, sportchining ovqatlanish holati, xususan kunlik ratsion tarkibida
mineral moddalarning ham yetarli bo„lishi ularning jismoniy ish qobiliyatida
ma'lum darajada aks etadi. Ya'ni mineral moddalarga bo„lgan talabning yetarlicha
qondirilishi sportchining jismoniy ish qobiliyatini oshiradi, tez charchab qolishning
oldini oladi, musobaqalardan keyingi tiklanish davrini tezlashtiradi va hokazo.
Aksincha, mineral moddalarga bo„lgan talabning yetarlicha qondirilmasligi
sportchining jismoniy ish qobiliyatiga salbiy ta'sir etib, organizmda ma'lum
patologik holatlarni yuzaga keltiradi, charchash, holsizlik, kamqonlik kabi
o„zgarishlarga olib keladi va hokazo.
74
Buni shu narsa bilan izohlash mumkinki, mineral moddalar organizmda
ko„plab muhim funksiyalarni bajaradi, ularning ishtirokisiz moddalar va energiya
almashinuvi jarayonlari izdan chiqadi. Hujayralarda boradigan nafas olish va
oksidlanish jarayonlari bilan bog„liq reaksiyalar tizimi buzilib, bu esa o„z
navbatida organizmda boradigan barcha fiziologik va biokimyoviy jarayonlarga
salbiy ta'sir qiladi.
Shuningdek,
mineral
moddalarga
bo„lgan
talabning
yetarlicha
qondirilmasligi muskullar faoliyatiga, ularda boradigan energetik jarayonlarning
me'yorida kechishiga, qolaversa, muskul qisqarishiga o„ziga xos jiddiy ta'sir
ko„rsatadi.
Shuni alohida ta'kidlab o„tish lozimki, to„g„ri va ratsional ovqatlanib yurgan,
kunlik ratsionida mineral moddalar miqdori me'yorida bo„lgan barcha sportchilarda
jismoniy ish qobiliyati har doim ham yuqori bo„ladi, deyish mantiqan noto„g„ri.
Bunda shu narsani ham hisobga olish lozimki, sportchining jismoniy ish qobiliyati
faqat uning ovqatlanish holati, kunlik ratsionida oziq moddalarning yetarli bo„lishi
bilangina bog„liq emas. Jismoniy ish qobiliyatiga sport bilan shug„ullanganlik
darajasi, sport mahorati, sportchining chiniqqanligi, qaysi sport turi bilan
shug„ullanishi, sportchi organizmining o„ziga xos individual xususiyatlari, undagi
ayrim kasalliklar va o„zgarishlar, iqlim xususiyatlari, moddalar almashinuvining
o„ziga xos jihatlari, qolaversa, sportchining faol dam olishi, suv, quyosh, havo
muolajalari va boshqa ko„plab omillar ta'sir ko„rsatadi. Muhimi ana shular ichida
ovqatlanish omili muhim o„rin tutadi.
Kezi kelganda shu narsani ham ta'kidlab o„tish o„rinli bo„ladiki,
sportchilarning mineral moddalarga bo„lgan talab me'yorlarini aniqlashda,
qolaversa ularning jismoniy ish qobiliyatini ovqatlanish omili bilan bog„liq
ravishda o„rganishda tekshiriluvchilarning antropometrik ko„rsatkichlarini ham
hisobga olish shart. Chunki kishining oziq moddalarga, xususan, ma'danli
moddalarga bo„lgan talabini, qolaversa sportchining jismoniy ish qobiliyatini ham
75
tana massasi, bo„y uzunligi, tana yuzasi ko„rsatkichlari asosida tahlil qilish
maqsadga muvofiq.
Xulosa qilib aytganda, sport maktabi o„quvchilarining ma'danli moddalarga
bo„lgan talabi yetarli darajada qondirilmagan. Bu holatni yosh sportchilarda
ovqatlanish madaniyatining yetarlicha shakllanmaganligi, ularning ijtimoiy-
iqtisodiy holati, sport maktablaridagi ovqatlanish bilan bog„liq tegishli shart-
sharoitlarning yetishmasligi va boshqalar bilan izohlash mumkin. Bunday
holatlarning oldini olish uchun sportchi-o„quvchilar orasida to„g„ri ovqatlanish
qonun-qoidalarini targ„ib qilish, ularning ota-onalari, qolaversa kollej rahbariyati
o„rtasida targ„ibot-tashviqot ishlarini olib borish muhim ahamiyat kasb etadi.
Sport maktabi o„quvchilarining ratsional ovqatlanishini tashkil etish,
xususan ularning ovqatida ma'danli moddalarning yetarli bo„lishini ta'minlash
sportda yuksak natijalarga erishishda hamda sportchilarning sihat-salomatligini
muhofaza qilishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Ushbu magistrlik dissertatsiya ishimiz mobaynida o„tkazilgan kuzatuvlar shu
sohadagi dastlabki qadam bo„lib, bu tadqiqotni keng ko„lamda davom ettirish va
bunda boshqa turli omillarning ham o„ziga xos ta'sirini hisobga olish kelgusidagi
muhim vazifalardan biridir.
Do'stlaringiz bilan baham: |