dir. Hozirgi kunda arab va fors tillarida
).
51
Ogahiy tarixiy asarlarida ulus سﻮﻟوا so‘zi viloyatning, ayrim o‘rinlarda
mamlakatning sinonimi sifatida ham ishlatilgan: Mazkur bo‘lg‘on
ulus (Dashti
qipchoq)ning hokimi farmonravosi erdi. (RD, 266
b
). Shuningdek, bu so‘zning
fuqaro; aholi ma’nosida ham ishlatilganini kuzatamiz:
Savlatidin larza er arkonig‘a,
Haybatidin ru’sha ulus jonig‘a. (RD, 256
a
).
Chun shohzodai muallomakon Oqdarband
ulusin ko‘churub, Saraxs
jonibig‘a ravon qildi. (RD, 260
a
).
Viloyat mazmunidagi ma’muriy birlik ifodalovchi so‘zlarning yana biri
muzofot تﺎﻓﺎﻀﻣdir. Ushbu so‘zning ijtimoiy-siyosiy leksikaga mansublik kasb
qilishiga “qo‘shimcha”, “qo‘shib olingan” tarzidagi lug‘aviy ma’nosi asos
bo‘lgan
117
. Demakki, dastlab mamlakatning asosiy hududiga qo‘shib olingan
erlar muzofot deb atalgan va keyinchalik ma’no kengayishi mazkur so‘zning
ma’muriy birlik mazmuniga olib kelgan: Saraxs muzofotidindurur, sipohi
nusratpanoh kunjoyishiga loyiq arz va umqi ko‘ngul xohishig‘a muvofiq bir
sangari vus’at asar hafr qildurubdurur. (RD, 261
b
).
2. Ogahiyda mazkur so‘z ba’zi o‘rinlarda qo‘shni o‘zbek xonliklariga
nisbatan mamlakatning ma’nodoshi sifatida ishlatiladi: ...ul viloyat (Buxoro)
hokimi Bahodirxon... (RD, 291
a
). Viloyat so‘zi XI asrdayoq “Qutadg‘u bilik”da
mamlakat, davlat ma’nosida ishlatilgan
118
.
Tuman نﺎﻣوﺗ so‘zi mamlakatning bir ma’muriy bo‘lagi, hudud nuqtai
nazaridan hozirgi vaqtdagi tumanga teng ma’muriy birlik. Tobe’ ﻊﺑﺎﺗ esa
mamlakatga qaram qilingan hududlar ma’nosini beradi va uning ko‘plik shakli
tavobe’otdir. Tuman so‘zining ko‘plik shakli tumanot tarzida ishlatilgan: To‘qquz
oydin so‘ng oning inisi Bahodirxonkim, Buxoro tumonotidin bir tumanda hokim
erdi, atrofig‘a lashkar jam’ qilib va Buxoro tavobe’otin dag‘i tahti hukumatig‘a
kirguzub, ko‘b cherik bila kelib Buxoro shahrin qabodi. (RD, 278
b
).
117
Персидско-русский словарь. Том II. – М.: Русский язык, 1983. – С. 523.
118
Дадабаев Х. Наименование единиц административно территориального деления в старотюркских
памятниках XI-XIV вв // Адабий мерос. 1990. – №53. – С. 39.
52
Yurt تﺮﻮﯾ so‘zi esa mamlakat ma’nosini berishi turkiy tillarning
ko‘pchiligiga xosdir. Buni Ogahiy tilida ham kuzatamiz: ...Umarxonni yurtdin
ixroj qilib, Xo‘qand viloyatig‘a yubordi (RD, 278
b
)
119
. Xorazm yodnomalarida bu
so‘z yurt; aholi yashaydigan joy; vatan ma’nolarida qayd etilgan
120
. Ushbu
ma’nolar Ogahiy tarixiy asarlari leksikasiga ham xos: ...Xorazm mamolikining bir
tarafidin er va yurt tiladilar. (RD, 279
b
).
Shahr ﺮﮭﺷ – shahar. XIX asrda ham shaharlar atrofi mudofaa devorlari
bilan o‘ralgani uchun qal’a va shahar so‘zlari qo‘llanishida deyarli farq
bo‘lmagan: ...kamolud-davla vaddunyo Muhammadnazar inoqkim, Xivaq
shahrida nayobat tariqasi bila qolib erdi... (RD, 276
b
).
Qal’a ﮫﻌﻠﻗ va
balda هﺪﻠﺑ (o‘lka) so‘zlari ham shu turdagi so‘zlardan
hisoblanadi. Ogahiy tarixiy asarlarida ularning ko‘plik shakllari qilo’ عﻼﻗ va bilod
دﻼﺑ ham ishlatilgan: ...atrof va aknofdag‘i
qilo’ va
bilod hokimlari... (RD, 255
b
).
Qilo’ qal’aning siniq ko‘pligi bo‘lsa, to‘g‘ri ko‘pligi eski o‘zbek tilida
qal’ajot shaklida ishlatilgan: Jom julgasining
qal’ajotidin Umg‘on
otlig‘ qal’akim, qizilbosh xaylining maskani va irtidod ahlining ma’mani
erdi... (RD, 273
a
). Ularga sinonim sifatida kent ﺖﻨﯿﮐ so‘zi ham ishlatilgan:
To‘ldi bori
kentu dashtu sahro,
Etti unidin falakka g‘avg‘o. (RD, 256
b
).
Ogahiy tarixiy asarlarida
diyor
,
Do'stlaringiz bilan baham: