39- sonli harakat. Qoshi kamon (ayollar).
Qo'llar dastlabki 6- holatda.
1- sonli qarsak bajariladi va qarsakdan so‗ng qo‗llar 6- va 1-holatlar
orasida yoziladi (tarqaladi). O‗ng qo‗l kafti pastga qaratilgan, birinchi
barmoq uchinchiga, qolgani erkin. Bu holatda o‗ng qo‗ldasta chapdan
o‗ngga o'tkaziladi, qoshlarga teng bo‗lib, lekin ularga yaqinlashgan holda
qo‗l 1- holatga ochiladi, bosh o‗ng tomonga mayin egiladi (50- rasm).
Chap qo'l 1- holatda bo`lishi, 7- holatda yoki belni quchoqlab (tayamb)
turishi mumkin. Harakatni navbat bilan yoki ikki qo'l bilan baravariga
bajarish lozim. Qarsakdan so'ng yuzni chapga burish, boshni o'ngga egish
kerak. Harakatni gavdani qimirlatib bajarish mumkin, ya‘ni qarsakdan
oldin gavdani ikki marta u yoqqa-bu yoqqa yengil qimirlatib. O‗ng qo‗l 1 -
holatga ochilganda ,,qing‗ir bo‗yin― bilan harakat yakunlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |