37- sonli harakat. G‘uncha (ayollar).
a) Qo`llar 2- dastlabki holatda. Qo'llar kaftlari bilan chambarchas,
barmoqlar yuqoriga (yopiq g'uncha hosil qilib) qaragan. Bosh to'g'ri.
b) Qo‗llar 2- dastlabki holatda. O‗ng qo`ldasta kafti oldinga qaratilgan,
chap qo‗1 dastaga qo'yiladi, qo`llarning barmoqlari yuqorida, bosh to‗g‗ri
38- sonli harakat. Oynakka qarash (ayollar).
Qo‗llar dastlabki 6- holatdan yuqoriroq. Yuz baravarida kaft ichkariga
buriladi, barmoqlar yuqorida. Bu holat ko‗zguni tasavvur ettiradi. Chap
qo‗l 7- holatga o‗tkaziladi. Keyin qo'llar holati almashtiriladi. O‗ng
qo‗ldasta barmoqlarni pastga tushiradi va qo‗l mayin 7- holatga o'tkaziladi.
Bir vaqtning o‗zida chap qo‗l asta beldan olinadi, mayin barmoqlar
yuqoriga ko‗tariladi, „oynaga qarash" holatini egallaydi va ,,qing‗ir
bo‗yin― holatini egallaydi va „qing'ir bo‗yin― harakatini bajaradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |