40- sonli harakat. Tong (ayollar).
Qo‗llar 1- dastlabki holatda. 6- holatdan qo`llar tirsaklarda bukiladi.
Qo`ldastalar bir-biriga tegmasdan ko‗krak oldida (chap ichkariga) turadi.
Kaftlar pastga qaratilgan, barmoqlar yonga. Bu holatda, barmoqlarni
pastga qaratib qo'ldastalar, chehraga mayin yaqinlashadi, bosh pastga
egiladi. Qo'llar 2- holatdan barmoqlarni shig'illatib 1- holatda ochiladi. Bir
vaqtning o‗zida bosh dastlabki holatga qaytadi.
41- sonli harakat. Mo‘ralash (ayollar).
Dastlabki holat. Qo`llar yuzga ro‗para, kaftlar oldinga, barmoqlar
yuqoriga. Bu holatda panjalar bir aylanish bajaradi va qo‗llar o‗ngga
o‗tkaziladi. Chap qo‗l ostidan sho‗x qaraladi. Nigoh o‗ngga yo‗nalgan.
Keyin qo`llar yuzga ro‗para holatga qaytadi. Harakatni ikki-uch marta
qaytarish mumkin, shuningdek boshqa tomonga ham.
42- sonli harakat. Yuz o‘girish (ayollar).
Harakat tartibi avvalgiday, ,,mo‗ralash― harakatiga o‘xshash, lekin
qo`llar ko‗krak darajasida. Qo`ldastalarni aylantirib, qo`llar zarb bilan
o'ngga yoki chapga ochiladi, bosh esa qo'llardan ,,teskari― qaraydi.
43- sonli harakat. Suv mavji (ayollar).
Qo‗llar dastlabki 6-holatda, qo`llar kaftlarini sekin-asta harakatlantirib
(harakat diqqatni jalb qilib boshlanadi) 1- va 6- holatlar orasida o‗ngga
o'tkaziladi. Bu holatda qo‗ldastalar barmoqlarni pastga qaratib mayin
tushiriladi va barmoqlarni sal yuqori ko‗tarib, qo`llar 6-holatdan chapga
harakatni boshlaydi. Harakat mayin to‗lqinlanish bilan boshlanadi. Bosh
qo‗llar harakatini kuzatadi. Gavda sal oldinga bukiladi.
44- sonli harakat. Yirik to‘lqin (ayollar va erkaklar).
Qo`llar 1- holatda. 6- holatdan mayda to‗lqinlanish harakati bilan
qo‗llar 5- holatga o‗tkaziladi. 6- holatga qo‗llar o'tayotganda qo`ldastalar
barmoqlarni pastga tushiriladi, qo‗llar 5- holatga kelganida, barmoqlar
mayin yuqoriga tashlanadi. Qo`llar 6- holatda, bosh qo‗llar harakatini
kuzatadi.Gavda sal oldinga egiladi.
45- sonli harakat. Dovul (ayollar va erkaklar).
Qo`llar 1-chi dastlabki holatda. Qo`llar 6- holatga ko`tariladi va
qo‗ldastalar chalishtiriladi, kaftlar o‗ziga qaratilgan (,,Gulbargi― harakati.)
Keyin qo`llar 1- holatdan 3-holatga ochiladi. Harakat panjalarni
o‗zidan aylantirish bilan yakunlanadi. Bosh qo`lni yuqoriga ko‗tarilishi
yoki yonga ochilishini kuzatadi. Harakat boshqa qo‗l bilan takrorlanadi.
46- sonli harakat. Yarim oy (ayollar).
Qo`llar 6- dastlabki holatda. 5- sonli qarsak bajariladi va chap qo`l 2-
holatga ko`tariladi, harakatni qo`ldasta bilan bir o'zidan aylantirib
yakunlantiradi, o`ngi esa dastlabki holatga tushiriladi. Bosh to‗g‗ri
Do'stlaringiz bilan baham: |