Qodiriy nomidagi jizzax davlat



Download 1,18 Mb.
bet44/63
Sana26.02.2022
Hajmi1,18 Mb.
#465984
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   63
Bog'liq
2 5195157042121151197

Grafik tasvirlash. Bu vazifa ko‘proq uyda bajariladi. Buning uchun o‘quvchilar tasvirlaydigan matn qismini ajratadilar. Mazmunini o‘zlashtiradilar va unga mos rasm chizadilar. Masalan, gullarning ochilishi. Bahor, kuz, qish fasllarining ko‘rinishi yoki biron asar qahramonining rasmini chizadilar.
Badiiy asarni idrok etishning mohiyati
Maktabda axloqiy, estetik tarbiya tizimida o‘quvchining ko‘z oldida tabiat, hayot, insoniy munosabatlar manzarasini keng ochadigan, odamlar xatti-harakatiga, hayotga baho beradigan badiiy adabiyotga, so‘z san’atiga katta o‘rin ajratilar ekan, ta’lim rus tilidagi maktablar, akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida o‘zbek tili ta’limi jarayoni ham ana shu imkoniyatlardan bebahra qolmasligi shart. Badiiy adabiyot yordamida rusiyzabon o‘quvchi(talaba)ni sharqona axloq bilan tanishtirish, uni milliy axloqiy-estetik tarbiya bilan tanishtirish, hayotiy saboq doirasini kengaytirish imkoniyatlari ortadi. Lekin ta’lim mazmuniga o‘zbek adabiyotining go‘zal durdonalaridan namunalar kiritgan bilan ular shunchaki o‘qiladigan bo‘lsa, ezgu maqsadlar amalga oshmay qoladi. Ta’lim jarayonida adabiy asarni to‘liq va chuqur badiiy idrok etishni ta’minlashgina kutilgan natijaga yo‘l ocha oladi. Badiiy idrok umumiy estetik tarbiyaning eng muhim qismlari sirasiga kiradi.
Ruhshunoslik va adabiyot o‘qitish metodikasiga doir turli yoshdagi o‘quvchilarning badiiy asarni o‘qib idrok etish xususiyatlari haqida atroflicha ma’lumotlarni uchratish mumkin. Yosh xususiyatlari to‘g‘risida so‘z yuritishdan oldin idrok bilan bog‘liq masalalarning o‘zini aniqlab chiqishni lozim deb topdik. Psixologiya fanlari doktori prof. P.M.Yakobson idrok tushunchasini shu so‘zning tor ma’nosida, “bunda obyektlarni idrok etishning sezgi a’zolarimizga bergan ta’siri bilan bog‘liq asl faktlarini ko‘zda tutgan holda”, shuningdek, so‘zning keng ma’nosida, “bunda predmetni nisbatan uzoqroq idrok etish mobaynida, idrok etilayotgan obyektdan turli xil aloqalar va munosabatlar tizimini aniqlash chog‘ida kechadigan idrokni ko‘zda tutgan holda” farqlash zarur deb ta’kidlaydi. Bundan kelib chiqadiki, badiiy asarni o‘qib idrok etganda, kitobxon qandaydir tasvirlar, asar qahramonlari, voqea-hodisalardan xabar topibgina qolmay, ular orasidagi sabab-natija aloqalariga daxldor muammolar girdobiga sho‘ng‘iydi, o‘zicha muayyan xulosalar chiqaradi. O‘quvchi badiiy asarni o‘qib, uni idrok etishga doir bilim, ko‘nikma va malakalarni egallab borar ekan, adabiy rivojlanadi, o‘zidagi so‘zli-badiiy obrazlar bilan fikrlash qobiliyatini o‘stiradi. Ma’lumki, badiiy obrazni dastlabgi idrok etish chog‘ida muayyan aqliy harakatlar sirasi yuzaga keladi. Ana shu bajariladigan aqliy harakatlarga o‘quvchining matnda tasvirlangan obraz yoki manzarani o‘z tasavvurida gavdalantirishi va ruhshunoslar aytganlaridek, muhrlab saqlab qolishga intilishi kiradi. Lekin parcha birinchi marta o‘qilgandan keyin kishi ko‘z o‘ngiga keladigan tasvirga monand obraz (manzara) hali to‘liq anglab yetilmagan bo‘ladi. Vaholanki, adabiy san’atni o‘rganish uchun asos qilib olinuvchi tushuncha badiiy obrazdir. Shunga ko‘ra, A.A.Abdullina ilk tasavvurning tug‘ilish bosqichini dastlabgi idrok etish deb ataydi. Kitobxon asarda tasvirlangan manzaralarni, qahramonning qiyofasini, axloqiy fazilatlarini, voqea-hodisalar o‘rtasidagi sabab-natija bog‘lanishlarini yetarlicha ko‘z oldiga keltira olmay turadi. Hali to‘liq anglanmagan, o‘z belgilari bilan paydo bo‘lish bosqichida turgan bu jarayon nihoyalanishi uchun tahlil usulidan foydalanish talab etiladi. Badiiy obrazning umumlashma tavsifini ochish uchun yuzaga kelgan dastlabgi tasavvur tahlilga tortiladi. A.A.Abdullina buni stabil holga keltirish” deb tushuntiradi. Parcha o‘qilgandan keyin o‘quvchi(talaba)lar tomonidan uning o‘z tasavvuriga ko‘chgan mazmuni asosida rasm chizishlari shunga, ya’ni stabillashtirishga yordam beradi. Bunda kitobxon badiiy obrazni ijodiy qayta ishlay boshlaydi. Rasm chizish chog‘ida o‘quvchi (talaba) o‘zida yetishmayotgan ma’lumotlarni (bu ma’lumotlar e’tiborsiz o‘tkazib yuborilgan bo‘lishi mumkin) asardan uni ko‘z yugurtirib o‘qish orqali qidira boshlaydi va topadi. Xullas, badiiy obrazning umumlashgan ma’no-mazmunini ochish uchun paydo bo‘lgan dastlabgi tasavvur asosida tahlil o‘tkazish, masalan, dastlabgi idroki asosida bajaradigan rasm chizish harakati orqali o‘quvchilarning dastlabgi tasavvurlari “stabillanadi”.

Download 1,18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish