Qobiliyat haqida tushuncha



Download 98 Kb.
bet7/11
Sana30.04.2022
Hajmi98 Kb.
#599504
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
QOBILIYAT HAQIDA TUSHUNCHA. PEDAGOGIK QOBILIYATLARNI RIVOJLANTIRUVCHI PSIXOTRENING.

2. AKADEMIK QOBILIYATLAR-matematika, fizika, biologiya, ona tili, adabiyot, tarix va boshqa shu kabi fanlar sohasiga xos qobiliyatlardir.
Qobiliyatli o`qituvchi o`z fanini kurs hajmidagini emas, balki atroflicha keng, chuqur bilib, bu sohada erishilgan yutuqlar va kashffiyotlarni doimiy ravishda kuzata borib, o`quv materialini mutlaqo erkin egallab, unga katta qiziqish bilan qaraydi hamda ozgina bo`lsada tadqiqot ishlarini olib boradi.
Ko`pchilik tajribali pedagoglarning aytishlaricha, o`qituvchi o`z fani bo`yicha bunday yuksak bilim saviyasiga erishish, boshqalarni qoyil qilib hayratda qoldirish, o`quvchilarda katta qiziqish uyg`ota olish uchun u yuksak madaniyatli, har tomonlama mazmunli, keng erudistiyali (bilimdon) odam bo`lmog`i lozim.
Bunday o`qituvchilar haqida o`quvchilar: “Mahmud aka huddi professorning o`zginasi-ya. Biz uning bilmagan birorta sohasi bormikan deb tez-tez o`ylab turamiz. Darslarga u burun vujudi bilan kirishib ketadi” deydilar. Ba`zan o`quvchilar o`z o`qituvchisi haqida “Baqir-chaqir qiladi-yu, ammo zarracha bilimi yo`q” deb butunlay teskarisini aytsalar juda alam qiladi.
3. PERTSEPTIV QOBILIYATLAR - bu o`quvchining, tarbiyalanuvchining ichki dunyosiga kira bilish, psixologik kuzatuvchanlik, o`quvchi shaxsning vaqtinchalik psixik holatlari bilan bog`liq nozik tomonlarini tushuna bilishdan iborat qobiliyatlardir.
Qobiliyatli o`quvchi bolalarning har qanday mayda-chuyda hatti-harakatlarida, yorqin ifodalanadigan ayrim tashqi holatlarida hamda ularning ichki dunyosida yuzaga keladigan o`zgarishlarni sezdirmasdan ilib oladi. Ana shunday hollarda o`quvchilar: “Muhabbat opa kimningdir kayfiyatida o`zgarishlar bo`lsa yoki kimdir dars tayyorlamasdan kelgan bo`lsa ko`ziga qaraboq bilib oladi”, “Bizning o`qituvchimiz hech qayoqqa qaramasa ham, hamma narsani ko`rib turadi” deydilar.
4. NUTQ QOBILIYATI-kishining o`z tuyg`u-hislarini nutq yordamida, shu bilan birga mimika va pantomimika yordamida aniq va ravshan qilib ifodalab berish qobiliyatidir. Bu o`qituvchilik kasbidagi muhim qobiliyatlardandir. Chunki o`qituvchidan o`quvchilarga uzatiladigan axborot asosan ikkinchi signal tizimi-nutq orqali beriladi. Bunda mazmun jihatidan uning ichki va tashqi xususiyatlari nazarda tutiladi. (“Biz uchun adabiyot o`qituvchimiz-Nazira opaning darsini eshitishdan katta lazzat yo`q. Nazira opamlar shu qadar yaxshi va chiroylik qilib gapiradilarki, hatto tanaffusga chalingan qo`ng`iroq ham halaqit beradi”).
Darsda qobiliyatli o`qituvchining nutqi hamma vaqt o`quvchilarga qaratilagn bo`ladi. O`qituvchi yangi materialni tushuntiradimi, o`quvchining javobini sharhlab beradimi, o`quvchilar javobini, ularning hatti-harakatlari yoki xulq-atvorini ma`qullaydimi yoki tanbeh beradimi, xullas, nima qilishidan qat`iyo nazar uning nutqi hamma vaqt o`zining ishonchliligi, jozibadorligi kabi ichki quvvat bilan alohida ajralib turishi lozim. O`qituvchi nutqi, uning talaffuzi aniq-ravshan, oddiy va o`quvchilar uchun tushunarli bo`lishi kerak. Beriladigan axborotlar shunday tuzilishi kerakki, bunda o`quvchilarning fikru-zikri va diqqat-e`tiborini yuqori darajada faollashtiradigan bo`lsin. Buning uchun esa o`qituvchi o`rtacha savol tashlab, asta-sekinlik bilan o`quvchilarni to`g`ri javobga olib keladi, o`quvchilarning diqqat-e`tiborini faollashtiruvchi (“Bunda ayniqsa ziyrak bo`ling!”, “o`ylang, yana o`ylab ko`ring!”) kabi so`z va iboralarni o`z me`yorida ishlatadi.
O`qituvchi uzun jumlalarni, murakkab og`zaki izohlarni, qiyin atamalarni va zarurati bo`lmasa, turli ta`riflarni ishlatmasligi lozim. Shu bilan birga o`qituvchi shuni ham hisobga olishi kerak-ki, o`qituvchining lo`nda-lo`nda bo`lib chiqqan qisqa nutqi ko`p hollarda o`quvchilarga tushunarsiz bo`lib qolar ekan.
O`qituvchining o`z o`rnida ishlatilgan hazil aralash va xayrihohlik bildiruvchi arzimagan kinoyali nutqi o`quvchilarni juda jonlantirib, o`quvchilar tomonidan o`ta yaxshi qabul qilinar ekan.
Qobiliyatli o`qituvchining nutqi jonli, obrazli, aniq-ravshan intonauiyali va ifodali, emostiyaga boy, dona-dona bo`lib, bunda stilistik va grammatik xatolar mutlaqo bo`lmasligi lozim. Bir xil ohangdagi ezma nutq o`quvchilarni juda tez toliqtirib, ularni zeriktiradi va behafsala qilib qo`yadi. Shu bilan birga bunday nutq I.P.Pavlovning fiziologik ta`limotiga ko`ra doimiy ta`sir etuvchan qo`zg`ovchiga aylanib, katta bosh miya yarim sharlar po`stida tormozlanish jarayonini yuzaga keltirib, o`quvchini ezma va uyquchan qilib qo`yadi. Nutq tezligi ko`p jihatdan o`qituvchining individual psixologik xususiyatiga bog`liq. Ayrim o`qituvchilar tez gapirsalar, boshqalari-sekin gapiradilar. Ammo o`qituvchi o`quvchilarning bilimlarini egallab olishlari uchun eng qulay tezlikdagi nutq-o`rtacha jonli nutq ekanligini esdan chiqarmasligi lozim.
Shoshqaloq nutq bilim o`zlashtirishga halaqit berib, bolalarni tez toliqtiradi va muhofaza qiluvchi tormozlanishni yuzaga keltiradi. O`ta sekin nutq lanjlik va zerikishga olib keladi. Nutqning balandligi-qattiq gapirish ham xuddi shu singari hollarga olib keladi. Haddan tashqari qattiq, keskin, baqirib gapirish o`quvchilarning asabiga tegib, ularni tez toliqtirib, muhofaza qiluvchi tormozlanishni yuzaga keltiradi. Mana shu erda Sharq mutafakkirlaridan Nosiriddin Tusiyning “... o`qituvchi nutqi hech qachon va hech qaerda zaharxandali, qo`pol yoki qattiq bo`lishi mumkin emas. Dars paytida o`qituvchining o`zini tuta olmasligi ishni buzishi mumkin...” degan nasihatini keltirishimiz juda o`rinli bo`lardi. O`qituvchining bo`sh, sekin ovozi yomon eshitiladi. Nutqi imo-ishoralar, turli keskin harakatlar o`quvchilarni jonlantiradi. Bu tariqa imo-ishora va harakatlar tajribali o`qituvchilarda o`z me`yorida ishlatiladi. Lekin bir xildagi tinimsiz harakatlarning xaddan tashqari ko`p bo`lishi kishining asabiga tegadi.

Download 98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish