Qobiliyat haqida tushuncha



Download 98 Kb.
bet6/11
Sana30.04.2022
Hajmi98 Kb.
#599504
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
QOBILIYAT HAQIDA TUSHUNCHA. PEDAGOGIK QOBILIYATLARNI RIVOJLANTIRUVCHI PSIXOTRENING.

1. DIDAKTIK QOBILIYATLAR-bu bolalarga o`quv materialini aniq va ravshan tushuntirib oson qilib etkazib berish, bolalarda fanga qiziqish uyg`otib, ularda mustaqil faol fikirlashni uyg`ota oladigan qobiliyatlaridir.
Didaktik qobiliyatga ega bo`lgan o`qituvchi zarurat tutilganda qiyin o`quv materialini-osonroq, murakkabrog`ini soddaroq, tushunish qiyin bo`lganini tushunarliroq qilib o`quvchilarga moslashtirib bora oladi. O`qituvchining mana shu hislatlarini bilib olgan o`quvchilar odatda: “O`qituvchining eng muhim tomoni ham uning hamma narsani aniq-ravshan va tushunarli qilib berishida-da. Bunday o`qituvchining qo`lida mazza qilib o`qiging keladi”; “Unisi esa hech narsaga yaramaydigan o`qituvchi, hech ham aniq tushuntirib bera olmas edi”; “O`quv materialini oldida tirik odamlar emas, balki qandaydir mexanizmlar bordek, zerikarli va noaniq-mujmal qilib tushuntiradi. Biz bunday o`qituvchilarni yoqtirmaymiz” -deydilar.
Hozirgi tushunchamizdagi kasbiy mahorat shunchaki bilimlarni osonroq, hammabop va tushunarli qilib o`quvchilar ongiga etkazib berish qobiliyatininigina emas balki, shu bilan birga o`quvchilarning mustaqil ishlarini, ularning bilish faoliyatini oqilona va mohirlik bilan boshqarib, ularni kerakli tomonga yo`naltirib turishdan iborat qobiliyatni ham o`z ichiga oladi.
Mana shu qobiliyatlar asosida o`quvchilar psixologiyasiga xos doimiy ustanovka (yo`naltirish). bo`lishi shart. Qobiliyatli pedagog o`quvchilarning tayyorlik darajasini, ularning taraqqiyoti darajasini hisobga olgan holda bolalarning nimani bilishi va nimani bilmasligini, nimalarni allaqachon esdan chiqarganliklarini tasavvur qila oladi.
Ko`pchilik o`qituvchilarga, ayniqsa xafsalasiz o`qituvchilarga, o`quv materiali oddiygina va hech qanday alohida tushuntirish hamda izoh berishni talab qilmaydigandek tuyuladi.
Bunday o`qituvchilarni emas, balki birinchi galda o`zlarini nazarda tutib ish olib barodilar. Shuning uchun ham o`quv materialini o`ziga qarab tanlaydilar. qobiliyatli, tajribali o`qituvchilar esa o`zlarini o`quvchi o`rniga qo`yib, kattalar uchun aniq-ravshan va tushunarli bo`lgan material o`quvchilar uchun noaniq va tushunarsiz bo`lishi mumkin degan nuqtai nazarda bo`ladilar. Shuning uchun ham bundayo`qituvchilar materialning xarakteri va uni bayon etish usullarini alohida o`ylab ko`rib rejalashtiradilar. Materialni bayon etish jarayonida qobiliyatli o`qituvchi turli o`quvchilarning qanday tushunayotganliglari va zarur dars bayonoiga alohida e`tibor berishga intilayotganliklari kabi qator belgilarga qarab to`g`ri tasavvur qilib, xulosa chiqara oladi.
Ana shunday pedagogik qobiliyatini aniqlash uchun psixolog N.Gonobolin juda qulay test tavsiya etadi. Bu testga ko`ra bilish xarakteridagi matnda o`qituvchining fikri bo`yicha ayrim sinf o`quvchilari uchun qiyin deb hisoblangan qismlarni alohida ko`rsatib, nima uchun bu qismlarning qiyinligini tushuntirib berish, shundan so`ng esa matnni o`quvchilarga engil va ularning o`zlashtirishlari uchun qulay qilib qaytatuzish tavsiya etiladi. Qobiliyatli o`qituvchi shu bilan bir qatorda materialni o`zlashtirish, o`quvchilarga bir oz nafas olib o`zlariga kelib olishlari va o`z diqqat-e`tiborlarini bir joyga qo`yib, ayrim qo`zg`alishlarni “so`ndirib”, boshqalarini esa jadallashtirib, ularning bo`shashganligini, sustligini va loqaydligini engishlari uchun zamin tayyorlash zarurligini ham nazarda tutudi. Bunday o`qituvchi zarur sharoit yaratilmaguncha darsni boshlamaydi. Haddan tashqari shiddat bilan boshlangan dars o`quvchilarda himoya qiluvchi tormozlanishni vujudga keltirib, miya faoliyati tormozlanadi va o`qituvchining so`zlari etarlicha idrok qilinmaydi.

Download 98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish