IV. Yangi mavzuni mustahkamlash.
Yangi mavzuni mustahkamlashda “Nur va kesma ”mashqi o‘tkaziladi. Shu bilan birga dam olish daqiqasi ham o‘tkaziladi. O‘quvchilar “nur” deyilganda qo‘llaridagi lentalarini faqat bir tomonini ushlab ikkinchi tomonini qo‘yib yuborgan holda nurni ko‘rsatadilar. “Kesma ” deyilganda lentaning har ikki tomonidan gorizontal holda tutib ko‘rsatadilar. O‘qituvchi o‘quvchilarni chalg‘itish uchun turli usullarda aytadi va o‘quvchilardan diqqatlilik talab etiladi. Mashq bir necha marta o‘tkaziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |