II. O`tilgan mavzu: Ko`pburchak, burchaklar to`g`risida ma`lumot berildi. O`qituvchi uchburchak to`g`risida ma`lumot berdi. Uch burchakning 3 ta tomoni, 3ta uchi, 3 ta burchagi bor. Ko`p burchak deb to`rt burchakdan ko`p burchagi bor shakllarga aytiladi. O`qituvchi uch burchak hamda ko`p burchakli figuralar orqali o`rgatib o`tdi.
III. Yangi mavzu bayoni. Kesma deganimiz bu nuqtalari chegaralangan to`g`ri chiziqqa aytiladi. Ikki nuqtaning qo`shilishi ham kesma deyiladi. Doskaga ikki nuqtani qo`shib kesmani tushuntirdim. O`quvchilarga o`zlari xoxlagan chiziqqa 2 ta nuqta qo`yib chizdirdim.
Shakllarga nechta kesma borligini o`rgatish. Masalan:
Har bir nuqtadan ikkinchi nuqtagacha chizg`ich bilan o`lchashni va ularni taqqoslashni o`rgatish sinfdagi birinchi haftadan xat taxtachasiga bo`lgan masofani qadamlab o`lchash.
Misolni yechish.
8 - = 4 + 5 = 9 9 – 2 =
7+ = 9 + 3 = 7 6 + 3 =
IV. Mustahkamlash. Bugungi mavzu bo`yicha savol-javob o`zkazdim. Tarqatma material tarqatdim. O`quvchilardan bugungi mavzu bo`yicha tushunganlarini so`rash. Mavzudan tashqari savol-javob o`tkazish. Masalan:
1. Tovuqni bir oyog`i bilan qo`ygandi 3 kilogram chiqdi. Ikkinchi oyog`ini qo`yganda necha kilogram chiqadi.
2. Daraxtda 5 ta qush o`tirgan edi. Ularning bittasiga bolalar tosh otishdi. Daraxtda nechta qush qoladi.
Har xir figuralar chizib ularning farqlarini so`rash. O`quvchilarni doskaga chiqarib figura chizib u qanday figura ekanligini nimaga o`xshatib bo`lishini so`rash.
V. Darsni yakunlash. O`quvchilardan bugungi mavzu bo`yicha tushunmaganlarini tushuntirib berish. Savol-javob va darsga o`quvchilarni baholash. Dars yakunida o`uvchilarga uyga vazifa berish. Uyga vazifa darsliklarida belgilab berilgan. №6 misol.