III. Yangi mavzuning bayoni.
O‘quvchilarga ko‘paytirish bilan qo‘shish orasidagi bog‘lanish doskada tushuntiriladi.
Ikki sonning ko‘paytmasini bir xil qo‘shiluvchilarni qo‘shish bilan hisoblash mumkin.
Masalan: 6 ∙ 5 = 30, chunki 6 + 6 + 6 + 6 + 6 = 30
25 ∙ 4 = 100, Chunki 25 + 25 + 25 + 25 = 100. Ya’ni a ∙ 7 = a + a + a + a + a + a+ a
17 ∙ 4 = 4 ∙ 17 va 8 ∙ 26 ∙ 3 = 26 ∙ 3 ∙ 8 Bunda o‘quvchilarga ko‘paytirishda o‘rin almashtirish qoidasi esga solinadi.
Tenglik nima uchun to‘g‘ri ekani qavslarni ochish bilan tushuntiriladi. Bunda yig‘indini songa ko‘paytirishda qo‘shiluvchilar alohida ko‘paytirilib, so‘ng ular bir – biriga qo‘shiladi.
( 7 + 4 + 5 + 3 ) ∙ 2 = 7 ∙ 2 + 4 ∙ 2 + 5 ∙ 2 + 3 ∙ 2
19 ∙ 2 = 14 + 8 + 10 + 6
38 = 38
Do'stlaringiz bilan baham: |