Darsning borishi:
I.Tashkiliy qism:
Salomlashish;
Davomatni tekshirish
Darsning maqsadini aytish.
II.O’tgan mavzuni so’rash va mustahkamlash.
Uyga vazifa tekshirib chiqiladi. Og’zaki savol –javob o’tkazaman.
III.Yangi mavzu bayoni:
0‘quvchilarga uch va undan ortiq ko‘paytuvchilarni ko‘paytirish qoidasi 280-misol orqali tushuntirib beriladi. Shu asosda 281-misolning yechilishi ko‘rsatib beriladi.
282-misol ko‘rsatilgan namuna bo‘yicha mustaqil yechiladi. Shu bilan birga o‘quvchilar misolni doskada ham yechadilar.
IV. Mustahkamlash.
283-masalaning yechilishi:
1) bolalarga berildi - 8 • 4 = 32 (ta);
2) jami shirin kulchalar - 32 + 3 = 35 (ta).
284-topshiriqdagi boshqotirmaning javobi: awal tortning yoni bo‘ylab pichoq bilan ikkiga bo‘lib olinadi. Keyin kesilgan joyiga nisbatan tik ravishda ikki marta kesiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |