Amaliy mashg`ulot materiallari
“XEROX”: “XEROX” QIYIN BOZOR SHAROITLARIGA MOSLASHISH
“Xerox” birinchi ofis uchun kopiya chiqaradigan uskunasini 50 yil oldin taqdim etgan. O’tgan un yilliklarda fotonusxa ishlab chiqqan kompaniya o’zi yaratgan sohada hukmronlik qilayapti. “Xerox” nomi hatto asosiy ishlatiladigan so’z bo’lib qoldi – “men buni sen uchun kseroks qilaman”. Yillar davomida beayov raqobat hukm surayotgan fotonusxa sohasida birinchi bo’lish uchun “Xerox” raqiblar bilan doimo kurashib kelgan. 1990 yillarning oxirida “Xerox”ning kompaniyasining bahosi oshib ketdi.
Keyinchalik omad “Xerox”dan yuz o’girdi. Afsonaviy kompaniyaning aktsiyalari va omadi muvaffaqiyatsizlikka uchradi. 18 oy ichida “Xerox”ning bozor narxi 38 milliard AQSh dollarga pasayadi. 2001 yilning o’rtalarida aktsiyalarining narxi 70 dollardan (1999 yilda) 5 dollarga tushib ketdi. Bir paytlar hukmronlik qilgan bozor lideri o’zini bankrotlik chegarasida ekanligini xis etdi. Nima bo’ldi? Ayb nimada, o’zgarishlardami yoki “Xerox”ning tez o’zgaruvchan marketing muhitiga moslasha olmaganligidami? Dunyo raqamlashib ketdi, biroq “Xerox” uning orqasidan ulgura olmadi.
Yangi raqamli muhitda “Xerox”ning mijozlari hujjatlarni ko’paytirish va tarqatishda kompaniyaning flagman uskunalari – avtonom printerlar oldida navbat kutmadi va boshqa ularga tayanmas edilar. Oq-qora chiqarish o’rniga ular rangli nusxa ko’chirib, ularni elektron tarzda yuborish yo’lini ixtiro qildilar. Yoki bir nechta kopiyalarni yonida joylashgan va bir-biriga tizim orqali ulangan printerlarda chiqarar edilar.
Xalqaro darajada, “Xerox” nusxa qiladigan uskunalarni yanada yaxshilash haqida o’ylab turgan bir paytda, mijozlar zamonaviy hujjatlar menedjmenti bo’yicha echimlarni izlagan edilar.
Mijozlar hujjatlarni Frankfurtda skanerlaydigan, San-Frantsiskoda rangga to’ldirib, iste’molchilar uchun jozibador qiladigan va Amerikalik shevaga o’zgartirib Londonda talabga muvofiq chop etadigan tizimlarni xohlashayotgan edilar.
Bu “Xerox”ni moliyaviy inqirozga olib keldi. “Bizda umuman naqd qolmagan edi va hatto uni topish uchun biror bir istiqbollar ham yo’q edi” – deydi hozirgi “Xerox” ijrochi direktori Ursula Berns. “O’sha paytda yagona istaganingiz – kompaniyani muammolardan olib chiqadigan kuchli lider edi”. Berns o’sha paytda 20 yil davomida ishlab kelgan kompaniyani bir kun kelib boshqarib ketishini hatto tasavvur ham etmagan edi. Aslida u kompaniyani tark etib turmoqchi edi, biroq do’sti va hamkasbi Anna Mulkaxi ijrochi direktor bo’lib, uni qolishga ishontirdi. Bernsga kompaniyani tozalash bo’yicha vazifa yuklatildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |