Chegaraladan tashqari haqida orzu qilish.
“Xerox”ning sobiq quvvatlari va erishgan yutuqlari kombinatsiyasi asosida Berns va kompaniyaning boshqa xodimlari bugungi kunda ertangi kun utopiyasi haqida fikrlamoqdalar. Ular mijozlarga taqdim etilayotgan uskunalar yanada aqqli bo’lib ketishiga ishonadilar.
“Bu faqatgina tibbiy xizmatlar uchun to’lovlarni amalga oshirish emas” – deydi Stiven Xuver, “Xerox”ning tadqiqot yo’nalishlari direktori. “Bu – bizning ijtimoiy anglash bo’yicha tadqiqotlarimiz natijalaridan foydalanib, qo’shimcha yordam ko’rsatish orqali diabet kabi kasalliklarini boshqarish imkoniyatidir”. Kelajak kseroksning yangi mahsulotlar avlodini ko’rishi mumkin. Bu uskunalar munitsipal organlari uchun real vaqtda parking va transport harakatini tahlil qilib, shahar aholisiga parking joylar to’g’risida ma’lumot beradigan va tez yuradiganlarni avtomatik tarzda jarimaga tortishga ko’maklashadi.
Hozirda “Xerox” parking uchun maxsus, 911ga qo’ng’iroq qiladigan va tugmasi bosilganda fotosurat oladigan uskunalarni sinovdan o’tkazmoqda. Bu kabi uskunalraning barchasi ham bozorni ko’rmaydi, albatta, biroq “Xerox”da, chegaralardan tashqari bo’lgan imkoniyatlar haqida orzu qilishga asos bo’lgan model mavjud.
Bu korporativ metamorfoza shuni anglatadiki, “Xerox” yaxshi nusxa oladigan uskunalarni ishlab chiqishga mo’ljallangan emas. Kompaniya biznes yoki davlat organlari ko’rsatishi lozim bo’lgan jarayonlarni yaxshilashga yo’naltirilgan. “Xerox”ning yangi davr uskunalari nusxa ko’chiradigan hujjatlarni o’qib, tushunadilar va ilgari haftalar talab etilgan masalalarni bir nechta daqiqa yoki, hatto, soniyalarda bajaradi.
Shu vaqtdan boshlab, “Xerox” dunyo bo’yicha hujjatlar menedjmenti, biznes-jarayonlar texnologiyalari va xizmatlarining lideri bo’lishni xohlaydi.
Bernsning fikricha, bugungi kunda yorqin texnologiyalar ixtiro qilinayotganligiga qaramasdan, “Xerox” o’zining yangi muhim texnologiyalarni yaratayotgan biznes xizmatlari industriyasi jozibador emas. Biroq, u ta’kidlaydi: “Bu – kompaniyalar bizneslarini yuritishlari uchun zarur bo’lgan jarayonlar. Ular buni qo’shimcha ish tariqasida bajaradilar. Bu – ularning asosiy ishi emas”. Uning fikricha bu jarayonlarni yurgizish – “Xerox”ning asosiy vazifasi. Boshqa so’z bilan aytganda, “Xerox” iste’molchilar uchun hujjatlar va AT xizmatlarini ko’rsatib, ular uchun asosiy e’tiborni o’zilarining asosiy yo’nalishlari va bizneslarida qaratish imkoniyatini beradi.
“Xerox”ning tuzilmaviy o’zgarishi – rivojlanayotgan jarayon. Oxirgi uch yil ichida kompaniyaning daromadlari syokinlik bilan o’sib, hamda aktsiyalarining narxlari tebranib turgan edi. Elektron pochta va desktop dasturlari fotonusxa ko’chirishni qanday uldirgan bo’lsa, smartfon va tabletlar fotonusxa olish va printerlardan ko’chirishni uldirmoqdalar. Hatto, yaqinda o’tkazilgan diversifikatsiya strategiyasiga qaramasdan, “Xerox” ushbu nusxa ko’chirish va printer mahsulotlari kategoriyalariga ma’lum bir darajada tayanadi.
Biroq, kompaniyaning ushbu mahsulotlarga bog’liqligi uning raqobatchilari – “Hewlett-Packard” va “Lexmark International” ko’ra kamroq. Shuning uchun ham, espertlar fikricha, “Xerox” yaqin yillarda o’zining raqobatchilaridan ko’ra tezroq tiklanadi.
Berns va kompaniyaning boshqa a’zolari ishonadilar: garchi “Xerox” AT yechimlari provayderiga aylanayotgan bo’lsa, oxirgi yillarda u ekkan urug’lar o’sib chiqib, mevalarini beradi. “Xerox” biladi – yangilanish va o’zgarishlar cheksiz va to’xtovsiz jarayon. “Biznes haqida yagona bashorat qilinishi mumkin holat – uni umuman bashorat qilib bo’lmasligidir” – kompaniyaning yillik hisoboti qayd etmoqda.
“Globalizatsiya, rivojlanayotgan texnologiyalar, va, eng oxirgisi, zaiflashgan moliya bozorlari kabi makrokuchlar bizneslarning barcha turlariga har kuni yangi muammolar olib kelmoqda”. Bu fikr aniq. Hatto eng yirik va dominant kompaniyalar turbulent va o’zgaruvchan bozor muhitiga sezgir bo’lishi mumkin. Muhitni tushungan va unga moslashgan kompaniyalargina gullab ketadi. Tavakkal qilmaganligi ham yashab qolishlariga xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |