Pedagogik tadqiqotdan oldin va keyin tezkorlik sifatining darajasi n=10 tadan
t/
r
Test mashqlari
Guruhlar
Nazorat guruhi
Tadqiqot
guruhi
1 30 m ga yugurish (soniya)
4
,
0
6
,
5
5
,
0
8
,
5
4
,
0
2
,
5
3
,
0
0
,
6
2 4x6 m ga mokisimon yugurish
9
,
0
1
,
10
7
,
0
4
,
10
4
,
0
8
,
9
5
,
0
2
,
11
Pedagogik tadqiqot tugagandan so‘ng esa har ikkala guruhda shug‘ullangan
bolalarda tezkorlik sifatlari darajasi turlicha bo‘lib, bir-biridan keskin farq bilan
yakunlandi. Chunonchi, nazorat guruhida 30 m ga yugurish 5,8 soniyadan atigi 5,6
soniyaga yaxshilangan bo‘lsa, shu ko‘rsatgich tadqiqot guruhida 6,0 soniyadan 5,2
soniyaga yaxshilandi. Birinchi, guruhda o‘zgarish farqi 0,2 soniya, ikkinchi
guruhda farq 0,8 soniyadan iborat bo‘ldi.
4x6 m ga mokkisimon yugurish vaqti nazorat guruhida 10,4 soniyadan 10,1
soniyaga o‘zgardi, tadqiqot guruhida bu ko‘rsattgich 11,2 soniyadan 9,8 soniyaga
o‘zgardi. Boshqacha qilib aytganda shu test bo‘yicha baholangan tezkorlik sifati
1,4 soniyaga yaxshilandi.
58
Qayd etilgan natijalar shundan dalolat beradiki, nazorat guruhida pedagogik
tadqiqot muddatida qo‘llanilgan oddiy (an'anaviy) mashqlarning tezkorlik sifatini
rivojlantirishga bo‘lgan ta'sir etish “kuchi” deyarli uncha ko‘p emas.
Tadqiqot guruhida 6 oy davomida qo‘llanilgan harakatli o‘yinlar tezkorlik
sifatini sezilarli farq bilan o‘zgarishiga sabab bo‘ldi (2 diagramma). Demak, yosh
voleybolchilarni tayyorlashda, ayniqsa daslabki o‘rgatish bosqichida, tezkorlikni
rivojlantiruvchi harakatli o‘yinlarni muntazam qo‘llash shu sifatni rivojlantirishda
qulay va samarali vosita ekanligi o‘z isbotini topdi. Shunga o‘hshash tadqiqotlar
ilgari ham o‘tkazilgan va olingan ma'lumotlar ilmiy adabiyotlarda qayd etilgan
(M.N.Jukov, 2002; V.V.Kuzin, S.A.Polievskiy, 2000 va b.). lekin, 10-12 yoshli
voleybolchi bolalar tezkorligi va tezkorlik chidamliligi, “oq terakmi, ko‘k terak?”
va “o‘rdaklar va ovchilar” kabi harakatli o‘yinlarning murakkablashtirilgan
variantlari yordamida oshirish imkoniyatlarini izlashga qaratilgan ilmiy tadqiqotlar
deyarli yo‘qligi ma'lum. Shuning uchun biz tomonimizdan o‘tkazilgan pedagogik
tadqiqotlar natijalari, tezkorlik sifatlarini samarali shakllantiruvchi harakatli
o‘yinlarni yosh sportchilarni tayyorlash jarayoniga tadbiq etish muhim ahamiyatga
egadir.
Tadqiqot guruhida qo‘llanilgan “oq terakmi, ko‘k terak?” va “o‘rdaklar va
ovchilar” va boshqa, to‘p bilan bajariladigan maxsus mashqlar harakatli
o‘yinlarning murakkablashtirilgan variantlari (2 bobga qarang) samarali vosita
sifatida yosh sportchilarni tayyorlashda qo‘llanilishi mumkin.
Bob bo’yicha xulosa
Yuqorida qayd etilgan pedagogik tajriba natijalari, sinab ko’rilgan
estafetali - o’yin mashqlari faqatgina tezkorlik sifatlarini samarali
rivojlantirib qolmay, shu sifatlar asosida ijro etilishi kerak bo’lgan o’yin
malakalarini ham unumli sayqal topishiga imkon yaratdi. Binobarin, jismoniy va
texnik tayyorgarlikning chambarchas bog‘liqligi hamda bu jarayonlarga oid
mashqlar majmualarini dastlabki o’rgatish bosqichidan boshlab bir-biriga
59
birikkan holda qo’llash texnologiyasi o’zining nazariy-ilmiy va amaliy-
uslubiy jihatlardan qanchalik dolzarb ekanligi oshkor bo’ladi.
Umuman olganda, yana shu narsani alohida ta'kidlash joizki, dastlabki
tayyorgarlik guruhlarda shug‘ullanayotgan bolalarning o’quv-trenirovka
jarayonida pedagogik nazorat ishlarini olib borilishi, ular bajarayotgan har bir
mashqlarga adolatli baho berish shu bolalarda o’ta qiziquvchanlik, faollik
fazilatlarini charhlar ekan, mashg‘ulotlarga ijodiy va mas'uliyat bilan
yondoshishlariga asos bo’lar ekan.
Pedagogik tadqiqot davomida sakrovchanlik va maxsus tezkorlik sifatlarini
rivojlantirishga qaratilgan estafetali – o’yin mashqlari bilan shug‘ullangan tajriba
guruhidagi bolalarda o’rganilayotgan ko’rsatkichlarning o’sish darajasi o’ta
samarali rivojlanganligi kuzatildi.
Xulosa
1. Ishda ko’rib chiqilgan adabiyotlar tahlili shundan dalolat beradiki, ko’p
yillik sport trenirovkasi jarayonida yuqori malakali voleybolchilarni tayyorlash
ustivor jihatdan jismoniy sifatlarni rivojlantirish sur'atiga bog‘liq. Ya'ni ushbu
sifatlar qanchalik shakllangan bo’lsa, shug‘ullanuvchilarning yoshidan qat'iy nazar
texnik-taktik mahoratning o’sish darajasi shunchalik samarali kechadi. Bu borada
sakrovchanlik,kuch
va
tezkorlik
60
sifatlari, texnik- taktik tayyorgarlik kо’rsatkichlari bilan uzviy bog‘liqligi hamda
mazkur sifatlar sport mahoratini progressiv taraqqiy etishida muhim rol o’ynashi
yana bir bor e'tirof etildi.
2. Tezkorlik - kuch - sakrovchanlik sifatlarini tarbiyalashda nostandart o’yin
mashqlarini qo’llash
tajribasini o’rganish
natijalari shuni
ko’rsatadiki,
respondentlarning aksariyat qismi yosh voleybolchilarni tayyorlashda nostandart
o’yin mashqlaridan deyarli foydalanmas ekanlar.
3. Nazorat guruhiga mansub bolalar bilan amaldagi BO’SM dasturi asosida
o’tkazilgan 6 oylik mashg‘ulotlar boshida va yakunida o’rganilgan sakrovchanlik,
kuch va tezkorlik sifatlari sust rivojlanganligi kuzatildi.
4. Shu muddat davomida tajriba guruxida sakrovchanlik, kuch va tezkorlik
sifatlarini rivojlantirish maqsadida qo’llanilgan estafetali - o’yin mashqlari qayd
etilgan sifatlarni tez sur'atlar bilan rivojlanishiga olib keldi.
5. Sinab ko’rilgan sakrovchanlik, kuch va tezkorlik sifatlarini
rivojlantirishga qaratilgan estafetali - o’yin mashqlari an'anaviy standart
mashqlardan ustun ekanligi hamda estafetali - o’yin mashqlari o’zining emotsional
mohiyati tufayli mazkur sifatlarni samarali rivojlantirish qiymatiga ega ekanligi
ilmiy jihatdan asoslandi.
6. Yuqori malakali voleybolchilarni tayyorlash bilan bog‘liq bo’lgan ko’p
yillik trenirovka jarayonida qayd etilgan estafetali - o’yin mashqlarini
muntazam qo’llash nafaqat sakrovchanlik, kuch va tezkorlik sifatlarini unumli
shakllantirishga imkon yaratadi, balki shu asosda texnik-taktik imkoniyatlarni
qisqa muddatlarda o’zlashtirishga asos bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |