10-12 yoshli voleybolchi bolalarda tezkor-kuch sifatlarini ixtisoslashtirilgan
Tadqiqotning ob'ekti nazorat va tajriba guruhlarida shug‘ullanuvchi 10-12
yoshli voleybolchi bolalar va ularda tezkor-kuch sifatlarini standart (an'anaviy) va
ma'lumotlar qiyosiy tarzda tahlil qilindi hamda masalaning bugungi ahvoliga baho
berildi. Jumladan, dastlabki o‘rgatish bosqichida sport malakalariga samaradorligi
jismoniy sifatlarga bog‘lik ekanligi olimlar tadqiqotlari yordamida asoslab berildi.
46
Yosh sportchilarni tayyorlash jarayonida jismoniy sifatlar asosan standart, stereotip
mashqlar ta'sirida rivojlantirilishi e'tirof etilib, bunday yondashuv har doim ham
kutilgan natijani bermasligiga urg‘u berildi. Aynan adabiyotlarni tahlil qilish
bobida jismoniy sifatlarni maxsus harakatli o‘yinlar yordamida shakllantirish
yuksak samara berishi ta'kidlab o‘tildi.
O‘pkaning tiriklik sig‘imi oddiy havoli spirometrda aniqlandi.
Tekshiriluvchilar dastavval tik turgan holda chuqur nafas olib, so‘ng spirometrga
maksimal puflashlari talab qilindi. Ushbu test 2 marta qaytarilib, eng yaxshi natija
e'tiborga olindi.
Nafasolish chastotasi 15 s. davomida o‘lchanib olingan natija 4 ga
ko‘paytirildi. Test barcha tekshiriluvchilarda tezkor-kuch sifatlarini baholovchi
testlardan avval va so‘ng o‘tkazildi.
Yurak urish chastotasi ham 15 s. davomida o‘lchanib, olingan natija 4 ga
ko‘paytirildi. Bu test ham avvalgi test singari tartibda qo‘llanildi.
30 m ga yugurish tik turgan holatdan amalga oshirildi.
Qolgan testlar ham belgilangan uslubiy tartibda amalga oshirildi.
Pedagogik tadqiqot kurash tugaragiga saralab olingan va shug‘ullanishni
endigina boshalagan 10-12 yoshli voleybolchi bolalar misolida o‘tkazildi.
Tadqiqot ikki guruh - nazorat (6 kishi) va tajriba (6 kishi) guruhlarida 6 oy
davomida o‘tkazildi.
Nazorat guruhidagi bolalar BO‘SM larga mo‘ljallangan amaldagi dastur
bo‘yicha shug‘ullanib keldilar.
Tajriba guruhida tezkor-kuch sifatlarini rivojlantirishga rejalashtirilgan
standart (an'anaviy) mashqlar hajmi 50% ga qisqartirilib, o‘rniga quyidagi maxsus
ixtisoslashtirilgan harakatli o‘yinlar qo‘llanildi:
O‘yin mazmuni: 6 kishi 3 tadan 2 jamoaga bo‘linadi va harbir jamoa
kolonna bo‘lib voleybol maydonini orqa chizig‘i ortida saf tortadi.
Signal berilishi bilan 1-nchi turgan o‘yinchi oldidan turgan to‘pni olib, avval
6 m li chiziqqa borib keladi, so‘ng 9 m - yana 3 m va undan 9 m kelib to‘pni
47
sherigiga beradi. Mashq davom etadi. Qaysi jamoa ishtirokchisi birinchi bo‘lib
marraga kelsa, shu jamoa g‘olib deb topiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: